Jean-François Le Gall
Qiyofa
Jean-Francois Le Gall | |
---|---|
Tavalludi |
15-noyabr 1959-yil Morlaix, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | Paris-Sud universiteti |
Taʼlimi |
Oliy normal maktab Pierre va Marie Curie universiteti |
Akademik rahbarlari | Marc Yor |
Mashhur shogirdlari | Wendelin Werner |
Mukofotlari |
Rollo Davidson mukofoti (1986) Loève mukofoti (1997) Fermat mukofoti (2005) Wolf mukofoti (2019) |
Jean-François Le Gall (talaffuzi: Jan Fransua Le Gall) (1959-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Ehtimollar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2019-yil Gregory Lawler bilan bir qatorda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan[1][2].
Le Gall 1982-yil Pierre va Marie Curie universitetidan PhD darajasini olgan. 2013-yil Fransiya fanlar akademiya aʼzosi etib tayinlangan. Ayni damda Fransiya akademik instituti ishlamoqda.
Le Gall Brown harakati, Lévy jarayonlari, superjarayonlar hamda ularning qisman differensial tenglamalarga aloqasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Shuningdek, olim tarmoqlanish jarayonlarini ham oʻrganib keladi.
Manbalar
- ↑ Wolf Prize 2019 - Jerusalem Post
- ↑ „Wolf Prize 2019“. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.