Kontent qismiga oʻtish

Caucher Birkar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Caucher Birkar
Tavalludi 1978 (yoshi 45–46)
Ney, Marivan okrugi, Eron
Fuqaroligi Eron
Britaniya
Sohasi Matematika
Ish joylari Cambridge universiteti
Akademik rahbarlari
Mukofotlari Leverhulme mukofoti (2010)
Moore mukofoti (2016)
Fields medali (2018)

Caucher Birkar (talaffuzi: Kausher Birkar) (kurdcha: كۆچەر بیركار) forscha: کوچر بیرکار (tugʻilganidagi ismi Fereydun Deraxshoniy) (1978-yil iyulda tugʻilgan) — eronlik kurd matematik. Birkar zamonaviy biratsional geometriyaga muhim hissa qoʻshgan. 2018-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Birkar 1978-yil Eronning Kurdiston viloyatida tugʻilgan, Eron-Iroq davrida ulgʻaygan. Tehron universitetida matematika boʻyicha tahsil olib, uni bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 2000-yil Buyuk Britaniyaga koʻchib borgan va yerda siyosiy boshpana soʻragan. Britaniyaga migratsiyasi ortidan Caucher Birkar ismini olgan. Bu ism kurdcha „muhojir matematik“ maʼnosiga ega.

Birkar 2010-yilda algebraik geometriyaga qoʻshgan hissasi uchun matematika va statistika boʻyicha Leverhulme mukofotiga sazovor boʻldi. 2016-yilda esa Moore mukofoti bilan taqdirlandi.