Kontent qismiga oʻtish

Ilya Rubin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilya Davidovich Rubin
Илья Давидович Рубин
Tavalludi 26-avgust 1924-yil
Xarkov Ukraina SSR
Vafoti 5-mart 2013-yil(2013-03-05)
(88 yoshda)
Quddus Isroil
Fuqaroligi Sovet IttifoqiIsroil
Kasbi rassom
Mukofotlari
Veb-sayt www.antho.net/museum/rubin

Ilya Davidovich Rubin ( 1924-yil 26-avgust, Xarkov - 2013-yil 5 mart, Quddus ) - sovet va isroillik rassom.

Ilya Davidovich Rubinlar oilasidagi eng kichik farzand bo‘lgan. Urush boshlanganda Ilya hali 18 yoshga to‘lmagan edi. Shu sabab  armiyaga chaqirilmagan va ota-onasi bilan Semipalatinsk yaqinidagi Podgornaya stansiyasiga evakuatsiya qilingan. 1942-yilga kelib esa Ilya armiyaga chaqirilgan va Olma-Ota yaqinida joylashgan Talgar qishlog‘idagi Ryazan artilleriya ofitserlar maktabiga o‘qishga kirgan. 1944-yil oxirida Ilya Rubin 2-Ukraina frontiga, 9-chi zabt etuvchi korpusga yuborilgan. Ilya Rubin  Budapesht va Venani bosib olish yurishlarida ishtirok etgan. Urush Pragada tugagan.

Demobilizatsiyadan so‘ng Ilya Davidovich Toshkentga ota-onasining oldiga qaytgan. 1952-yilda  san’at maktabini tugatgan va o‘sha yerda o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik Toshkent teatr va rassomlik institutiga o‘qishga kirgan. Institutni tamomlagach u yerda 1980-yilgacha ishlagan.

Ilya Rubin 1964-yildan SSSR Rassomlar uyushmasi a’zosi. Ko‘plab shaxsiy va guruh ko‘rgazmalarining ishtirokchisi. 1991-yildan Quddusda yashab, ijod qilgan. Rassom chizgan suratlar O‘zbekiston, Gruziya, Yaponiya, Isroil va dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi muzey va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.

Ilya Rubin 2013-yil 5-martda Quddus shahrida vafot etgan.

Ilya Rubin uylangan, uning ikki qizi bor: yozuvchi Dina Rubina va skripkachi Vera Rubina ( Massachusets musiqa o'qituvchilari uyushmasi prezidenti [1] ). Rassomning uchta nabirasi va evarasi bor.

  1. „Faculty of the International Music Academy“. 2015-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-yanvar.