Huang Bowen
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Huang Bowen | ||
Tavallud sanasi | 13-iyul 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Changsha, Hunan, Xitoy | ||
Boʻyi | 177 cm | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Guangzhou F.C. | ||
Raqami | 16 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2003 | Beijing Guoan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2010 | Beijing Guoan | 103 | (14) |
2011—2012 | Jeonbuk Hyundai Motors | 29 | (3) |
2012- | Guangzhou Evergrande | 191 | (9) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008- | China | 44 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (12-noyabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22-noyabr 2019-yil uchun) |
Huang Bowen (1987-yil 13-iyulda tugʻilgan) — Xitoyning professional futbolchisi, hozirda Xitoy Superligasining „Guangzhou“ klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huang Bowen futbolchilik faoliyatini 2004-yilgi mavsumda „Beijing Guoan“da boshlagan. Istiqbolli yosh iqtidor sifatida u klub uchun debyutini 2004-yil 26-may kuni Shenyang Gindega qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan va Huang oʻzining birinchi golini ham urdgan. Debyut mavsumining oxiriga kelib, u oltita liga oʻyinida maydonga tushgan. Garchi bu oʻyinlarning koʻpida zahiradan maydonga tushgan boʻlsa-da, u asta-sekin kattalar jamoasida oʻzini namoyon qila boshlagan. Keyingi mavsumlarda u asta-sekin oʻzini klubning doimiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan. Faqat 2007-yilgi mavsumda Huang oʻzini Pekin jamoasining ajralmas aʼzosi sifatida koʻrsata boshlagan va ularga ligada ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan[1].
2011-yilning 10-fevralida Huan K-Liga jamoasi Jeonbuk Hyundai Motorsga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2011-yilning 6-martida Chunnam Dragonsga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. 2011-yilning 6-martida OFK Chempionlar ligasi oʻyinida „Arema FC“ ga qarshi oʻyinda (4:0) u klub uchun birinchi golini kiritgan.
2012-yilning 7-iyulida Huang Xitoy Superligasi vakili "Guangzhou Evergrand "ga oʻtgan. U Guangzhouning 2013-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida gʻalaba qozongan jamoaning asosoiy oʻyinchisi edi, klub qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan ikkinchi Xitoy jamoasiga aylangan. 2017-yil 13-avgust kuni Henan Jianyega qarshi liga oʻyinida Rikardo Vaz Tê tomonidan qoʻpollik ishlatilib Huang umurtqa suyagini jarohatlab olgan, bu esa uni mavsumning qolgan qismida maydonga tushishiga monelik qilgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2008-yilning 25-mayida Iordaniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan[2]. Yoshi va tajribasizligiga qaramay, oʻsha paytdagi bosh murabbiy Vladimir Petrovich Huangga 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi muhim bahsda Qatarga qarshi oʻyinda (1:0) bitta oʻyin oʻtkazishga ruxsat bergan va bu Xitoyni saralashdan chiqarib yuborgan[3]. Qolgan saralash oʻyinlarida u boshqa ishtirok etmagan boʻlsa-da, 2011-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida vaqtinchalik murabbiyi Yin Tiesheng qoʻl ostida terma jamoaga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Beijing Guoan | 2004 | Xitoy Super Ligasi | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 6 | 1 | ||
2005 | 5 | 0 | 3 | 0 | 4 | 0 | - | - | 12 | 0 | ||||
2006 | 5 | 1 | 1 | 0 | - | - | - | 6 | 1 | |||||
2007 | 22 | 1 | - | - | - | - | 22 | 1 | ||||||
2008 | 29 | 7 | - | - | 6 | 0 | - | 35 | 7 | |||||
2009 | 17 | 3 | - | - | 4 | 0 | - | 21 | 3 | |||||
2010 | 19 | 1 | - | - | 7 | 0 | - | 26 | 1 | |||||
Jami | 103 | 14 | 4 | 0 | 4 | 0 | 17 | 0 | 0 | 0 | 128 | 14 | ||
Jeonbuk Hyundai Motors | 2011 | K-League | 20 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 | - | 26 | 3 | |
2012 | 9 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | - | 12 | 2 | |||
Jami | 29 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 8 | 2 | 0 | 0 | 38 | 5 | ||
Guangzhou Evergrande | 2012 | Xitoy Super Ligasi | 9 | 1 | 3 | 0 | - | 1 | 1 | - | 13 | 2 | ||
2013 | 25 | 4 | 4 | 1 | - | 12 | 0 | 4 | 0 | 45 | 5 | |||
2014 | 27 | 1 | 1 | 0 | - | 10 | 1 | 0 | 0 | 38 | 2 | |||
2015 | 28 | 1 | 0 | 0 | - | 13 | 3 | 4 | 0 | 45 | 4 | |||
2016 | 28 | 1 | 7 | 1 | - | 6 | 0 | 1 | 0 | 42 | 2 | |||
2017 | 21 | 1 | 2 | 0 | - | 6 | 0 | 0 | 0 | 29 | 1 | |||
2018 | 20 | 0 | 0 | 0 | - | 7 | 1 | 1 | 1 | 28 | 2 | |||
2019 | 25 | 0 | 2 | 0 | - | 11 | 1 | - | 38 | 1 | ||||
2020 | 8 | 0 | 0 | 0 | - | 2 | 0 | - | 10 | 0 | ||||
Jami | 191 | 9 | 19 | 2 | 0 | 0 | 68 | 7 | 10 | 1 | 288 | 19 | ||
Karyerada jami | 323 | 26 | 24 | 2 | 4 | 0 | 93 | 9 | 10 | 1 | 454 | 38 |
Xalqaro statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2008 | 5 | 0 |
2009 | 7 | 1 |
2010 | 3 | 0 |
2011 | 9 | 1 |
2012 | 0 | 0 |
2013 | 4 | 0 |
2014 | 1 | 0 |
2015 | 2 | 0 |
2016 | 9 | 1 |
2017 | 3 | 0 |
2018 | 1 | 0 |
Jami | 44 | 3 |
Xalqaro maydondagi gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 9.01.2009 | Azadi stadioni, Tehron, Eron | Eron | 1 — 2 | 1-3 | Oʻrtoqlik |
2. | 29.03.2011 | Wuhan Sport Center Stadium, Wuhan, Xitoy | Honduras | 1 — 0 | 3-0 | Oʻrtoqlik |
3. | 29.03.2016 | Shensi provintsiyasi stadioni, Sian, Xitoy | Qatar | 1 — 0 | 2-0 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beijing Guoan
- Xitoy Superligasi : 2009-yil
- K-liga : 2011-yil
- Xitoy Superligasi : 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019
- Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013, 2015
- Xitoy FA kubogi : 2012[4] 2016
- Xitoy FA Superkubogi : 2016, 2017, 2018
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Shaxsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2008-yil
- Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2015-yil
- Osiyo Chempionlar Ligasi orzu jamoasi: 2015-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „China 2007“. rsssf.com (18-aprel 2008-yil). 2012-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2012-yil.
- ↑ „China PR 2-0 Jordan“. teamchina.freehostia.com (25-may 2008-yil). Qaraldi: 27-iyul 2012-yil.
- ↑ „Report - FIFA“. fifa.com (7-iyun 2008-yil). 2012-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2012-yil.
- ↑ „足协杯-张琳芃传射8024两球 恒大总分5-3贵州夺冠“. Sports.sina.com.cn (18-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.