Kontent qismiga oʻtish

Heysuke Hironaka

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Heisuke Hironakadan yoʻnaltirildi)
Heisuke Hironaka
Tavalludi 9-aprel 1931-yil (1931-04-09) (93 yosh)
Yuu-chō, Kuga-Gun, Yamaguchi, Yaponiya
(zamonaviy Iwakuni, Yamaguchi, Yaponiya)
Fuqaroligi Yaponiya
Sohasi Matematik
Institutlar Brandeis universiteti
Harvard universiteti
Columbia universiteti
Kyoto universiteti
Taʼlimi Kyoto universiteti, Harvard universiteti
Akademik rahbarlari Oscar Zariski
Mashhur shogirdlari Dave Bayer
William Haboush
Allen Tannenbaum
Bernard Teissier
Mashhur ishlari Hironaka misoli
Mukofotlari Asahi mukofoti (1967)
Fields medali (1970)
Madaniyat ordeni (1975)
Faxriy legioni (2004)

Heysuke Hironaka (yaponcha: 広中 平祐) (1931-yil 9-aprelda tugʻilgan) — yaponiyalik matematik. Hironaka 1949-yilda Kyoto universitetiga oʻqishga kirgan. U Kyoto universitetida magistratura kursini tugatganidan soʻng, 1960-yilda Harvard universitetida Oscar Zariski rahbarligida Ph.D.sini tamomlagan. Hironaka 1970-yilda Fields medali bilan taqdirlangan.

Hironaka 1964-yilda algebraik xilma-xillikning yakka nuqtalari 0 xarakteristika maydonida yechimga ega ekanligini isbotlab, shuhrat qozongan. Shuningdek, Hironaka Kähler xilma-xilligi Kähler boʻlmagan deformatsiyasi borligini koʻrsatib bergan.

Hironaka uzoq yillar davomida Harvard universiteti tahsil bergan (1968-1992), ammo hozir Yaponiyada istiqomat qiladi. U Brandeis (1960-1963), Columbia (1964) hamda Kyoto (1975-1988) universitetlarida ham dars bergan. Shuningdek, u Yamaguchi universiteti (1996-2002) prezidenti lavozimida ham ishlagan. Hironaka matematika taʼlimi kabi gʻoyalarni targʻib qilishga ham faol hissa qoʻshib keladi. Uning qizi Eriko Hironaka ham matematik boʻlib, past oʻlchamli topologiya hamda geometrik topologiya sohalarida faoliyat yuritib keladi.