Pierre-Louis Lions
Pierre-Louis Lions | |
---|---|
Tavalludi |
11-avgust 1956-yil Grasse, Alpes-Maritimes, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Collège de France Politexnika maktabi Paris-Dauphine universiteti |
Taʼlimi |
Oliy normal maktab Pierre va Marie Curie universiteti |
Akademik rahbarlari | Haïm Brezis |
Mashhur shogirdlari |
Olivier Guéant Gilles Motet Cédric Villani |
Mashhur ishlari |
Chiziqli boʻlmagan qisman differnsial tenglamalar Oʻrta maydon oʻyin teoriyasi |
Mukofotlari |
IBM mukofoti (1987) Philip Morris mukofoti (1991) Fields medali (1994) |
Pierre-Louis Lions (talaffuzi: Pyer-Lui Lions) (1956-yil 11-avgustda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Chiziqli boʻlmagan qisman differensial tenglamalar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1994-yil Fields medali bilan taqdirlangan. Birinchilardan boʻlib Boltzmann tenglamasini isboti bilan toʻliq yechib bergan.
Lions oʻzining Michael G. Crandall bilan birga yozilgan „Hamilton-Jacobi tenglamalarida egiluvchanlik yechimlari“ maqolasida egiluvchan yechimlar tushunchasini taklif qilgan. Bu esa qisman differensial tenglamalar sohasiga taʼsir oʻtkazdi.
Lions 1977-yil Parisdagi [Oliy normal maktab (Paris)|Oliy normal maktabni]] tamomlagan. 1979-yil Pierre va Marie Curie universitetidan PhD darajasini olgan. Lions Heriot-Watt universitetida, Narvik universiteti-kollejida, Hong-Kong shahar universitetida, Collège de France hamda Parisdagi Politexnika maktabida ishlagan.