Kontent qismiga oʻtish

Ilgar Ibrohimoglu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilgar Ibrohimoglu (ozarbayjoncha: İlqar İbrahimoğlu; 1973-yil 5-noyabr) — DEVAMM (Vijdon va din erkinligini himoya qilish markazi) raisi, musulmon olimi, Icheri-Sheherdagi „Juma“ jome masjidi imom-xatibi, „Deyerler (Ozarbayjon Islom News)“ yangiliklar portali bosh muharriri[1][2].

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilgar Ibrohimoglu 1973-yil 5-noyabrda Ozarbayjonning Boku shahrida tavallud topgan. Bolaligidan Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Oleg Isaakovich Privorotskiy qoʻl ostida shaxmat bilan shugʻullangan. Ibrahimoglu birinchi darajali shaxmatchi boʻlib, iqtisodiy fanlar, falsafa va ilohiyot fanlari boʻyicha ham taʼlim olgan.

Ilgar Ibrohimoglu „Islom va G‘arb falsafasining integratsiyasi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan. U Varshava Xalqaro Inson Huquqlari Maktabini tamomlagan. Shuningdek, „Alkogolizm va giyohvandlik boʻyicha xalqaro ekspert sertifikati“ ga ham ega. Ibrohimoglu xronologik qon kasalliklariga chalingan bolalarga gʻamxoʻrlik qilish, psixo-ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy integratsiyani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan „Asma-ul-Husna“ va „Yetimsiz vatan“ ijtimoiy loyihalari hammuassisi va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar koordinatori hisoblanadi. Ayni paytda Ibrohimoglu „Hikmat Evi“ (Hikmatlar uyi) munozara markazi va „Islom maarifi“ (Islom maʼrifati) dasturining nazoratchisi boʻlib faoliyat olib boradi. Shuningdek, jamiyatda bagʻrikenglik, sabr-toqat va madaniy integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan „Madaniyatlarning dialogi“ dasturiga ham rahbarlik qiladi.

Ilgar Ibrohimoglu ilohiyot, postmodern falsafa va inson huquqlari falsafasi kabi sohalarda fanlararo tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek, u neyro-lingvistikaning shaxslararo oʻzaro taʼsirida va paradigmatik aloqalarda tutgan oʻrni va roli haqida ham tadqiqotlar olib bordi. Ilmiy izlanishlari doirasida Avstriya, Polsha, Turkiya, AQSH, Rossiya, Eron, Germaniya, Iordaniya, Shveysariya, Ukraina, Fransiya, Italiya kabi bir qancha mamlakatlarda boʻlgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilgar Ibrohimoglu uylangan, uch farzandi bor.

  1. De Cordier. „Ilgar Ibrahimoglu: "I see a potential for Euro-Islam in Azerbaijan"“. Qaraldi: 2010-yil 19-dekabr.
  2. Robinson. „Azerbaijan wrestles with Islam in rough region“. Qaraldi: 2010-yil 19-dekabr.[sayt ishlamaydi]