Ibrohim ota maqbarasi
Qiyofa
Ibrohim ota maqbarasi - Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15— 17-asr lar). Rivoyatlarga koʻra, Xoʻja Ahmad Yassaviyning otasi Ibrohim ota mozori (qabri) ustiga qurilgan deb taxmin qilinadi. Maqbara (tarhi 6,7x9,34 m, bal. 4,5 m) bir xonali, oldi peshtoqli (bal. 5,65 m), gumbaz tomli. Tarzlari bezaksiz, ichkarisi ganch suvoq qilingan. Poliga gʻishtyotqizilgan. Eshik tepasidagi tuynukka panjara ishlangan. Maqbaraning gʻarbida yer sathidan 1,5 m chuqurlikda chillaxona ham bor. Maqbara keyingi asrlarda bir necha marta taʼmir qilingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |