Ismoil ibn Ubaydulloh ibn Abu al-Muhojir
Ismoil ibn Ubaydulloh ibn Abu al-Muhojir إسماعيل بن عبيد الله بن أبي المهاجر | |
---|---|
Ifriqiya hokimi | |
Mansab davri 718 – 720 | |
Hukmdor | Umar ibn Abdulaziz |
Oʻtmishdoshi | Muhammad ibn Yazid |
Vorisi | Yazid ibn Abu Muslim |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 683 |
Vafoti | 754 |
Faoliyati | Umaviylar xalifaligi |
Ismoil ibn Ubaydulloh ibn Abu al-Muhojir[1] (arabcha: إسماعيل بن عبيد الله بن أبي المهاجر) 718—720-yillarda Umaviylar xalifaligining Ifriqiyadagi (Shimoliy Afrika) hokimi boʻlgan. Ismoil ibn Ubaydulloh ibn Abu al-Muhojir (yoki al-Muhojjar) Quraysh qabilasi mavlosi boʻlgan[iqtibos kerak].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]718-yilda Ismoil ibn Ubaydulloh xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan Qayravon boshqaruvini yaxshilash va arab boʻlmagan musulmonlarni xalifalikka qoʻshish siyosatini amalga oshirish uchun oʻzidan oldingi Ifriqiya hokimi Muhammad ibn Yazidning oʻrniga tayinlangan. Ismoil xalifa tomonidan tayinlangan qobiliyatli hokimlardan biri boʻlib, oʻzi bosib olgan yerlarda yashovchi aholini kamsitish oʻrniga ularni musulmon hamjamiyatatiga qoʻshilishiga harakat qilgan. Hokimlik davrida islom dini qoidalariga amal qilgan va berberlarga solinadigan ortiqcha soliqlarni bekor qilgan. Ismoil ibn Ubaydulloh berberlarning toʻliq islomga oʻtishida ham muhim rol oʻynagan[2].
Qizigʻi shundaki, Ismoil Umaviylarning Ifriqiyadagi Iberiya (al-Andalus) ustidan nazorat qilish vakolatiga ega boʻlmagan birinchi va yagona hokimi boʻlgan. Xalifa Umar II al-Andalusga al-Samh ibn Malik al-Xavloniyni hokim etib tayinlagan, shahar Qayravon orqali emas, balki toʻgʻridan-toʻgʻri Damashqqa boʻysungan[iqtibos kerak].
Ismoil Ifriqiyada qisqa, biroq samarali xizmat qilgan. 720-yilda Umar II ning vorisi xalifa Yazid II tomonidan lavozimidan ozod qilingan va uning oʻrniga Yazid bin Abu Muslim Qayravon hokimi etib tayinlangan[iqtibos kerak].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ as reported in Ibn Khaldun, Histoire des Berbères et des dynasties musulmanes de l’Afrique, 1852 trans., Algiers, Vol. 1 p.356. Ibn Abd al-Hakam reports his name as Ismail ibn Ubayd Allah
- ↑ Ibn Khaldun, ibid.
Oʻtmishdoshi: Muhammad ibn Yazid |
Ifriqiya hokimi 718–720 |
Vorisi: Yazid ibn Abu Muslim |