Richard Borcherds
Qiyofa
Richard Borcherds | |
---|---|
Tavalludi |
2-noyabr 1959-yil Cape Town, Janubiy Afrika Respublikasi |
Fuqaroligi | Britaniya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
California universiteti, Berkeley Cambridge universiteti |
Taʼlimi | Trinity kolleji |
Akademik rahbarlari | John Horton Conway |
Mashhur shogirdlari | Daniel Allcock |
Mashhur ishlari | Borcherds algebrasi |
Mukofotlari |
Whitehead mukofoti (1992) Yevropa matematika jamiyati mukofoti (1992) Qirol jamiyati aʼzosi (1994) Fields medali (1998) |
Richard Borcherds (talaffuzi: Richard Borcherds) (1959-yil 29-noyabrda tugʻilgan) — britaniyalik matematik. Panjaralar, sonlar nazariyasi, guruhlar teoriyasi hamda cheksiz oʻlchamli algebralar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1998-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Borcherds Janubiy Afrika Respublikasining Cape Town shahrida tugʻilgan. Bir yoshida oilasi bilan Buyuk Britaniyaning Birmingham shahriga koʻchib borgan. Bakalavr darajasini Cambrdigedagi Trinity kollejida olgan. 1985-yil ayni universitetda PhD darajasini olgan.
Oʻqishni tamomlaganidan keyin, Trinity kollejida ishlagan. Keyinchalik Berkeleydagi California universitetida dars bergan.