Kontent qismiga oʻtish

Yefim Zelmanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yefim Zelmanov
Tavalludi 7-sentyabr 1955-yil (1955-09-07) (69 yosh)
Xabarovsk, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya, AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar California universiteti, San Diego
Taʼlimi Moskva davlat universiteti
Mashhur shogirdlari Martin Kassabov
Mashhur ishlari Distributiv algebra
Mukofotlari Fields medali (1994)

Yefim Isaakovich Zelmanov (ruscha: Ефи́м Исаа́кович Зе́льманов) (1955-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik-amerikalik matematik. Distributiv algebra va guruh teoriyasi sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 1994-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Zelmanov 1980-yil Novosibirsk davlat universitetida fan nomzodi dissertatsiyasini yoqlagan. 1985-yil Leningrad davlat universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1987-yil Sovet Ittifoqini tark etgan.

Zelmanov 1990-yil AQShga koʻchib borgan. Boshida Wisconsin–Madison universitetida ishlagan. 1994–1995-oʻquv yilida Chicago universitetida ishlagan. Keyinchalik Yale universiteti hamda San Diegodagi California universitetida ishlagan.

Zelmanov 2001-yil AQSh Milliy fanlar akademiyasi aʼzosi etib saylangan. Olim, shuningdek, Amerika sanʼat va fan akademiyasi aʼzosi, Koreya Fan va muhandislik akademiyasining xorijiy aʼzosi hamda Ispaniya Qirol fanlar akademiyasi aʼzosidir. 2012-yil Amerika matematika jamiyatiga qoʻshilgan.