Kontent qismiga oʻtish

Iqlim oʻzgarishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oxirgi 50 yil ichida Yer usti havo haroratining oʻzgarishi[1]. Arktika harorati eng koʻp oshgan hudud sifatida tarixga kirdi va umumiy olib qaraganda, quruqlikdagi harorat dengiz sathidan koʻra koʻproq koʻtarildi.
Sanoat inqilobidan beri Yer yuzidagi oʻrtacha havo harorati deyarli 1,5°Cga oshdi. Bunga baʼzi tabiiy oʻzgarishlar ham hissa qoʻshgan boʻlsa-da, asosiy sabab insonning tabiatga taʼsirining oʻsishidir[2].

Iqlim oʻzgarishi (shuningdek, global isish) – butun dunyodagi oʻrtacha haroratning davomli oʻsishi va uning Yer iqlimiga oʻtkazadigan taʼsiri. Global haroratning hozirgi davrdagi koʻtarilishi inson faoliyati, xususan, sanoat inqilobidan beri qazib olinayotgan yoqilgʻining yoqilishi bilan bogʻliq[3][4][5][6][7]. Qazib olingan yoqilgʻidan foydalanish, oʻrmonlarni kesish va baʼzi qishloq xoʻjaligi va sanoat amaliyotlari iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi issiqxona gazlarini chiqaradi[8]. Karbonat angidrid, global isishda asosiy rol oʻynayotgan issiqxona gazi, millionlab yillar davomida kuzatilmagan darajada, taxminan, 50%ga oʻsdi[9].

Iqlim oʻzgarishi atrof-muhitga tobora katta taʼsir koʻrsatmoqda. Xususan, choʻllar kengaymoqda, issiq toʻlqinlar va oʻrmon yongʻinlari keng tarqalmoqda[10]. Arktikadagi havo haroratining koʻtarilishi |abadiy muzliklarning erishiga sabab boʻldi[11]. Yuqori haroratlar kuchli boʻronlar, qurgʻoqchilik va boshqa ob-havo sharoitlariga ham sabab boʻlmoqda[12]. Togʻlar, marjon riflari va Arktikadagi tez atrof-muhit oʻzgarishi koʻplab turlarni boshqa joyga koʻchishga yoki yoʻq boʻlib ketishga majbur qilmoqda[13]. Kelajakda iqlim oʻzgarishini minimallashtirishga qaratilgan harakatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa-da, baʼzi taʼsirlar, masalan, okeanning isishi, okeanning kislotalanishi va dengiz sathining koʻtarilishi asrlab davom etadi[14].

Iqlim oʻzgarishi odamlarga suv toshqini, haddan tashqari issiqlik, oziq-ovqat va suv tanqisligining kuchayishi, turli xil kasalliklar va iqtisodiy yoʻqotishlar bilan tahdid qilmoqda. Iqlim oʻzgarishiga inson migratsiyasi va mojarolar ham taʼsir oʻtkazmoqda[15]. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti iqlim oʻzgarishini 21-asrda global sogʻliq uchun eng katta tahdidlardan biri deb atadi[16]. Toshqinga qarshi choralar koʻrish, qurgʻoqchilikka chidamli ekinlar ekish kabi saʼy-harakatlar orqali iqlim oʻzgarishiga moslashish iqlim oʻzgarishi xavfini qisman kamaytiradi[17]. Kambagʻal hudud aholisi garchi iqlim oʻzgarishiga eng kam taʼsir oʻtkazayotgan boʻlsa-da, eng koʻp zarar koʻrmoqda[18][19].

Bobcat Fire in Monrovia, CA, September 10, 2020
Bleached colony of Acropora coral
A dry lakebed in California, which is experiencing its worst megadrought in 1,200 years.[20]
Iqlim oʻzgarishi oqibatlariga misollar: issiqlik va qurgʻoqchilik tufayli kuchaygan oʻrmon yongʻinlari, dengizdagi issiq toʻlqinlar tufayli marjonlarning oqarishi va suv taqchilligi natijasida yuzaga kelgan qurgʻoqchilik.

