Irina Antonova
Irina Antonova | |
---|---|
Tavalludi |
20-mart 1922-yil |
Vafoti |
30-noyabr 2020-yil (98 yoshda) Moskva, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Kasbi | sanʼatshunos |
Irina Aleksandrovna Antonova (ruscha: Ирина Александровна Антонова; 1922-yil 20-mart – 2020-yil 30-noyabr) sovet va rus sanʼatshunosi boʻlib, 1961-yildan 2013-yilgacha 52 yil davomida Moskvadagi Pushkin muzeyi direktori boʻlib ishlagan, faoliyati tufayli dunyodagi yirik sanʼat muzeyining eng keksa va eng uzoq vaqt ishlagan direktoriga aylangan[1]. Koʻplab mukofotlari va ordenlar, xususan Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti va Ordre des Arts et des Lettres kabi mukofotlar sohibi. Pushkin muzeyi faxriy prezidenti boʻlgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Irina Antonova Moskvada kema elektromontyori, keyin eksperimental shishasozlik instituti direktori Aleksandr Aleksandrovich Antonov va Ida Mixaylovna Heifitz (100 yoshu 5 oyligida vafot etgan) oilasida tugʻilgan[3].
1929-yildan 1933-yilgacha ota-onasi bilan Germaniyada yashagan. 1940-yildan Falsafa, adabiyot va tarix institutining sanʼat tarixi fakulteti talabasi. 1941-yilda, IFLI Moskva davlat universiteti bilan birlashtirilgandan soʻng, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining filologiya fakulteti talabasi boʻlgan[4].
Moskva universitetida Boris Vipper qoʻl ostida tahsil olib, oʻqishni 1945-yilda tugatgan[5]. Oʻsha yili Pushkin muzeyi xodimlari safiga qoʻshilgan. 1961-yil fevral oyida Nikita Xrushchev uni muzeyga rahbar etib tayinlagan[6]. Bu lavozimda Antonova Moskva-Parij, Moskva-Berlin, Rossiya-Italiya, Modigliani, Tyorner, Pikasso va boshqa koʻplab yirik xalqaro koʻrgazmalarni oʻtkazgan va uyushtirgan[7][8]. 100 dan ortiq nashrlar (kataloglar, maqolalar, albomlar, telekoʻrsatuvlar, ilmiy-ommabop filmlar ssenariylari) muallifi. Bir necha yillar davomida Moskva davlat universitetining sanʼat tarixi fakultetida, Kinematografiya institutida, A. S. Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyi auditoriyasida va Parijdagi Sharq tillari institutida dars bergan[9].
Antonova Ikkinchi jahon urushidan keyin Sovet Ittifoqi tomonidan Germaniyadan olib kelingan badiiy toʻplamlar holatiga mas’ul boʻlgan. Avval bunday toʻplamlar mavjudligini rad etgan va ular borligi maʼlum boʻlgach, kolleksiyalar Sovet Ittifoqiga qonuniy yoʻl bilan olib kelingani va ularni qaytarish zarur emasligi haqida ommaviy ravishda gapira boshlagan[10]. Antonova Drezden galereyasining butun kolleksiyasi 1945-yilda Germaniyadan muzeyga kelganiga va oʻn yildan keyin olib tashlanganiga guvoh boʻlgan. Kolleksiyaning Germaniyaga qaytarilishiga qarshi chiqqan va bu nemis bosqinchilari tomonidan Rossiyaning madaniy merosiga yetkazilgan zarar uchun adolatli kompensatsiya ekanligini daʼvo qilgan. Muzeyda hozirgacha Berlin jangidan keyin Qizil Armiya tomonidan o'lpon sifatida olingan Priam xazinasi saqlanadi[11].
Antonovaning qiziqishlari impressionist va zamonaviy sanʼat kabi sohalar boʻlgan. 1948-yilda Pushkin muzeyi Sergey Shukin va Ivan Morozovning milliylashtirilgan kolleksiyalaridan ushbu asarlarning katta fondlarini olgan[12]. Antonova uzoq vaqtdan beri 1948-yilda Stalin tomonidan yoʻq qilingan Shukin va Morozov kolleksiyalaridan yaratilgan Yangi Gʻarbiy sanʼat davlat muzeyini qayta tashkil qilishni qoʻllab-quvvatlagan[2]. Muzey kolleksiyalari Pushkin va Ermitaj muzeylariga tarqatilgan. Ermitaj oʻz toʻplamini taklif qilingan muzeyga qoʻyishni istamagan hamda Antonova va Ermitaj direktori Mixail Piotrovskiy bu masala boʻyicha kelisholmagan[2].
Antonova, shuningdek, 1981-yildan beri muzeyda oʻtkazib kelinayotgan Svyatoslav Rixterning Dekabr kechalari xalqaro musiqa festivalini tashkil etishda muhim rol oʻynagan[13][14].
Rossiya hukumati onlayn „virtual muzey“ yaratishni taklif qilgan, Antonova esa bu taklifni rad etgan[2]. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Piotrovskiyning noroziligidan keyin „bunday muzey yaratish imkoniyati sezilarli darajada pasayganini“ bildirgan[2]. Mojarodan koʻp oʻtmay, 2013-yil 10-iyulda Antonova ishdan boʻshatilgan va uning oʻrniga Marina Loshak tayinlangan[15]. Antonova oʻzi merosxoʻrni tanlaganini tushuntirgan, keyinchalik u haqiqatan ham merosxoʻri sifatida olimlarni taklif qilganini aytgan, ammo u tomonidan taklif etilgan barcha nomzodlari vazirlik tomonidan rad etilgan[16]. Vazirlik tomonidan taklif qilingan nomzodlar ichida Loshak unga eng maqbul nomzod sifatida gavdalangan[17].
Antonova 2020-yil 30-noyabrda COVID-19 va uning asoratlaridan vafot etgan[4][18][19].
Siyosiy qarashlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik palatasi aʼzosi (2011—2020), [20] 2012-yilda u prezidentlikka nomzod Vladimir Putinning ishonchli vakillari roʻyxatiga kirgan[21]. 2014-yilda Rossiya Federatsiyasi madaniyat xodimlarining Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukraina va Qrimdagi siyosatini qoʻllab-quvvatlash uchun jamoaviy murojaatiga imzo chekkan[22].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda vafot etgan rus sanʼatshunosi Evsey Rotenberg bilan turmush qurgan[23]. Ularning Boris Rotenberg ismli oʻgʻli bor edi (1954-yilda tugʻilgan)[24].
Nemis, fransuz va italyan tillarini yaxshi bilgan[25] Antonova 2020-yil 30-noyabrda 98 yoshida vafot etgan[26][27].
Yutuq va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni[28][29][30][31]:
- 1-darajali (2007-yil 6-dekabr), muzeylarni rivojlantirish, milliy va jahon merosini saqlash va targʻib qilishdagi ulkan hissasi uchun.
- 2-darajali (2002-yil 20-mart), milliy madaniyat rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun
- 3-darajali (1997-yil 17-mart), davlatga xizmatlari va Rossiya milliy madaniy merosini saqlashga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi uchun.
- 4-darajali (2012-yil 12-fevral)
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni[32]
- Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist[32]
- Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti (1995)
- Sanʼat va adabiyot ordeni qoʻmondoni (Fransiya)[32]
- Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun orden kavaleri (2000-yil 7-dekabr)[32]
- „Vatan xazinasi“ jamoat mukofoti[33]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „On This Day in 1922 Irina Antonova Was Born“ (en). The Moscow Times (2020-yil 20-mart). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Miriam Elder. „Doyenne of Russia's art world ousted from Pushkin Museum at 91“. The Guardian (2013-yil 2-iyul).Miriam Elder (2 July 2013). „Doyenne of Russiaʼs art world ousted from Pushkin Museum at 91“. The Guardian. London.
