Kontent qismiga oʻtish

Ibn an-Nadim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu al-Faraj Muhammad ibn Ishoq an-Nadim (arabcha: ابو الفرج محمد بن إسحاق النديم), shuningdek, Ibn Abu Yaʼqub Ishoq ibn Muhammad ibn Ishoq al-Varroq va asosan nasabi (otasining ismi) Ibn an-Nadim (arabcha: ابن النديم) nomi bilan mashhur. 995-yil yoki 998-yil 17 sentyabrda vafot etgan. Bagʻdodlik katta musulmon bibliograf va biograf [1] boʻlib, "Kitob al-Fihrist" (Kitob katalogi) ensiklopediyasini tuzgan.

An-Nadim koʻplab nomlari uning epitet(kunya)laridan olingan: „An-Nadim“ (النَّدِيم), „(Abul Faroj ibn Abi Yaʼqub)al-Varraq“ (الْوَرَّاق) „qoʻlyozmalardan nusxa koʻchiruvchi“. Bagʻdodda tugʻilgan (320/932) va hijriy 385-yil shaʼbon oyining 20- chorshanba kuni oʻsha yerda vafot etgan. U fors yoki arab boʻlgan[2]. Ibn an-Nadim hayoti haqida juda kam maʼlumotlar mavjud. Baʼzi tarixchilar uni boʻlgan deb aytishadi, ammo bu aniq emas. Biroq, arab adabiyoti boʻyicha qoʻllanma sarlavhasi sifatida kamdan-kam qoʻllaniladigan forscha pehrest (fehrest/fehres/fahrasat) soʻzini tanlashi shu nuqtai nazardan eʼtiborga molik.

Olti yoshidanoq u madrasada tahsil olgan va islom ilmlari, tarix, geografiya, qiyosiy dinshunoslik, grammatika, ritorika va Qurʼon tafsiri boʻyicha har tomonlama taʼlim olgan. "Turat al-Insoniya" muallifi Ibrohim al-Abyariyning aytishicha, an-Nadim mantiqshunos va ilmiy kitoblar tarjimoni al-Hasan ibn Savvardan; Yunus al-Qass, klassik matematik matnlar tarjimoni; va Abul-Hasan Muhammad ibn Yusuf an-Naqit, yunon ilmi olimidan tahsil olgan[3]. „Al-Fihrist“ning dastlabki nusxasida, an-Nadim ehtimol tarixchi al-Maqriziy, faqih Abu Said as-Sirafiy (vaf. 978/9), shoir Abu al-Faraj al-Isfahoniy, tarixchi Abu Abdulloh al-Marzuboniy va boshqalarning shogirdi boʻlganligi aytiladi. Al-Maqriziyning „lekin hech kim undan iqtibos keltirmagan“ iborasi an-Nadimning oʻzi taʼlim bermaganligini bildiradi[3]. X asrning baʼzi yetuk olimlarining maʼruzalarida qatnashar ekan, u otasining kasbi boʻlmish kitob savdosida shogirdlik qilgan. Uning otasi kitob sotuvchisi va katta kitob doʻkonining egasi an-Nadimga diler(olib-sotar)lardan qoʻlyozmalarni sotib olishni buyurdi. An-Nadim, boshqa xattot ulamolari bilan birga, mijozlar uchun ularni nusxa koʻchirar edi. Odatda yuqori qavatda joylashgan kitob doʻkoni ziyolilar uchun muhim joy boʻlgan[3].

U ilm izlab Basra va Kufadagi intellektual markazlarga tashrif buyurgan. U Sayf ad-Davla hukmronligidagi adabiyot va madaniyat markazi boʻlgan Halabga ham tashrif buyurgani tahmin qilinadi. Mosuldagi kutubxonadan Evklid kitobidan parcha va sheʼriy asarlarni topgan. An-Nadim Mosulning Hamdoniylar hukmdori Nosir ad-Davlaning „huquqshunosi“ boʻlib xizmat qilgan[3]. Uning oilasi oliy maʼlumotli boʻlib, u yoki uning bobosi „shahzoda davra suhbati aʼzosi“ boʻlgani aytiladi. Buyid xalifasi Adud ad-Davla (h. 356—367 h.) sanʼat va ilmning buyuk doʻsti, shoir va olimlarni yaxshi koʻrgan, ularga maosh berib, muhim kutubxonaga asos solgan[4]. Ehtimol, Muizz ad-Davla, keyinroq Bagʻdoddagi oʻgʻli Izzad-Davla saroyida xizmat qilib, uning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. U 988 yilda Dor ar-Rumda kim bilandir uchrashish uchun borgani va kitobning jamlanma davri haqida gapiradi[3]. Biroq, bu yerda „Dar-ar-Rum“ Konstantinopolga emas, balki Bagʻdodning yunon pravoslav sektoriga ishora qilingan[5].

Ishoq an-Nadimning oʻz asarlarida dinlar va diniy mazhablar, taʼrif va atamalarining nozik jihatlari haqida keng soʻz yuritgani, uning diniy eʼtiqodi va mansubligi haqida savollar tugʻdirdi.. Ibn Hajarning An-Nadim Shialar uchun tanlangan odamlar (الخاصة), Shia boʻlmaganlarga esaumumiy odamlar (العامة), Sunniylarga hashaviyya (الحشوية iborasi) atamalarini qoʻllashiga asoslanib, uning shia ekanligini aytgan[6].