21-asrning birinchi oʻn yilliklarida iqlim oʻzgarishining koʻplab oqibatlari yuzaga keldi: 1850-yil bilan, muntazam kuzatuv boshlangan vaqt bilan solishtirganda, 2023-yilda issiqlikning rekord darajada koʻtarilishi (+1,48 °C) yuzaga keldi[21][22][23][24][25]. Bu kabi issiqlikning koʻtarilishi ayni damdagi holatni yanada battarlashishiga hissa qoʻshishi, hatto Grenlandiya muz qatlami(ingl.)ning erishi kabi katta oʻzgarishga sabab boʻlishi mumkin[26][27][28]. 2015-yilgi Parij kelishuvida davlatlar global isishni „2 °C dan past“ ushlab turishga kelishib olgan boʻlsa-da, vaziyat hozirgi holatdan oʻzgarmay davom etsa, asr oxirida global isish 2,8 °C ga yetadi[29]. Global isishni 1,5 °C gacha tushirish uchun davlatlar 2030-yilgacha chiqarayotgan gazlarini ikki baravar kamaytirishi va 2050-yilga kelib esa turli xil gazlarni chiqarishni butunlay toʻxtatishi kerak[30][31][32].

Energiyani tejash va uglerod ifloslanishini keltirib chiqarmaydigan energiya manbalariga oʻtish orqali qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanishni bosqichma-bosqich toʻxtatish mumkin. Bu kabi energiya manbalariga shamol, quyosh, suv va atom energiyasi kiradi[33]. Ushbu energiya manbalari transport, binolarni isitish va sanoat jarayonlarida qazilma yoqilgʻi oʻrnini bosishi mumkin[34]. Uglerod miqdorini atmosferada ham kamaytirish mumkin. Bu uchun oʻrmon maydonlarini kengaytirish va tuproqdagi uglerodni ushlash usullari bilan dehqonchilik qilish kerak[35].

Terminologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillarga qadar issiqxona gazlaridan chiqayotgan gazlarning issiqligi havo ifloslanishidagi atmosfera zarrachalarining sovitish taʼsiridan kuchli yoki kuchsizligi nomaʼlum edi. Olimlar iqlimning bexosdan oʻzgarishi atamasini oʻsha paytda insonning iqlimga taʼsirini ifodalash uchun ishlatishgan[36]. 1980-yillarda global isish va iqlim oʻzgarishi atamalari keng tarqalgan boʻlib, koʻpincha bir xil maʼnoni anglatish uchun bir birini oʻrniga ishlatila boshlandi[37][38][39]. Ilmiy nuqtai nazardan, global isish faqat yer sirti isishining kuchayishini anglatsa, iqlim oʻzgarishi global isishni va uning Yer iqlim tizimiga taʼsirini, masalan, yogʻingarchilikning oʻzgarishini tavsiflaydi[36].

1975-yildan buyon qoʻllanib kelinayotgan[40] global isish atamasi NASA iqlimshunosi James Hansen 1988-yilda AQSh Senatida bergan koʻrsatmasida foydalanganidan soʻng mashhurlasha boshladi[41]. 2000-yillardan boshlab, ushbu atamadan foydalanish keskin oshdi[42].

Global haroratning koʻtarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi global isishdan oldingi harorat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixdagi eng issiq davrlardan biri taxminan 125 000 yil muqaddam soʻnggi muzliklar mavjud davr boʻlib, u vaqtda harorat global isish boshlangan davrdagi haroratdan 0,5 °C – 1,5 °C gacha issiqroq edi[43]. Bu davrda dengiz sathi bugungi kunga nisbatan 5-10 metrga yuqori boʻlgan. 20 000 yil oldin eng soʻnggi muzlik hozirgidan 5-7 °C sovuqroq, dengiz sathi esa 125 metr pastroq edi[44].

Harorat 11700 yil avval boshlangan golotsen davrida barqarorlashdi[45]. Dehqonchilik boshlanishi ham ayni shu davrga toʻgʻri keladi[46].

