Martin Hairer
Martin Hairer | |
---|---|
Tavalludi |
14-noyabr 1975-yil Geneva, Shveysariya |
Istiqomat joylari | London |
Fuqaroligi | Avstraliya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
London Imperial kolleji Warwick universiteti New York universiteti |
Akademik rahbarlari | Jean-Pierre Eckmann |
Mashhur shogirdlari |
Pavel Bubak David Kelly Charles Manson Konstantin Matetski Sebastian Vollmer Simon Weber |
Mukofotlari |
Whitehead mukofoti (2008) Philip Leverhulme mukofoti (2008) Wolfson Research Merit mukofoti (2009) Fermat mukofoti (2013) Fröhlich mukofoti (2014) Fields medali (2014) |
Veb-sayt | hairer.org |
Martin Hairer (talaffuzi: Martin Hayrer) (1975-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — avstriyalik matematik. Stoxastik integrallarni, xususan, stoxastik qisman differensial tenglamalar sohasida ishlab keladi. 2014-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Hairer 1998-yil Geneva universitetini matematika va fizika boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 2001-yilda Jean-Pierre Eckmann rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hairer London qirollik jamiyati aʼzosi va London imperial kolleji matematika professoridir. Bundan oldin u Warwick universitetida hamda New York universitetining Courant institutida ishlagan.
Hairer Avstriya fuqaroligiga ega boʻlib, fransuz, nemis va ingliz tillarida soʻzlasha oladi. U matematik Xue-Mei Li bilan turmush qurgan. Olimning otasi Ernst Hairer Geneva universitetida matematika professori.