- ↑ „Ирина Антонова: Сегодня моя семья – сын“ (ru). sobesednik.ru. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Причиной смерти Ирины Антоновой стал коронавирус“ (ru). kommersant.ru (2020-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Irina Antonova, Head of the Pushkin Fine Arts Museum, Turns 90“. russkiymir.ru. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ Elder, Miriam. „Doyenne of Russia's art world ousted from Pushkin Museum at 91“ (en-GB). The Guardian (2013-yil 1-iyul). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Exhibitions“. pushkinmuseum.art. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „От Джоконды до Пикассо: 5 знаменитых выставок Ирины Антоновой“ (ru). РИА Новости (2012-yil 20-mart). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Умерла президент Пушкинского музея Ирина Антонова“ (ru). РБК (2020-yil dekabr). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Директор ГМИИ им. Пушкина Ирина Антонова: "Реституция невозможна, и я объясню вам почему"“. news.ru (2005-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
- ↑ Welle (dw.com). „Irina Antonova: Looted art is 'the price paid for remembering' 8 March 2016“ (en-GB). dw.com. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Эрмитаж и ГМИИ им. Пушкина обменяются выставками“. smotrim.ru. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „ГМИИ им. Пушкина представил программу "Декабрьских вечеров Святослава Рихтера"“. smotrim.ru. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „December Nights of Sviatoslav Richter. Images and Reflections“. pushkinmuseum.art. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ Elder, Miriam. „Doyenne of Russia's art world ousted from Pushkin Museum at 91“. The Guardian (2013-yil 1-iyul). Qaraldi: 2013-yil 9-iyul.
- ↑ „Кандидатуру преемницы Ирина Антонова выбирала лично“ (ru). vesti.ru. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ Тимофеев. „Ирина Антонова: "Я мечтала выбрать в преемники кого-то из ученых"“ (ru). Известия (2013-yil 5-iyul). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Умерла президент Пушкинского музея Ирина Антонова“ (ru). www.kommersant.ru (2020-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Irina Antonova, Head of Pushkin Museum for 52 Years, Dead at age 98“ (en). The Moscow Times (2020-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „ОПРФ - Список членов Палаты (2012 год)“. oprf.ru. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Антонова Ирина Александровна | Doverennie litsa Vladimira Putina“ (2017-yil 10-avgust). 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Официальный сайт Министерства культуры Российской Федерации“. archive.is (2014-yil 11-mart). 2014-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Прекрасный директор: Ирина Антонова о жизни в искусстве“ (ru). Vogue Russia (2012-yil 17-avgust). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Ирина Антонова: Зависть очень мощная антисила, но любовь сильней“ (ru). Российская газета (2017-yil 27-aprel). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ Ушла из жизни легендарный директор Пушкинского музея Ирина Антонова. Новости. Первый канал (ruscha), qaraldi: 1 December 2020
- ↑ „Умерла бывший директор Пушкинского музея Ирина Антонова“ (Russian). BBC (2020-yil 1-dekabr).
- ↑ Nedoskazannaya avtobiografiya „jeleznoy ledi“ Irini Antonovoy (in Russian)
- ↑ „Указ президента РФ“ (2015-yil 3-aprel). 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „О награждении орденом Ирины Антоновой“ (2015-yil 3-aprel). 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Президент РФ от 17 марта 1997 года“ (2015-yil 3-aprel). 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Официальное опубликование правовых актов в электронном виде“ (2015-yil 2-aprel). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ 32,0 32,1 32,2 32,3 „Умерла легенда Пушкинского музея Ирина Антонова“ (ru). РИА Новости (2020-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
- ↑ „Премия "Сокровищница Родины" — вручена“ (ru-RU). Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.