Sanoat inqilobidan keyingi harorat koʻtarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Soʻnggi oʻn yilliklarda Yer yuzasidagi harorat koʻtarilishi bilan bogʻliq rekordlar haroat tushishi bilan bogʻliq rekordlarni sezilarli darajada ortda qoldirdi[47]
Soʻnggi oʻn yilliklarda okeanlarda harorat koʻtarilishi kuzatildi, chunki okeanlar global isish natijasida issiqlikning 90% dan ortigʻini oʻziga singdirdi[48].

1850-yillarga kelib termometr yordamida butun dunyodagi iqlim bilan bogʻliq oʻzgarishlardan boxabar boʻlish osonlashdi[49]. 18-asrdan 1970-yilgacha kam miqdordagi issiqxona gazlari va ularni sovitishga yetarli boʻlgan oltingugurt dioksidi sababli global isish surʼati sekin rivojlangan boʻlsa-da, 1970-yildan soʻng issiqxona gazlarining oltingugurt taʼsir qila olmas darajada ortib borishi haroratning sezilarli darajada oshishiga olib keldi[50][51][52].

1880-yildan 2023-yilgacha boʻlgan davrda Yer sirti harorati oʻzgarishi tasvirlangan animatsiya. Koʻk rang sovuqroq, qizil esa issiqroq haroratni bildiradi.

Iqlim oʻzgarish surʼatida hech qanday bogʻliqlik mavjud emas[53]. Shunday boʻlsa-da, baʼzi maʼlumot bazalarida Yer yuzasidagi harorat koʻtarilish tezligi har oʻn yilda 0,2 °C ekanligi haqida maʼlumot mavjud[54]. Yer yuzasi harorati 2014—2023-oʻn yillikda sanoatdan oldingi oʻn yillik (1850–1900) bilan solishtirganda oʻrtacha 1.19 °C ga koʻtarilgan[55]. Ammo bu har yili avvalgisidan issiqroq boʻladi degani emas[56]. Shuning uchun harorat oʻzgarishi 20 yillik oʻrtacha koʻrsatkich boʻyicha aniqlanadi[57][58].

Oʻtkazilgan boshqa kuzatishlar ham ushbu dalillarni tasdiqlaydi[59][60]. Yuqori atmosfera yer yuzasidan koʻra sovuqroq boʻladi, chunki issiqxona gazlari oʻzidan chiqadigan issiqlikni Yer yuzasi yaqinida ushlab turadi va kosmosga kamroq issiqlik tarqatadi[61]. Issiqlik oʻrtacha qor qoplamini kamayishiga ham hissa qoʻshadi va muzliklarni chekinishga majbur qiladi. Shuningdek, global isish okeanlarning koʻproq bugʻlanishiga sabab boʻladi, bu esa atmosfera namligining oshishiga, koʻproq va kuchli yogʻingarchilikka olib keladi[62][63]. Natijada oʻsimliklar bahorda erta gullaydi va minglab hayvon turlari salqin joylarga koʻchib oʻtadi[64].

Mintaqalar boʻyicha farqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harorat dunyoning turli mintaqalarida har xil surʼatda koʻtariladi. Issiqxona gazlari chiqadigan hududidan qatʼiy nazar butun sayyora boʻylab tarqaladi. Sanoat inqilobi davri boshlarida quruqlikdagi oʻrtacha Yer yuzasi harorati global oʻrtacha haroratidan deyarli ikki baravar tez oʻsdi[65]. Buning sababi okeanlar bugʻlanish orqali koʻproq issiqlik yoʻqotishi ortidan oʻziga koʻp issiqlik qabul qiladi[66]. Global iqlim tizimidagi issiqlik energiyasi kamida 1970-yildan buyon qisqa pauza bilan oʻsdi va ushbu issiqlikning 90% dan ortigʻi okeanlarda toʻplangan[67][68]. Qolgan 10%i esa atmosferani qizdirish, muzlarni eritish va qitʼalarni isitishga sarflandi[69].

