Sergey Novikov
Sergey Petrovich Novikov | |
---|---|
Tavalludi |
20-mart 1938-yil Gorkiy (hozirgi Nijniy Novgorod), Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi |
Vafoti | 6-iyun 2024[1] |
Fuqaroligi |
SSSR Rossiya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Moskva davlat universiteti Moskva Mustaqil universiteti Steklov nomidagi matematika instituti Maryland universiteti |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
Akademik rahbarlari | Mixail Postnikov |
Mashhur shogirdlari |
Viktor Buxshtaber Sabir Guseyn-Zade Gennadiy Kasparov Iskander Taymanov Anton Zorich |
Mashhur ishlari |
Adams–Novikov spektral ketma-ketligi Krichever–Novikov algebrasi Morse–Novikov teoriyasi Novikov gipotezasi Novikov xalqasi Novikov–Shubin invarianti |
Mukofotlari |
Lenin mukofoti(1967) Fields medali (1970) Lobachevskiy medali (1981) Wolf mukofoti (2005) |
Sergey Petrovich Novikov (ruscha: Серге́й Петро́вич Но́виков) (1938-yil 20-martda tugʻilgan) — sovet va rus matematigi. Novikov algebraik topologiya hamda soliton teoriyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1970-yilda Fields medaliga, 2005-yilda esa Wolf mukofotiga sazovor boʻlgan.
Novikov taniqli matematiklar Pyotr Novikov hamda Lyudmila Keldishlar oilasida tugʻilgan. 1960-yil Moskva davlat universitetini tamomlagan. 1964-yil fan nomzodi, 1965-yil esa doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1981-yil SSSR Fanlar akademiyasining toʻliq aʼzosi etib tayinlangan.
Olim karyerasi boshida bordizmlarni oʻrgangan. Pontryagin sinflarining topologik oʻzgarmasligini isbotlagan va Novikov gipotezasi oʻrtagan tashlagan. Ayna shu yoʻnalishdagi ishlari uchun Fields medali bilan taqdirlangan. Olim mukofotni olish uchun Nicega sayohat qilishiga ruxsat berilmagan. Natijada medalni 1970-yil Xalqaro matematika jamiyati yigʻinda olgan.