Kontent qismiga oʻtish

George Lusztig

Vikipediya, erkin ensiklopediya
George Lusztig
Tavalludi 20-may 1946-yil (1946-05-20) (78 yosh)
Timishoare, Ruminiya Qirolligi
Fuqaroligi Ruminiya
Britaniya
AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari

Warwick universiteti

Massachusetts texnologiya instituti
Taʼlimi Princeton universiteti (Ph.D) (1971)
Buxarest universiteti
Akademik rahbarlari Michael Atiyah
William Browder
Mukofotlari

Berwick mukofoti (1977)
Cole mukofoti (1985)
Leroy P. Steele mukofoti (2008)

Shaw mukofoti (2014)
Wolf mukofoti (2022)

George Lusztig (talaffuzi: Jorj Lushtig) (1946-yil 20-mayda tugʻilgan) — amerikalik-ruminiyalik matematik. Massachusetts texnologiya instituti professori. 2022-yil Wolf matematika mukofoti bilan taqdirlangan.

George Lusztig Timishoareda yahudiy oilasida tugʻilgan. 1962-1963-yillarda Xalqaro matematika olimpiadasida Ruminiya vakili boʻlib, har ikki marta kumush medallarni qoʻlga kiritgan.[1] Buxarest universitetida oʻqigan. 1965-yilda universitetda oʻqib yurgan paytlarida oʻzining birinchi asarini („A model of plane affine geometry over a finite field“) nashr etgan. Lusztig 1968-yili universitetni tamomlagan. 1969-yilda esa Michael Atiyah taklifiga koʻra Princeton (New Jersey)dagi Ilg'or tadqiqotlar institutiga kelgan.

Lusztig 1971-yilda William Browder va Michael Atiyah rahbarligida „Novikov’s higher signature and families of elliptic operators“ nomli doktorlik dissertatsiyasini tamomlagandan soʻng matematika fanidan Ph.D. darajasini olgan.[2]