Kontent qismiga oʻtish

Lars Ahlfors

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lars Ahlfors

Lars Ahlfors
Tavalludi 18-aprel 1907-yil
Helsinki, Finlandiya
Vafoti 11-oktyabr 1996-yil(1996-10-11)
(89 yoshda)
Pittsfield, Massachusetts, AQSh
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Finlandiya va AQSh
Institutlar Helsinki universiteti
Mashhur shogirdlari Paul Garabedian
Dale Husemoller
Albert Marden
Robert Osserman
Henry Pollak
Halsey Royden
George Springer
Mashhur ishlari Riemann yuzalari
Mukofotlari Fields medali (1936)
Wihuri mukofoti (1968)
Wolf mukofoti (1981)
Leroy P. Steele mukofoti (1982)

Lars Ahlfors (talaffuzi: Lars Alfors) (18-aprel 1907 – 11-oktyabr 1996) – finlandiyalik matematik. Ahlfors Riemann yuzalari sohasidagi faoliyati bilan tanilgan. 1936-yil Jesse Douglas bilan birgalikda ilk Fields medali bilan taqdirlangan[1][2]. 1981-yilda esa Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Ahlfors Helsinki shahrida tugʻilgan[1][2]. Onasi Sievä Helander uni tugʻayotib vafot etgan. Ahlfors 1928-yil Helsinki uninversitetini tamomlagan. 1930-yil ayni universitetdan PhD darajasini olgan. 1933–1936-yillarda shu universitetda ishlagan. 1946-yildan 1977-yil nafaqaga chiqqunicha Harvard universitetida ishlagan[2]. Shuningdek, 1962–1966-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida mehmon professor oʻlaroq ishlagan.

Ahlforsning „Kompleks analiz“ (inglizcha: Complex Analysis) (1953) kitobi ushbu sohadagi klassik asarga aylangan. Shuningdek, „Riemann yuzalari“ (inglizcha: Riemann surfaces)[3] (1960) hamda „Konform invariantlar“ (inglizcha: Conformal invariants) (1973) kitoblari muallifi. Olim 1968-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

  1. 1,0 1,1 „Lars V. Ahlfors, Mathematician Who Won First Fields Medal; 89“. The Boston Globe (1996-yil 17-oktyabr), s. 87. Qaraldi: 2022-yil 14-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Lars Ahlfors, Leading Mathematician in Complex Analysis, Dies at 89“. The Fresno Bee (1996-yil 23-oktyabr), s. 42. Qaraldi: 2022-yil 14-avgust.
  3. Springer, George. „Review of Riemann surfaces. By Lars V. Ahlfors and Leo Sario“ (PDF). Bull. Amer. Math. Soc. 67-jild, № 2. 170–171-bet. doi:10.1090/S0002-9904-1961-10548-X.