Kontent qismiga oʻtish

Igor Sivuxa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Igor Sivuxa
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Vitaliyovich Sivuxa
Boʻyi 182 sm
Ampluasi Himoyachi
Vazni 76 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1987–1989 SC Tavriya Simferopol 0 (0)
1988   Meteor Symferopol - (-)
1990–1991 FC Chayka-VMS Sevastopol 57 (1)
1992 FC Polissya Zhytomyr 7 (0)
1993 FC Dynamo Saky 15 (1)
1993 Stal Stalowa Wola 4 (-)
1994–1995 Czajka Ochotnykowe - (-)
1995 FC Surozh Sudak 2 (-)
1996 FC Kramatorsk 3 (-)
1997–1999 Andijon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1999 uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1999 uchun)

Igor Vitaliyovich Sivuxa (1970-yil 31-mart, Simferopolda tavallud topgan) — Sovet va ukrainalik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan[1].

Igor Simferopol futboli maktabi tabiyalanuvchisi hisoblanadi. U futbolchilik faoliyatini 1987-yilda „Tavriya“ (Simferopol) jamoasida boshlagan[2], lekin jamoadagi raqobat kuchli boʻlganligi sababli asosan „Tavriya“ klubining oʻrinbosarlar jamoasi „Meteor“ (Simferopol) klubida oʻynagan (faqat 1987-yil debyut mavsumida, SSSR Kubogida asosiy jamoa takibida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan). 1990-yilda Igor Sevastopol shahrining „Chayka“ jamoasi tarkibiga koʻchib oʻtdi. Chayka jamoasida oʻz oʻyini bilan muhlislar eʼtiborini joy olgan Igor 1992-yil bahorida u Jitomirdagi „Kimyogar“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Kimyogar jamoasi oʻyin uslubiga kirishib ketolmaganligi sababli 1993-yil boshida oʻz jamoasini „Frunzenets“ (Frunze) klubi yoʻnalishida oʻzgartirdi. Frunze jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surgan xolda 1993-yil yozida u Polsha jamoasi „Staly“ (Stalyova Volya)ga bilan shartnoma imzoladi[3]. Staly jamoasidagi raqobat tufayli asosiy tarkibga juda kam kiritildi va shu sababli 1993-yil oktyabr oyida u Qrimga, oʻz vataniga qaytdi. Oʻsha davrda Saki shahrining „Dinamo“ (Saki) jamoasiga koʻchib oʻtdi. 1995-yil kuzidan boshlab u „Chayka“ (Oxotnikovo qishlogʻi) havaskorlar jamoasi tarkibida musboqalarda ishtirok etdi. 1995-yil may oyida u „Suroj“ (Sudak) klubiga oʻtdi va Sudak jamoasi tarkibida 2 ta oʻyin oʻtkazdi. 1996-yilda u „Donbaskraft“ (Kramatorsk) havaskorlar jamoasi takibini kuchaytirdi. Biroq keyingi yiliyoq xorijga, bu safar O‘zbekiston Oliy ligasi jamoasi safiga oʻtdi. Igorning navbatdagi xorij jamoasi bu Andijonnning „Andijon“ klubi boʻlib, Igor „burgutlar“ jamoasi takibida uch yil davomida toʻp surdi. 1999-yilda faoliyatidagi pasayish tufayli futbolchilik faoliyatini yakunladi.

  1. „Сивуха Ігор Віталійович“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  2. Profіl gravsya na saytі „Іstorіya Tavrії“
  3. Profіl gravsya na saytі legioner.kulichki.com