Iqbol Mirzo
Iqbol Mirzo | |
---|---|
Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich | |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Mansab davri 2020-yildan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi | |
Mansab davri 2010-yildan – 2020-yildan | |
Prezident | Islom Karimov,Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Shavkat Mirziyoyev,Abdulla Aripov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich 1-may 1967-yil Bagʻdod tumani Fargʻona viloyati |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Nargiza Mirzaaliyeva |
Bolalari |
Anvarjon Mirzaaliyev Ulugʻbek Mirzaaliyev Kumushoy Mirzaaliyeva Boburmirzo Mirzaaliyev |
Onasi | Mirzaaliyeva Moʻtabarxon Malikovna |
Otasi | Mirzaaliyev Mirzakarim Mirzaaliyevich |
Istiqomat joy(lar)i |
Toshkent Oʻzbekiston |
Taʼlim | Farg'ona davlat universiteti |
Kasbi | Shoir, yozuvchi, siyosatchi |
Dini | islom |
Ilmiy unvoni | Fan nomzodi |
Maʼlumoti | oliy |
Mukofotlari | |
Unvoni | O'zbekiston xalq shoiri |
Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliev) 1967-yil 1-mayda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumaniga qarashli Qo‘shtegirmon qishlog‘ida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan.
O‘zbekiston xalq shoiri[1] (2005), Filologiya fanlari bo‘yicha Falsafa doktori (PhD, 2020), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari[2] (2006-2018), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi[3] (2009-2019); O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati[4] (2020)
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqbol MIRZO – asl ismi Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich. 1967-yil 1-mayda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumaniga qarashli Qo‘shtegirmon qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Otasi Mirzaaliyev Mirzakarim Mirzaaliyevich, onasi Mirzaaliyeva Moʻtabarxon Malikovna o‘qituvchi bo‘lgan. Oilada 6 nafar farzand bo‘lib, sheʼriyatga togʻasi shoir Gʻulom Abdulla taʼsirida kirib kelgan[5]. Iqbol Mirzo Fargʻona pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgach, 1992-yilda Toshkentga keladi.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]1974-1984-yillarda Bagʻdod tumanidagi 19-oʻrta maktabda oʻrta maktabda ta'lim olgan. 1991-yilda Fargʻona pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1985-1987-yillarda Tomskda harbiy xizmatni oʻtagan[5].
1992-yilda „Oʻzbekiston tabiati“ gazetasida jurnalist sifatida ish boshlaydi[5], keyinchalik „Vatan“ gazetasida boʻlim boshligʻi, masʼul kotib vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. 1996-yildan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida katta muharrir, direktor oʻrinbosari va studiya bosh muharriri vazifalarida ishlagan.
2006-2018-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari[5].
2009-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi[3].
2020-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati[4] vazifasida ishlab kelmoqda.
Ijodiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ijod namunalari 1980-yildan matbuotda chiqa boshlagan. Dastlabki sheʼriy toʻplami – „Yurakning shakli“ 1993-yilda eʼlon qilingan. Keyinchalik „Koʻngil“ (1994), „Seni sogʻinaman“ (1994), „Meni eslaysanmi?“ (2000), „Tanlangan sheʼrlar“ (2002), „Qoʻshiqlarim“ (2004), „Sizni kuylayman“ (2006), „Agar jannat koʻkda boʻlsa…“ (2008),
„Aytgil, doʻstim…“ (2010), „Koʻrmasam boʻlmas“ (2012), „Vatan haqida qoʻshiq“ (2013) sheʼriy toʻplamlari, „Zarb“ qissasi (2015), „Bonu“ romani (2016) va uch tomlik asarlar saylanmasi 2018-yili chop etilgan. Shuningdek, rus, tojik, turkman tillarida ham kitoblari nashrdan chiqqan.
Fransuz dramaturgi Edmon Rostan qalamiga mansub „Sirano de Berjerak“ trago-komediyasini, Grigoriy Gorinning „Til haqida afsona“ pyesasini tarjima qilgan.
„Samarqand sayqali“ (2016), „Alisherbek va Husayn“ (2021), „Usmon Nosir“ (2022) pyesalari sahnalashtirilgan.
Internetdagi mashhurlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqbol Mirzo 2018-yilda Xalq soʻzi gazetasiga bergan intervyusida avvalgi davrlardagi hayotini „qora tush koʻrayotgandek edik“ jumlalari internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalar keltirib chiqargan edi[6] .
Ko‘p yillar davomida o‘zimizni aldab, o‘zimizga mahliyo bo‘lib, bino qo‘yib yashadik. Yon qo‘shnilarimizni bezdirib, do‘stdan dushman yasadik, ta’limni isloh etamiz deb, bolalarimizni ko‘rsavod qildik, tibbiyot g‘orat bo‘ldi, erkin so‘zning tomog‘idan xippa oldik. Natijada kun ko‘rish uchungina yashaydigan, yuragiga qo‘rquv uya qurgan, qorindan boshqa narsani o‘ylamaydigan, qo‘shnisiga qayishmaydigan, loqayd va karaxt muhit paydo bo‘ldi. Shu asnoda iste’dodlar chetga surilib, ustoz adiblar e’tiborsiz qoldirildi. Dardi ichiga tushgan millatsevar ziyolilar uzlatga chekindi. Ko‘pchilikning ko‘ngli tubidagi kelajakka umid shamlari bir-ketin o‘cha boshladi. Biz umumiy qora tush ko‘rayotgandek edik. Ha, ulug‘ adibimiz aytganidek, qancha-qancha umrlar tushda kechdi, uyquda zoye bo‘ldi.
— Iqbol Mirzo, [7]
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqbol Mirzo 1999-yilda „Shuhrat“ medali bilan, 2005-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri bilan, 2014-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan[8].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turmush o‘rtog‘i – Nargiza Mirzaaliyeva.
Farzandlari: Anvarjon Mirzaaliyev, Ulug‘bek Mirzaaliyev, Kumushoy Mirzaaliyeva va Boburmirzo Mirzaaliyev.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Iqbol Mirzo O‘zbekiston xalq shoiri“. 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Iqbol Mirzo O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari“. 2022-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Iqbol Mirzo O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi“. 2022-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Iqbol Mirzo O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati“ (2022-yil 3-oktyabr). 2022-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „Iqbol Mirzo“.
- ↑ „Senator Iqbol Mirzo: "Biz qora tush ko‘rayotgandek edik..."“ (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
- ↑ https://zamin.uz/uz/jamiyat/40624-senator-iqbol-mirzo-biz-qora-tush-korayotgandek-edik.html
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 2014-yil 23-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 1-mayda tugʻilganlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Bagʻdod tumanida tugʻilganlar
- Fargʻona viloyatida tugʻilganlar
- Oʻzbekiston xalq shoirlari
- Shuhrat medali sohiblari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari
- Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari