Kontent qismiga oʻtish

Cédric Villani

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Cédric Villani
Tavalludi 5-oktyabr 1973-yil (1973-10-05) (51 yosh)
Brive-la-Gaillarde, Fransiya
Istiqomat joylari Paris, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Henri Poincaré instituti
Sorbonne universiteti
Lyon universiteti
Camille-Jordan instituti
Akademik rahbarlari Pierre-Louis Lions
Mashhur shogirdlari Alessio Figalli
Clément Mouhot
Mashhur ishlari Boltzmann tenglamasi
Kinetik nazariya
Landau soʻndirishi
Transport nazariyasi
Otto–Villani teoremasi
Mukofotlari Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2008)
Fermat mukofoti (2009)
Henri Poincaré mukofoti (2009)
Fields medali (2010)
Joseph L. Doob mukofoti (2014)
Veb-sayt cedricvillani.org

Cédric Villani (talaffuzi: Sedrik Villani) (1973-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Villani matematik tahlil boʻyicha mutaxassisdir. Xususan, qisman differensial tenglamalar, Riemannian geometriyasi hamda metamatik fizika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2010-yil Fields medali bilan taqdirlangan.[1]

Villani 2017-yil Fransiya parlamentining quyi palatasi boʻlmish Milliy assambleyaga saylangan. Emmanuel Macron asos solgan La République En Marche! partiyasi aʼzosi. 2017-yil Fransiya parlamentining Ilmiy va texnologik tanlovlar idorasi vitse-prezidenti etib tayinlangan.

Villani statistik mexanikada ishlatiladigan qisman differensial tenglamalar boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Xususan, olim Laurent Desvillettes bilan hamkorlikda Boltzmann tenglamasida ekvilibriumga yaqin boʻlmagan ilk qiymatlar uchun konvergensiya qanchalik tez sodir boʻlishini koʻrsatib bergan.

  1. Shibut, A. S. „Fields medali — Matematiklar uchun Nobel alternativasi“ (ruscha). Belarus davlat universiteti. 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.