Ibrohim Hamroqulov
Ibrohim Hamroqulov | |
Ibrohim Hamroqulov 2008-yilda | |
Tugʻilgan sanasi: | 28-iyul 1982-yil |
Tugʻilgan joyi: | Samarqand viloyati, O'zbekiston |
Yashash joyi: | Ispaniya |
Unvoni: | Grossmeyster |
Maksimal reytingi: | 2420 (2022-yil, avgust) |
Hozirgi reytingi : | 2604 (2007-yil, avgust) |
Ibrohim Hamroqulov (1982-yil 28-iyul, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik va ispaniyalik (2005)[1] grossmeyster (2006) darajasidagi shaxmatchi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Hamroqulov shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon va osiyo chempionatlarida bir necha bor Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1998-yilda Oropesa del Mar shahrida oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[2].
Ibrohim Hamroqulovning boshqa shaxsiy muvaffaqiyatlari:
- 2001-yil — Oldenburgda 1-oʻrin;
- 2002-yil — Cáceresda 1-oʻrin[3], Condomda 1-oʻrin;
- 2004-yil — Malagada va San Lorenzo del Cadezarda 1-oʻrin;
- 2005-yil — Malaga va Cáceresda 1-oʻrin;
- 2006-yil — Condom[4] va Cáceresda 1-oʻrin;
- 2007-yil — Shaxmat bo'yicha Ispaniya chempionatida 3-oʻrin[5], Benidorm va Albaseteda 1-oʻrin, Salouda 1-oʻrin;
- 2008-yil — Sevillada 2-oʻrin.
IbrohimHamroqulov Ispaniya terma jamoasida safida ham shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan[6]:
- 2008-yil — Drezdenda boʻli oʻtgan 38-shaxmat Olimpiadasida toʻrtinchi oʻrin (+2, =1, −3).
Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi safida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida ishtirok etgan[7]:
- 2007-yil — Iraklion shahrida boʻlib oʻtgan 16-jamoaviy shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi (+1, =4, −1).
U 2000-yilda FIDE tomonidan xalqaro master (IM) unvoniga sazovor boʻldi va olti yildan soʻng grossmeyster (GM) unvoniga loyiq koʻrildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIDE Player transfers“. ratings.fide.com.
- ↑ „Mistrzostwa Świata Juniorów 1998“. szachowavistula.pl.
- ↑ „The Week in Chess 402“. theweekinchess.com.
- ↑ „The Week in Chess 611“. theweekinchess.com.
- ↑ „The Week in Chess 680“. theweekinchess.com.
- ↑ „OlimpBase :: Men's Chess Olympiads :: Ibragim Khamrakulov“. www.olimpbase.org.
- ↑ „OlimpBase :: European Men's Team Chess Championship :: Ibragim Khamrakulov“. www.olimpbase.org.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibrohim Hamroqulovning shaxmat partiyalari Chessgames.com saytida
- Ibrohim Hamroqulovning shaxmat partiyalari 365chess.com saytida