Jean Bourgain
Jean Bourgain | |
---|---|
Tavalludi |
28-fevral 1954-yil Ostend, Belgiya |
Vafoti |
22-dekabr 2018-yil (64 yoshda) Bonheiden, Belgiya |
Fuqaroligi | Belgiya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Perspektiv tadqiqotlar instituti Illinois universiteti California universiteti, Berkeley |
Taʼlimi | Brussel erkin universiteti |
Akademik rahbarlari | Freddy Delbaen |
Mashhur shogirdlari | James Colliander |
Mashhur ishlari |
Analitik son teoriyasi Garmonik analiz Ergodik teoriya Banach sathlari Qisman differensial tenglamalar |
Taʼsir olgan |
Laurent Schwartz Bernard Maurey Gilles Pisier Vitali Milman |
Taʼsir koʻrsatgan | Terence Tao |
Mukofotlari |
Salem mukofoti (1983) Ostrovskiy mukofoti (1991) Fields medali (1994) Shaw mukofoti (2010) Crafoord mukofoti (2012) Matematika yutugʻi mukofoti (2017) Steele mukofoti (2018) |
Jean Bourgain (talaffuzi: Jan Burgeyn) (28-fevral 1954-yil – 22-dekabr 2018-yil) — belgiyalik matematik. Bourgain matematik analiz boʻyicha ishlari, xususan, Banach sathlari geometriyasi, garmonik analiz, ergodik teoriya hamda chiziqli boʻlmagan qisman differensial tenglamalar yoʻnalishlaridagi ishlari bilan tanilgan. Bourgain, shuningdek, analitik son nazariyasi, kombinatorika, spektral teoriya hamda guruhlar teoriyasini ham oʻrgangan.
Bourgain 1977-yil Brussel erkin universitetidan PhD darajasini olgan. 1981—1985-yillarda ayni universitetda professor oʻlaroq ishlagan. 1985—1995-yillarda Fransiyaning Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlagan. 1994—2018-yillarda New Jerseydagi Perspektiv tadqiqotlar institutida faoliyat yuritgan. 2012—2014-yillarda California universiteti, Berkeley professori.
Bourgain 1994-yil Fields medali bilan taqdirlagan. Olim 2009-yil Shvetsiya qiroliy Fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan. 2015-yil Belgiya qiroli Philippe IV Bourgainni baron etib tayinlagan.