Ibaydullo Sodiqov
Ibaydullo Sodiqov | |
---|---|
Tavalludi |
19-noyabr 1902 |
Vafoti |
1978 SSSR Qirgʻiziston SSR, Oʻsh viloyati, Qorasuv tumani Shark qishlogʻi |
Kasbi | deputat |
Unvoni |
Ibaydullo Sodiqov (1902-yil, Oʻsh uyezdi Madi qishlogʻi — 1978-yil, Oʻsh viloyati Qora-Suv tumani Shark qishlogʻi) — Qirgʻiziston SSR Oʻsh viloyati, Oʻsh tumani (hozirgi Qorasuv tumani) Mixail Kalinin nomidagi kolxoz raisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (15.02.1957). SSSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputati[1]. Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 3-chaqiriq deputati.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibaydullo Sodiqov 1902-yilda Oʻsh uyezdining Madi qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga kelgan, millati oʻzbek. Bolaligida yollangan mardikor sifatida ishlagan. 1930-yilda kolxozga ishga kirgan, Oʻsh tumani (hozirgi Qorasuv tumani) Kalinin nomidagi kolxozda ishchi, brigadir, rais oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritgan. 1939-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi (bolsheviklar) safiga qoʻshilgan.
Ibaydullo Sodiqov 1939-yilda Kalinin nomidagi kolxozga rais etib saylangan. Kolxozni Oʻsh viloyatidagi ilgʻor qishloq xoʻjaligi korxonalari qatoriga olib chiqqan. 1956-yilda kolxoz ishchilari 1520 gektar maydonning har bir gektaridan oʻrtacha 29,5 sentnerdan paxta tergan.
Ibaydullo Sodiqov SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 15-fevraldagi Farmoni bilan qand lavlagi, paxta va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirgani, goʻza, qand lavlagi yetishtirishda ilm-fan yutuqlaridan va ilg‘or tajribalardan keng foydalangani, bu ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun Lenin ordeni, „O‘roq va bolta“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[2].
Ibaydullo Sodiqov Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 3-chaqiriq deputati (1951—1955) va SSSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputati (1954—1958) etib saylangan.
Ibaydullo Sodiqov nafaqaga chiqqach, Qora-suv tumani Shark qishlogʻida istiqomat qilgan va 1978-yilda vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Список депутатов Верховного Совета СССР IV созыва“. 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-mart.
- ↑ „Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Социалистического Труда колхозникам, колхозницам, работникам машиннотракторных станций и совхозов, партийным и советским работникам Киргизской ССР»“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.