Andrew Wiles
Andrew Wiles | |
---|---|
Tavalludi |
11-aprel 1953-yil Cambridge, Angliya |
Fuqaroligi | Angliya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | |
Akademik rahbarlari | John Coates |
Mashhur shogirdlari | |
Mashhur ishlari |
Taniyama–Shimura gipotezasi isboti, shu bulan bir qatorda Fermatning soʻnggi teoremasi isboti Iwasawa teoreyasining asosiy gipotezasi isboti |
Mukofotlari |
|
Andrew Wiles (talaffuzi: Endryu Uayls) (1953-yil 11-aprelda tugʻilgan)[1] — angliyalik-amerikalik matematik. Sonlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1996-yil Wolf mukofotini olgan. Fermatning soʻnggi teoremasini isbotlab bergani uchun 2016-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[2].
Wiles 1974-yilda Oxford universitetining Merton kollejida bakalavr darajasini olgan[3] . 1975-yil yozida Cambridge universitetining Clare kollejida ilmiy faoliyatini boshlagan va u yerda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[4]. 1977-1980-yillarda Clare kollejida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan[5].
Wiles 1981-yil Princeton universitetida ishlay boshlagan[6]. 1985–86-yillarda Parisdagi Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida hamda Oliy normal maktabda ishlagan. 1988–90-yillarda Oxford universitetida ishlagan, soʻngra Princetonga qaytgan va u yerda 2009-yilgacha ishlagan. 2011-yilda yana Oxfordga qaytgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Andrew Wiles“. famous-mathematicians.com (2012-yil 20-yanvar).
- ↑ „2016: Sir Andrew J. Wiles“. www.abelprize.no. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
- ↑ „Sir Andrew Wiles appointed first Regius Professor of Mathematics at Oxford“. News & Events. Oxford universiteti (2018-yil 31-may). Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
- ↑ „Andrew Wiles“. National Academy of Sciences. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
- ↑ „Alumni“. King's College School, Cambridge. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
- ↑ 6,0 6,1 O'Connor, John J.; Robertson, Edmund F. „Andrew John Wiles Biography“. MacTutor History of Mathematics archive (2009-yil sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Profile from Oxford
- Profile from Princeton (Wayback Machine saytida 2021-11-05 sanasida arxivlangan)