Shimoliy yarimshar va shimoliy qutbda harorat janubiy qutb va janubiy yarimsharga qaraganda ancha tezroq koʻtarildi. Bunga asosiy sabablardan biri Shimoliy yarimsharda nafaqat quruqlik, balki mavsumiy qor qoplamlari va dengiz muzlari ham koʻproq ekanligidir. Shuningdek, qor va muz ustida toʻplanadigan qora uglerod ham Arktika hududida harorat koʻtarilishiga hissa qoʻshadi[70]. Arktikada yer yuzasi harorati dunyoning qolgan qismlariga qaraganda 3-4 baravar tezroq koʻtariladi[71][72][73].

Kelajakdagi global harorat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1850—1900-yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatan 2090-yildagi yer yuzasi harorati oʻzgarishining ikki xil prognozi[29][74][75].

Jahon meteorologiya tashkiloti 2024 va 2028-yillar oraligʻida 80% ehtimollik bilan hech boʻlmaganda bir yil davomida global harorat 1,5 °C dan oshishini taxmin qilmoqda. 5 yillik oʻrtacha haroratning 1,5 °C dan yuqori boʻlish ehtimoli esa 50%[76][77][78].

UNEP maʼlumotlariga koʻra, 2023-yildan keyingi karbonat angidrid miqdori 200 gigatonnadan oshmasa, global isish 1,5 ° C dan past boʻlishi mumkin, ammo holatning bunday davom etish ehtimoli 50%[79].

Soʻnggi global isish sabablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hozirgacha sodir boʻlgan global isish omillari. Karbonat angidrid kabi uzoq muddatli taʼsirga ega omillarning potentsiali koʻrsatilmagan. Har bir ustundagi chiziqlar xato ehtimolligi darajasini koʻrsatadi.

Iqlim tizimi yillab va hatto asrlab davom etishi mumkin boʻlgan turli xil sikllarni boshdan kechiradi. Misol uchun, El Niño hodisasi sirt haroratining qisqa muddatli koʻtarilishiga olib kelsa, La Niña hodisasi esa qisqa muddatli sovishga sabab boʻladi[80][81][82]. Ularning nisbiy chastotasi oʻn yillik davr ichida global harorat tendensiyalariga taʼsir qilishi mumkin[83]. Boshqa oʻzgarishlar energiyaning tashqi taʼsirlardan kelib chiqadigan nomutanosibligidan yuzaga keladi[84]. Bunga issiqxona gazlari konsentratsiyasining oʻzgarishi, quyosh nuri, vulqon otilishi va Yerning Quyosh orbitasidagi oʻzgarishlari misol boʻladi[85].

Issiqxona gazlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Soʻnggi 800 000 yildagi CO2 konsentratsiyasi muz yadrolari yordamida (koʻk/yashil) va toʻgʻridan-toʻgʻri (qora) oʻlchangan holatlari

Issiqxona gazlari quyosh nurlariga oʻtkazuvchi vazifasini oʻtab, ularning atmosferadan oʻtib Yer yuzasini isitishga imkon beradi. Issiqxona gazlari Yer yuzasidan issiqlik shaklida chiqqan energiyani oʻziga soʻrib oladi. Natijada issiqlikni Yer yuzasida ushlab turib, uning koinotga chiqish tezligini sekinlashtiradi. Yer yuzasidagi haroratni koʻtarilishiga hissa qoʻshadi[86].

