Kontent qismiga oʻtish

Saharon Shelah

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saharon Shelah
Tavalludi 3-iyul 1945-yil (1945-07-03) (79 yosh)
Quddus, Falastin mandatli hududi
Istiqomat joylari Quddus, Isroil
Fuqaroligi Isroil
Sohasi Matematika
Ish joylari Yahudiy universiteti
Rutgers universiteti
Akademik rahbarlari Michael Rabin
Mashhur shogirdlari Rami Grossberg
Mashhur ishlari PCF nazariyasi
Sauer–Shelah lemmasi
Shelah kardinali
Mukofotlari Erdős mukofoti (1977)
Rothschild mukofoti (1982)
Karp mukofoti (1983)
George Pólya mukofoti (1992)
Bolyai mukofoti (2000)
Wolf mukofoti (2001)
Isroil mukofoti (1998)
EMET mukofoti (2011)
Steele mukofoti (2013)
Rolf Schock mukofoti (2018)

Saharon Shelah (ivritcha: שהרן שלח) (1945-yil 3-iyulda tugʻilgan) — isroillik matematik. Quddusdagi Yahudiy universiteti va New Jerseydagi Rutgers universitetida matematika professori. Shelah matematik mantiq, model nazariyasi va toʻplamlar nazariyasi sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2001-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Shelah 1945-yil 3-iyulda Quddusda tugʻilgan. Taniqli isroillik shoir va siyosatchi Yonatan Ratoshning oʻgʻli[1].

Shelah 1969-yilda Yahudiy universitetidan barqaror nazariyalar boʻyicha ilmiy ishi uchun PhD darajasini olgan[2]. 1969–1970-yillarda Princeton universitetida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1970–1971-yillarda esa Los Angelesdagi California universitetida assistent boʻlib ishlagan[2]. 1974-yilda Yahudiy universitetida professor etib tayinlangan va hozirgi kunga qadar shu lavozimni egallab kelmoqda[2]. Shelah, shuningdek, quyidagi universitetlarda mehmon leksiyachi boʻlib ishlagan Wisconsin universiteti (1977–1978), California universiteti, Berkeley (1978 va 1982), Michigan universiteti (1984–1985), Simon Fraser universiteti (1985) va New Jerseydagi Rutgers universiteti (1985). 1986-yildan beri Rutgers universitetida faxriy mehmon professor lavozimida faoliyat yuritib keladi[2].

Akademik karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shelah model nazariyasida sinflash nazariyasini ishlab chiqqan. Natijada Morley masalasini yechishga muvaffaq boʻlgan. Olim, shuningdek, Arrow nazariyasini saylov tizimlariga tatbiq qilgan. Shelah oʻz ilmiy ishlari bilan model nazariyasi va toʻplamlar nazariyasi sohalari rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan.

  1. (ivritcha) Shelah, Saharon. „זיכרונותיו של בן“ (2001-yil 5-aprel). Qaraldi: 2014-yil 31-avgust. „כשעמדתי להציג לפני חברתי יעל (עתה רעייתי) את בני משפחתי...הפרופ' שהרן שלח מן האוניברסיטה העברית בירושלים, בנו של יונתן רטוש... [As I was about to present to friend Yael (now my wife), my family ... Professor Saharon Shelah of the Hebrew University of Jerusalem, son of Yonathan Ratosh ...]“.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Saharon Shelah“. School of Mathematics and Statistics, University of St Andrews, Scotland. Qaraldi: 2014-yil 5-avgust.