Al-fihrist asari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob al-Fihrist (arabcha: كتاب الفهرست) X asrdagi islom bilimlari va adabiyotlarining toʻplami boʻlib, 10 000 kitob va 2 000 muallifni jamlagan[7]. Al-Fihrist Bagʻdod intellektual elitasining murakkab muhitida an-Nadimning bilimga chanqoqligiga dalolat qiladi. Musulmon madaniyati orqali Gʻarb dunyosiga yetkazilgan sivilizatsiya rekordi sifatida u noyob klassik materiallar va boshqa sivilizatsiyalar bilan aloqalarni taqdim etgan[3].

Bu kitobni birinchi marta nemis sharqshunosi Gustav Flegel (1802-1870 yillar) tadqiq qilgan va uning shogirdlari Yoxannes Rediger va Avgust Miller tomonidan tugatilgan, ular uni Leyptsigda ikki martta nashr qilishgan. Birinchisini 1871 yilda (yaʼni Flegel vafotidan bir yil oʻtib), ikkinchisi 1872-yilda nashr qilingan. Rediger uning nashr etilishini nazorat qilgan va u qoʻlyozmalar bilan birga fihrist kitobining matnini oʻz ichiga oladi, unga Flegelning va Ridigerning muqaddimalari ham kiritilgan.

Yoqut al-Hamviyning „Yozuvchilar lugʻati“ asarida „Fihrist kitobi“ muallifi haqida muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qisqacha tarjimasi mavjud, unda u shunday deydi: Muhammad bin Ishoq an-Nadim, taxallusi Abu al-Faraj va uning otasining laqabi Abu Yaqub boʻlib, fihrist kitobining tuzuvchisi, u ilm sanʼati bilan yaqinligini koʻrsatadigan tushunchani mukammal egallagan va tushungan. Uning otasi kitob sotuvchisi boʻlgan. Bu kitobning muqaddimasida uning uch yuz yetmish yettinchi yilda tuzilgani va uning boshqa tasniflari ham keltirilgan. U zot moʻtaziliy shia boʻlga.

„Zohr ul-islam“ kitobining birinchi qismida Ahmad Amin shunday deydi: "Bu davrda Bagʻdodda tugʻilgan eng yaxshi insonlardan biri Muhammad bin Ishoq an-Nadim boʻlgan, u juda bilimdon va olim boʻlib, ilmi va hunarini oʻzidan oldin hech kim eʼtibor bermagan, biz bilmaydigan sohada qoʻllagan, yaʼni u turli xalqlardan naql qilingan va barcha turdagi fanlarda yozilgan barcha arab kitoblarini sanab oʻtadi, ularni tavsiflaydi, tarjimonyoki mualliflarini aniqlaydi, ularning hayotlari tarixining bir qismini zikr qilib oʻtadi va ularning oʻlim sanasini koʻrsatadi. U taʼriflagan bu kitoblarning koʻpchiligi oʻsha davrda, ayniqsa, tatarlarning Bogʻdod bosqinida sodir boʻlgan turli bosqinlari tufayli yoʻqolganini aytadi. Agar fihrist kitobi boʻlmaganida, ularning nomlari va tavsiflari yoʻqolgan boʻlardi. Fihrist kitobiga qaragan kishi bu davrlarda musulmonlar tomonidan olib borilgan ilmiy faoliyatdan hayratda qoladi. Ilm-fanning barcha jabhalarida mualliflar va tarjimonlarning koʻpligi, shuningdek, u Ibn an-Nadimning bilimlari kengligi va har bir narsani, hatto turli dinlar va turli mazhablarning eng kichik masalalarini oʻrganishga boʻlgan muhabbatiga qoyil qoladi. Xitoy, Hindiston, Levant va Iroqni sharoitlarini oʻrganar ekan, bularning barchasida u turli xil mashhur asarlarning egalari bilan uchrashadi, ular bilan suhbat qurib, xabarlarini sinchiklab oʻrganadi, soʻngra ega boʻlgan bilimlarini yozib qoldirgan.

Ibn an-Nadim ushbu kitobda oʻz yondashuvini bayon qilib, shunday deydi: "Bu arab tilida mavjud boʻlgan, barcha xalqlarning, arab va arab boʻlmaganlarning kitoblari katalogi va ilmlarning turlari boʻyicha hoshiya, tuzuvchilarning keltirgan xabarlari, ularning mualliflarining sinflari, ularning nasl-nasabi, tugʻilgan sanasi, yoshi, vafot etgan vaqti, mamlakatlari, ularning fazilatlari va kamchiliklari, har bir fanning boshidan to bizgacha boʻlgan davrdagilar yoritilgan. U hijriy uch yuz yetmish yetti yil…(yozilgan)

Fihrist oʻttiz ikki fan boʻyicha yozilgan oʻnta maqolani oʻz ichiga oladi. Ibn an-Nadim oʻz kitobida sanab oʻtgan kitoblar soni (8360) nomga yetdi va u tilga olgan mualliflar soni (2238) ga yetdi, ulardan 22 nafari ayollar hisoblanadi.

  1. „Welcome to Encyclopaedia Iranica“. iranicaonline.org.
  2. Nicholson.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Dodge.
  4. Fück.
  5. Nallino.
  6. Hajar, Lisān al-Mīzān, pt.5, p. 72
  7. The Biographical Dictionary of the Society for the Diffusion of Useful Knowledge, Volume 2, Numero 2, p. 782