Ismoil Eshon bobo maqbarasi
Ismoil Eshon bobo maqbarasi | |
---|---|
Ismoil Eshonbobo maqbarasi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Arxitektura yodgorligi |
Turi | Maqbara |
Manzili | „Yangibozor“ QFY |
Shahar | Hazorasp |
Mamlakat | O‘zbekiston |
Koordinatalar | 41°16′17″N 61°11′07″E / 41.27126229942045°N 61.18516531572429°E |
Qurilishi boshlangan | XVI asr |
Qurilishi tugagan | XIX asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Ismoil Eshon bobo maqbarasi (yoki Ismoil Eshonbobo maqbarasi) — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi arxitektura yodgorligi. Maqbara XVI hamda XIX asrlarga oid boʻlib, bugungi kunda „Yangibozor“ qishloq fuqarolar yigʻini, Aloqali Koʻl mahallasida joylashgan.
Ismoil Eshon bobo maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].
Maqbaraning qurilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbara Ismoil eshonbobo majmuasining bir qismidir. Ismoil eshonning qabri Hazorasp tumanida joylashgan. Ismoil Eshon asli Turkmaniston hududida mashhur boʻlgan Nurotaning avlodi boʻlib, Xorazmda tugʻilgan va yoshlik chogʻida Buxoro madrasalarining birida taʼlim olgan. Keyinchalik Xorazmga qaytib kelgan va qorixona ochib, oʻz atrofiga soʻfilarni toʻplagan.
Ismoil Eshon mahalliy aholining yordami bilan masjid bunyod ettirgan. Masjid shimolga qaratib qurilgan 3 gumbazli ayvondan iborat boʻlib, roʻparasida joylashgan Ismoil Eshon maqbarasi bir xonali, peshtogʻi esa gumbazlidir[3].
Ismoil Eshon bobo majmuasiga kiruvchi masjid va maqbaraning umumiy tarhi 28x17 m ni tashkil qiladi, atrofi devor bilan oʻralgan, hovlili[4].
Eshonning vafotidan keyin bu joylar muqaddas ziyoratgohga aylantirilgan. Eshonga eʼtiqod bogʻlagan kishilar har yili uning qabri atroflarini obod qilib turishgan, tugʻ-aʼlamlar tikilib, atrofiga boshqa eʼtiborli shaxslar dafn etilgan. Sovetlar davrida maqbara qarovsiz holatga kelib qolgan. 1992-yili qayta taʼmirlanib, atrofi obodonlashtirilgan[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Исмоил Эшонбобо Мажмуаси ҳақида — У ким, бу нима“ (uz-UZ). QOMUS.INFO. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ uzheritage.uz „Ismoil Eshon bobo maqbarasi“ (en). uzheritage.uz (2021-yil 3-aprel). Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.