  1. „GISS Surface Temperature Analysis (v4)“. NASA. Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
  2. IPCC AR6 WG1 Summary for Policymakers 2021, SPM-7
  3. Forster et al. 2024, s. 2626
  4. Lynas, Mark; Houlton, Benjamin Z.; Perry, Simon (19 October 2021). "Greater than 99% consensus on human caused climate change in the peer-reviewed scientific literature". Environmental Research Letters 16 (11): 114005. doi:10.1088/1748-9326/ac2966. ISSN 1748-9326. 
  5. „Global isish nima?“. https://www.ekoloji.com. ekoloji.com. Qaraldi: 2024-yil 15-dekabr.
  6. „Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan ko‘riladigan choralar va harakatlar“. https://hydromet.uz. OʻZGIDROMET. Qaraldi: 2024-yil 15-dekabr.
  7. „Oʻsmirlarda iqlim oʻzgarishi tashvishlarining kuchayishi, hayotdan qoniqishning pastligi, va atrof-muhitga moyillik bilan bogʻliq“. https://akme.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-dekabr.
  8. Our World in Data, 18 September 2020
  9. IPCC AR6 WG1 Technical Summary 2021, s. 67
  10. IPCC SROCC 2019, s. 16
  11. IPCC AR6 WG1 Ch11 2021, s. 1517
  12. EPA. „Climate Impacts on Ecosystems“ (2017-yil 19-yanvar). — „Mountain and arctic ecosystems and species are particularly sensitive to climate change... As ocean temperatures warm and the acidity of the ocean increases, bleaching and coral die-offs are likely to become more frequent.“. 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-fevral.
  13. IPCC SR15 Ch1 2018, s. 64
  14. WHO, Nov 2023
  15. Tietjen, Bethany „Loss and damage: Who is responsible when climate change harms the world's poorest countries?“. The Conversation (2022-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  16. „Climate Change 2022: Impacts, Adaptation and Vulnerability“. IPCC (2022-yil 27-fevral). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  17. Ivanova, Irina „California is rationing water amid its worst drought in 1,200 years“. CBS News (2022-yil 2-iyun).
  18. Poynting, Mark; Rivault, Erwan „2023 confirmed as world's hottest year on record“. BBC (2024-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
  19. „Human, economic, environmental toll of climate change on the rise: WMO“ (en). United Nations (2023-yil 21-aprel). Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  20. „2023-yil kuzatuv davri boshlanganidan beri tarixdagi eng issiq yil deb topildi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-dekabr.
  21. „BMT: 2023-yil tarixdagi eng issiq yil bo'ldi“. https://yuz.uz. Yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-dekabr.
  22. „2023 – rasman tarixdagi eng issiq yil bo'ldi“. https://yuz.uz. Yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-dekabr.
  23. IPCC AR6 WG1 Technical Summary 2021, s. 71
  24. „Grenlandiya muzliklari tezlikda erimoqda“. https://www.amerikaovozi.com. Amerika Ovozi. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  25. „Grenlandiyada iliq shamollar tufayli muzlarning erishi tezlashmoqda“. https://yuz.uz. Yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  26. 29,0 29,1 United Nations Environment Programme 2024, s. XVIII
  27. IPCC SR15 Ch2 2018, ss. 95–96
  28. IPCC SR15 2018, s. 17, SPM C.3
  29. „Iqlim o‘zgarishi: faktlar, asoslar va dalillar“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  30. IPCC AR6 WG3 Technical Summary 2022, s. 84
  31. 36,0 36,1 NASA, 5 December 2008.
  32. NASA, 7 July 2020
  33. Shaftel 2016
  34. Associated Press, 22 September 2015
  35. Broecker, Wallace S. (8 August 1975). "Climatic Change: Are We on the Brink of a Pronounced Global Warming?". Science 189 (4201): 460–463. doi:10.1126/science.189.4201.460. PMID 17781884. https://www.jstor.org/stable/1740491. 
  36. Weart "The Public and Climate Change: The Summer of 1988", „News reporters gave only a little attention …“.
  37. Joo et al. 2015.
  38. IPCC AR6 WG1 Ch2 2021, ss. 294, 296.
  39. IPCC AR6 WG1 Ch2 2021, s. 366.
