Huvishka
Huvishka | |
---|---|
Kushon podsholigi | |
Huvishka tangasi. | |
Saltanat | 150–180-yillar |
Oʻtmishdoshi | Kanishka I |
Davomchisi | Vasudeva I |
Dini | Hinduiylik |
Huvishka (baqtriya tilida: Oēēški, Ooēški, Brahmi: ;[1] Kharoshthi: 𐨱𐨂𐨬𐨅𐨮𐨿𐨐 Hu-ve-Ṹki[2]) Kanishka I vafotidan keyin Kushon imperiyasining imperatori edi. Tarixiy manbalarga koʻra hukmronlik yilining boshlanishi 150-yilga toʻgʻri keladi. Taxminan oʻttiz yil hukmronlig qilgan. Huvishkadan keyin taxtga Vasudeva I keladi.
Uning hukmronligi imperiya uchun mustahkamlanish davri edi. Huvishka davlati Baqtriyadagi Balxdan Hindistonning Mathuragacha boʻlgan hududini oʻz ichiga olgan. U oʻz tangalarini zarb qildirgan. Pataliputra va Bodx Gayagacha uning suratidagi oltin tangalar va tumorlar topilgan. Shu jumladan, Bodx Gaya shahridagi Buddaning Maʼrifat taxti ostidan bitta tumor topilgan. Bu hududdagi Kushon tangalarining boshqa topilmalari hududda Kushonlar hukmronlik qilganligini koʻrsatadi[3]. Huvishka hukmronligi tinch oʻtgan. Shimoliy Hindistonda Kushon hokimiyati mustahkamlanib, Kushon imperiyasining markazi janubiy poytaxt Mathuraga koʻchirilgan[4].
Din
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kushon imperatorlari mil.avv 30 – milodiy 350 | ||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
||||||||||||||||||||||||||||||
Huvishka Kanishka Ining oʻgʻli edi. Uning hukmronligi Kushon hukmronligining oltin davri deb ham ataladi[5].
Mahayana buddizmi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huvishka hukmronligi haqida manbalar Govindo-Nagarda va hozirda Mathura muzeyida saqlanayotgan II asr haykalining pastki qismida joylashgan Budda Amitabhaning birinchi epigrafik dalillariga toʻgʻri keladi. Haykal „huvishka hukmronligining 28-yiliga“ tegishli boʻlib, savdogarlar oilasi tomonidan „Amitabha Budda“ga bagʻishlangan[6][7].
Huvishka Mahayana buddizmining izdoshi boʻlgani haqida baʼzi dalillar ham mavjud. Schøyen toʻplamidagi sanskrit qoʻlyozmasi boʻlagida Huvishka „Mahayanada harakat qilgan“ kishi sifatida tasvirlangan[8].
Gandharadagi baʼzi relyeflarda Huvishka Buddaga xayr-ehson qilgani tasvirlangan[5].
Huvishka buddizmni qoʻllab-quvvatlaganligi keng tarqalgan, ammo Budda uning tangalarida koʻrinmaydi[9].
Yunon-Rim xudolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huvishka oʻz tangalarida ellinistik-misr Serapisini kiritgan birinchi va yagona Kushon hukmdori („Sarapo“ nomi ostida). Serapis Misrdagi Iskandariya panteonining oliy xudosi boʻlgani sababli, bu tanga Huvishkaning Rim Misriga nisbatan kuchli eʼtiqodi boʻlganini koʻrsatadi[11].
Tangalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huvishka tangalari turli xil naqshlar va zarb qilingan oltin tangalarning koʻpligi bilan ajralib turadi. Huvishkaning oltin tangalari boshqa barcha Kushon hukmdorlariga qaraganda koʻproq maʼlum. Uning zarbxonalari asosan Balx va Peshovarda, kichikroq zarbxonalar Kashmir va Mathurada joylashgan edi[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Epigraphia Indica Vol 8 — 182-bet.
- ↑ Konow, Sten, Kharoshṭhī Inscriptions with the Exception of Those of Aśoka, Corpus Inscriptionum Indicarum, Vol. II, Part I. Calcutta: Government of India Central Publication Branch, p. 167
- ↑ Sinha, Bindeshwari Prasad; Narain, Lala Aditya. Pāṭaliputra Excavation, 1955-56 (en). Directorate of Archaeology and Museums, Bihar, 1970 — 52-53-bet.
- ↑ Rezakhani, Khodadad. From the Kushans to the Western Turks, 2017 — 202-bet. Qaraldi: 6-avgust 2023-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Marshak, Boris; Grenet, Frantz (2006). "Une peinture kouchane sur toile". Comptes rendus des séances de l'Académie des Inscriptions et Belles-Lettres 150 (2): 257. doi:10.3406/crai.2006.87101.
- ↑ Rhie, Marylin M.. Early Buddhist Art of China and Central Asia, Volume 3: The Western Ch'in in Kansu in the Sixteen Kingdoms Period and Inter-relationships with the Buddhist Art of Gandh?ra (en). BRILL, 2010 — xxxvii, Fig 6.17a-bet. ISBN 978-90-04-18400-8.
- ↑ Schopen, Gregory (1987). "The Inscription on the Kuṣān Image of Amitābha and the Charakter of the Early Mahāyāna in India". The Journal of the International Association of Buddhist Studies 10 (2): 99–138. Archived from the original on 2022-01-25. https://web.archive.org/web/20220125105813/http://www.ahandfulofleaves.org/documents/Articles/The-Inscription-on-the-Kusan-Image-of-Amitabha-and-and-the-Character-of-Early-Mahayana-in-India_Schopen.pdf. Qaraldi: 2023-08-06.Huvishka]]
- ↑ Neelis, Jason. Early Buddhist Transmission and Trade Networks. 2010. p. 141
- ↑ Dani, Ahmad Hasan; Harmatta, János. History of Civilizations of Central Asia (en). Motilal Banarsidass Publ., 1999 — 327-bet. ISBN 978-81-208-1408-0.
- ↑ Dani, Ahmad Hasan; Harmatta, János. History of Civilizations of Central Asia (en). Motilal Banarsidass Publ., 1999 — 326-bet. ISBN 978-81-208-1408-0.
- ↑ Serapis coin
- ↑ Rezakhani, Khodadad. From the Kushans to the Western Turks (en), 2017 — 202-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bivar, A. D. H. (2004). "HUVIŠKA". Encyclopaedia Iranica, Vol. XII, Fasc. 6. 583–585 b. https://iranicaonline.org/articles/huviska.
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Online Catalogue of Huvishka's Coinage
- Coins of Huvishka
- [1] (Wayback Machine saytida 2020-02-05 sanasida arxivlangan) Was Huvishka sole king of the Kushan Empire
- [2] (Wayback Machine saytida 2018-09-25 sanasida arxivlangan) The Devaluation of the Coinage of Kanishka