Luis Caffarelli
Luis Caffarelli | |
---|---|
Tavalludi |
8-dekabr 1948-yil Buenos Aires, Argentina |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Austindagi Texas universiteti Perspektiv tadqiqotlar instituti Chicago universiteti Courant matematika fanlari instituti Minnesota universiteti |
Taʼlimi | Buenos Aires universiteti |
Akademik rahbarlari | Calixto Calderón |
Mashhur shogirdlari |
Ovidiu Savin Guido De Philippis |
Mashhur ishlari | Guruh nazariyasi |
Mukofotlari |
Bôcher memorial mukofoti (1984) Rolf Schock mukofoti (2005) Leroy P. Steele mukofoti (2009) Wolf mukofoti (2012) Shaw mukofoti (2018) Abel mukofoti (2023) |
Luis Caffarelli (talaffuzi: Luis Kaffarelli) (1948-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — argentinalik-amerikalik[1] matematik. Qisman differensial tenglamalar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2012-yil Wolf mukofoti, 2023-yilda esa Abel mukofoti[2][3][4] bilan taqdirlangan.
Caffarelli Buenos Aires universitetidan 1968-yil magistr, 1972-yil PhD darajasini olgan. 1986–1996-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. Ayni damda Austindagi Texas universitetida professor. Olim, shuningdek, Chicago va Minnesota universitetlarida hamda Courant matematika fanlari institutida ishlagan.
Caffarelli toʻsiq masalalari hamda chiziqli boʻlmagan qisman differensial tenglamalar boʻyicha dunyoning yetakchi mutaxassisi hisoblanadi. Olim gomogenizatsiyaga qoʻshgan hissasi bilan ham taniglan. Keyingi yillarda u integro-differensial tenglamalar sohasida faoliyat yuritib keladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Caffarelli, Luis Ángel „CURRICULUM VITAE“.
- ↑ „Prize winner 2023“. The Norwegian Academy of Science and Letters. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
- ↑ De Ambrosio, Martín „A nivel de los grandes del siglo: Luis Caffarelli, el Messi de la matemática que ganó el equivalente al Nobel de la disciplina“. LA NACION. LA NACION (2023-yil 22-mart). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
- ↑ Castelvecchi, Davide (2023). "Abel Prize: Pioneer of 'Smooth' Physics Wins Top Maths Award". Nature 615 (7954): 777. doi:10.1038/d41586-023-00833-4. PMID 36949131. https://www.nature.com/articles/d41586-023-00833-4. Qaraldi: 2023-03-30. Nature Vol.615 No.7954, 30 March 2023, News p777
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]