  40. Marcott, S. A.; Shakun, J. D.; Clark, P. U.; Mix, A. C. (2013). "A reconstruction of regional and global temperature for the past 11,300 years". Science 339 (6124): 1198–1201. doi:10.1126/science.1228026. PMID 23471405. 
  41. IPCC AR6 WG1 Ch2 2021, s. 296.
  42. „Mean Monthly Temperature Records Across the Globe / Timeseries of Global Land and Ocean Areas at Record Levels for September from 1951-2023“. NCEI.NOAA.gov. National Centers for Environmental Information (NCEI) of the National Oceanic and Atmospheric Administration (NOAA) (2023-yil sentyabr). 2023-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  43. Top 700 meters: Lindsey, Rebecca; Dahlman, Luann „Climate Change: Ocean Heat Content“. climate.gov. National Oceanic and Atmospheric Administration (NOAA) (2023-yil 6-sentyabr). 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.Top 2000 meters: „Ocean Warming / Latest Measurement: December 2022 / 345 (± 2) zettajoules since 1955“. NASA.gov. National Aeronautics and Space Administration. 2023-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  44. IPCC AR5 WG1 Summary for Policymakers 2013, ss. 4–5
  45. Mooney, Chris; Osaka, Shannon. „Is climate change speeding up? Here's what the science says.“ (2023-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-yanvar.
  46. „Global 'Sunscreen' Has Likely Thinned, Report NASA Scientists“. NASA (2007-yil 15-mart).
  47. Quaas, Johannes; Jia, Hailing; Smith, Chris; Albright, Anna Lea; Aas, Wenche; Bellouin, Nicolas; Boucher, Olivier; Doutriaux-Boucher, Marie et al. (21 September 2022). "Robust evidence for reversal of the trend in aerosol effective climate forcing" (en). Atmospheric Chemistry and Physics 22 (18): 12221–12239. doi:10.5194/acp-22-12221-2022. https://acp.copernicus.org/articles/22/12221/2022/. 
  48. IPCC AR6 WG1 Technical Summary 2021, s. 43
  49. Forster et al. 2024, s. 2626
  50. Samset, B. H.; Fuglestvedt, J. S.; Lund, M. T. (7 July 2020). "Delayed emergence of a global temperature response after emission mitigation". Nature Communications 11 (1): 3261. doi:10.1038/s41467-020-17001-1. PMID 32636367. PMC 7341748. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7341748. "At the time of writing, that translated into 2035–2045, where the delay was mostly due to the impacts of the around 0.2 °C of natural, interannual variability of global mean surface air temperature" 
  51. Seip, Knut L.; Grøn, ø.; Wang, H. (31 August 2023). "Global lead-lag changes between climate variability series coincide with major phase shifts in the Pacific decadal oscillation" (en). Theoretical and Applied Climatology 154 (3–4): 1137–1149. doi:10.1007/s00704-023-04617-8. ISSN 0177-798X. 
  52. IPCC, 2021: Summary for Policymakers. In: Climate Change 2021: The Physical Science Basis. Contribution of Working Group I to the Sixth Assessment Report of the Intergovernmental Panel on Climate Change [Masson-Delmotte, V., P. Zhai, A. Pirani, S. L. Connors, C. Péan, S. Berger, N. Caud, Y. Chen, L. Goldfarb, M. I. Gomis, M. Huang, K. Leitzell, E. Lonnoy, J. B. R. Matthews, T. K. Maycock, T. Waterfield, O. Yelekçi, R. Yu, and B. Zhou (eds.)]. Cambridge University Press, Cambridge, United Kingdom and New York, New York, US, pp. 3−32, doi:10.1017/9781009157896.001.
  53. McGrath, Matt „Global warming set to break key 1.5C limit for first time“. BBC News (2023-yil 17-may). — „The researchers stress that temperatures would have to stay at or above 1.5C for 20 years to be able to say the Paris agreement threshold had been passed.“. Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  54. Kennedy et al. 2010, s. S26. Figure 2.5.
  55. Loeb et al. 2021.
  56. „Global Warming“. NASA JPL (2010-yil 3-iyun). — „Satellite measurements show warming in the troposphere but cooling in the stratosphere. This vertical pattern is consistent with global warming due to increasing greenhouse gases but inconsistent with warming from natural causes.“. Qaraldi: 2020-yil 11-sentyabr.
  57. Kennedy et al. 2010, ss. S26, S59–S60
  58. USGCRP Chapter 1 2017, s. 35
