Kontent qismiga oʻtish

Inabe

Koordinatalari: 35°9′29.5″N 136°31′1.6″E / 35.158194°N 136.517111°E / 35.158194; 136.517111
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Inabe

いなべ市
Shahar
Skyline of Inabe
Inabe
Bayroq
Inabe
Gerb
35°9′29.5″N 136°31′1.6″E / 35.158194°N 136.517111°E / 35.158194; 136.517111
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Kansai
Prefektura Mie
Hukumat
 • Mayor Yasushi Hioki
Maydon 219.58 km2 (84.78 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2021-yil)
43 114 kishi
Zichligi 200 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 94-74-5820
Inabe xaritada
Inabe
Inabe
Ryu togʻi va Fujivara togʻi kungaboqar maydoni bilan

Inabe (yaponcha: いなべ市 Inabe-shi?) Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 1-avgust holatiga koʻra, shaharda 17314 ta xonadonda 43114 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 200 nafarni tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 219,58 kvadrat kilometr (84,78 mi²) ga teng.

Inabe Kii yarim orolining uzoq shimoli-sharqiy chekkasida va Mie prefekturasining uzoq shimoli-gʻarbiy qismida, Gifu va Shiga prefekturalari bilan chegarada joylashgan. Inabe daryosi shahar markazidan oqib oʻtadi.

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inabe nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin hamda qor yogʻmaydi. Inabeda oʻrtacha yillik harorat 13,0 °C ni tashkil etaddi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1960 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi[2].

Hokusei(1981 — 2010) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 74,1 93,2 152,4 178,9 231,9 290,4 289,2 213,4 286,4 144,5 97,1 65,9 2 117,4
Yomgʻir, mm 10,5 10,4 12,0 10,3 11,6 13,4 14,3 11,0 12,3 9,6 8,3 9,8 133,5
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[3]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Inabe aholisi soni soʻnggi 30 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192032,074—    
193034,058+6.2%
194032,92−3.3%
195043,568+32.3%
196040,007−8.2%
197038,414−4.0%
198041,591+8.3%
199043,882+5.5%
200045,63+4.0%
201045 675+99998.6%

Zamonaviy Inabe hududi qadimgi Ise viloyatining bir qismi boʻlgan, oʻsha paytdagi Edo davrida asosan Kuvana domenining nazorati ostida edi. 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan Inabe tumanida Ageki qishlogʻi tashkil etildi. Ageki 1929-yil 10-martda shaharcha maqomiga koʻtarildi hamda 1955-yil 1-aprelda qoʻshni Toyashiro va Yamasato qishloqlari bilan birlashib, Hokusei shahrini tashkil qildi. Inabe shahri 2003-yil 1-dekabrda sobiq Hokusei shahrining qoʻshni Inabe, Dayan va Fujivara bilan qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.

Inabe toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Inabe shahrida, Toin shahri bilan birgalikda Mie prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 3-okrugi tarkibiga kiradi.

Inabe mintaqaviy savdo markazi boʻlib, iqtisodiyoti aralash sanoat va qishloq xoʻjaligiga asoslanadi. Toyota Motor, Denso va boshqa avtomobilsozlik sanoat korxonalari mahalliy iqtisodiyotning kuchli tarkibiy qismini tashkil etadi.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inabe shahrida 11 ta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta taʼlim maktabi hamda Mie prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori taʼlim maktabi faoliyat yuritadi.

Sangi temir yoʻli — Sangi liniyasi

  • Umedoi — Daian — Misato — Nyūgava — Ise-Hatta — Higashi-Fujivara — Nishi-Nojiri — Nishi-Fujivara

Sangi temir yoʻli — Xokusei liniyasi

  • Ōizumi — Sohara — Ohda — Ageki

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milliy yoʻnalish 306
  • Milliy yoʻnalish 365
  • Milliy yoʻnalish 421

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Yuk temir yoʻl muzeyi

Taniqli odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Inabe kutubxonasi
Kasuga-jinja (Inabe), Chozuya
Kasuga-jinja (Inabe), Haiden
Gyojunji ibodatxonasi
Fujivaracho Sakamoto va Yamaguchi manzaralari