Kontent qismiga oʻtish

Kiyosi Itô

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kiyosi Itô
Tavalludi 7-sentyabr 1915-yil
Inabe, Yaponiya
Vafoti 10-noyabr 2008-yil(2008-11-10)
(93 yoshda)
Kyoto, Yaponiya
Fuqaroligi Yaponiya va Yaponiya imperiyasi
Sohasi Matematika
Ish joylari Kyoto universiteti
Taʼlimi Tokio universiteti
Akademik rahbarlari Shokichi Iyanaga
Mashhur shogirdlari Shinzo Watanabe
Toshio Yamada
Mashhur ishlari Itô hisobi
Mukofotlari Asahi mukofoti (1977)
Wolf mukofoti (1987)
Kyoto mukofoti (1998)
Gauss mukofoti (2006)

Kiyosi Itô (talaffuzi: Kiyosi Ito) (7-sentyabr 1915-yil — 10-nayabr 2008-yil) — yaponiyalik matematik. Itô stoxastik tahlil, stoxastik integratsiya nazariyasi va stoxastik differensial tenglamalar sohasidagi ishlari bilan mashhur. 1987-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Itô 23 yoshida Tokio imperatorlik universitetini matematika boʻyicha tamomlagan. Buning ortidan Milliy statistika boshqarmasida ishlay boshlagan, u yerda ehtimollik nazariyasi va stoxastika boʻyicha ikki ilmiy maqolasini nashr qilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida statistika boshqarmasida ishlashda davom etgan, qisqa muddat Nagoya universitetida tahsil bergan. 1945-yilda PhD darajasini olgan. Oradan yetti yil oʻtgach, Kyoto universitetida professor etib tayinlangan va u yerda 1979-yil nafaqaga chiqquniga qadar ishlagan.

Itô stoxastik integratsiya va stoxastik differensial tenglamalar nazariyalariga salmoqli hissa qoʻshgan. Bu soha hozirgi kunda Itô hisobi nomi bilan ataladi. Bu hisob yordamida tasodifiy hodisalar matematik nuqtai nazardan oʻrganiladi. Xususan, Itô hisobi matematik moliya sohasida keng qoʻllanadi.