  59. IPCC AR6 WG2 2022, ss. 257–260
  60. IPCC SRCCL Summary for Policymakers 2019, s. 7
  61. Sutton, Dong & Gregory 2007.
  62. „Climate Change: Ocean Heat Content“. NOAA (2018). 2019-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-fevral.
  63. IPCC AR5 WG1 Ch3 2013, s. 257
  64. von Schuckman, K.; Cheng, L.; Palmer, M. D.; Hansen, J. et al. (7 September 2020). "Heat stored in the Earth system: where does the energy go?". Earth System Science Data 12 (3): 2013–2041. doi:10.5194/essd-12-2013-2020. https://essd.copernicus.org/articles/12/2013/2020/. 
  65. United States Environmental Protection Agency 2016, s. 5
  66. „Arctic warming three times faster than the planet, report warns“ (en). Phys.org (2021-yil 20-may). Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  67. Rantanen, Mika; Karpechko, Alexey Yu; Lipponen, Antti; Nordling, Kalle; Hyvärinen, Otto; Ruosteenoja, Kimmo; Vihma, Timo; Laaksonen, Ari (11 August 2022). "The Arctic has warmed nearly four times faster than the globe since 1979" (en). Communications Earth & Environment 3 (1): 168. doi:10.1038/s43247-022-00498-3. ISSN 2662-4435. 
  68. „The Arctic is warming four times faster than the rest of the world“ (en) (2021-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  69. Schuur, Edward A. G.; Abbott, Benjamin W.; Commane, Roisin; Ernakovich, Jessica; Euskirchen, Eugenie; Hugelius, Gustaf; Grosse, Guido; Jones, Miriam et al. (2022). "Permafrost and Climate Change: Carbon Cycle Feedbacks From the Warming Arctic". Annual Review of Environment and Resources 47: 343–371. doi:10.1146/annurev-environ-012220-011847. ""Medium-range estimates of Arctic carbon emissions could result from moderate climate emission mitigation policies that keep global warming below 3 °C (e.g., RCP4.5). This global warming level most closely matches country emissions reduction pledges made for the Paris Climate Agreement..."" 
  70. {{Cite web |last=Phiddian |first=Ellen |date=5 April 2022 |title=Explainer: IPCC Scenarios |url=https://cosmosmagazine.com/earth/climate/explainer-ipcc-scenarios/ |website=Cosmos |access-date=30 September 2023 |quote="The IPCC doesn't make projections about which of these scenarios is more likely, but other researchers and modellers can. The Australian Academy of Science, for instance, released a report last year stating that our current emissions trajectory had us headed for a 3 °C warmer world, roughly in line with the middle scenario. Climate Action Tracker predicts 2.5 to 2.9<ref>„2030 yil global isish 1,5°C dan oshadi“. https://kknews.uz. Qoraqalpogʻiston axborot agentligi. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  71. WMO 2024b, s. 2.
  72. „Olimlar yaqin besh yilda havo haroratining rekord darajada o‘sishidan ogohlantirishmoqda“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  73. „2024 yilda o‘rtacha global harorat 1,5 darajaga oshadi. Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvida bunga yo‘l qo‘ymaslik belgilangan“. https://m.kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  74. United Nations Environment Programme 2024, ss. XI, XVII.
  75. Brown, Patrick T.; Li, Wenhong; Xie, Shang-Ping (27 January 2015). "Regions of significant influence on unforced global mean surface air temperature variability in climate models: Origin of global temperature variability". Journal of Geophysical Research: Atmospheres 120 (2): 480–494. doi:10.1002/2014JD022576. 
  76. „El Nino ma'nosi, sabablari va oqibatlari“. ahaslides.com (2024-yil 18-dekabr).
  77. „La Nina nima? La Nina sabablari va oqibatlari“. ahaslides.com (2024-yil 18-dekabr).
  78. Trenberth, Kevin E.; Fasullo, John T. (December 2013). "An apparent hiatus in global warming?". Earth's Future 1 (1): 19–32. doi:10.1002/2013EF000165. 
  79. National Research Council 2012, s. 9
  80. IPCC AR5 WG1 Ch10 2013, s. 916.
  81. NASA. „The Causes of Climate Change“. Climate Change: Vital Signs of the Planet. 2019-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-may.