Ispaniya Gvineyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ispaniya Gvineyasi
ispancha: Guinea Española
Madhiya: Marcha Real (1844–1873, 1874–1931, 1942–1968)
Location of Ispaniya Gvineyasi
Maqom Andoza:Davlat bilgiqutisi/status text
Poytaxt Santa-Isabel
Din
Katolik cherkovi
Hukumat Ispaniya mustamlaka hukumati
Monarx va Davlat boshligʻi  
• 1858–1868 (birinchi)
Isabella II
• 1936–1968 (oxirgi)
Francisko Franko
General-Gubernator  
• 1858–1859 (birinchi)
Karlos Chakon i Mishelina
• 1966–1968 (oxirgi)
Viktor Suanses Dias del Rio
Tarixiy era Yangi Imperializm
Birinchi jahon urushi
Ikkinchi jahon urushi
Sovuq urush
• Tashkil topishi
1858-yil 11-mart
• Ispaniyaliklar Fernando Poni egallab oldilar.
Rio de la Plata vitse-qirolligining bir qismi sifatida boshqarilshi.
1778-yil
• Ispanlar Fernando Podan evakuatsiya qilinishi
1780-yil
• Fernando Po ustidan Ispaniya suvereniteti qayta tiklanishi
1844-yil
• Rio Muni ustidan protektorat oʻrnatilishi
1885-yil
• Parij shartnomasi boʻyicha aniq hududiy chegaralanishi
1900-yil
• Turli koloniyalarning maʼmuriy birlashuvi
1926-yil
• Mustaqillik
1968-yil 12-oktyabr
Pul birligi Ispaniya pesetasi
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Fernando Po gubernatorligi
Fang xalqlari
Elobey, Annobon va Korisko
Ekvatorial Gvineya

Ispaniya Gvineyasi (ispancha: Guinea Española) — Afrika qit’asining g‘arbiy sohilida joylashgan mustamlakadir. Tarkibiga Fernando-Po orollari va boshqa orollar ham kiradi. U Kamerun va Gabon bilan chegaradosh. Maydoni 28 ming kvadrat kilometr, aholisi taxminan 209 ming kishi. Aholi asosan bantu va xausa xalqlaridan tashkil topgan. Mamlakatda 4 mingga yaqin yevropaliklar ham yashaydi. Markazi yirik port Santa-Isabel shahri (aholisi 9 ming kishi).

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rio-Munining katta qismini tropik o‘rmonlar egallaydi. Mamlakatning iqlimi og‘ir. Uyqi kasalini qo‘zg‘atadigan setse pashshasi kishiga kun bermaydi. Fernando-Po orolining tabiiy sharoiti ancha yaxshi. Iqlimi yumshoq, yerlari serunum. Orolda qazilma boyliklar ham topilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XV asr oxirlarida mamlakatga portugaliyaliklar suqilib kirdilar. 1778-yilgi Ispaniya-Portugaliya bitimiga muvofiq Fernando-Po oroli Ispaniyaga o‘tdi. 1843-yilda ispanlar Rio-Munini ham bosib oldilar va aholi azob-uqubatda yashay boshlaydilar. Ispan bosqinchilari afrikaliklarni plantatsiyalarda, kon va korxonalarda quldek ishlatdilar. Ishchi va dehqonning ishlab topgani uning oilasi u yoqda tursin, o‘z qornini to‘ydirishga ham yetmas edi. Afrikaliklar doimo qashshoq, savodsiz edi. Mamlakat va xalq taqdiri Ispaniya general-gubernatori qo‘lida edi. Vatanparvarlar qattiq quvg‘in ostida yashadilar. Ularni surishtirmay otdilar, qamoqqa tashladilar. Lekin, bunday choralarga qaramasdan afrikaliklar ozodlik kurashini kuchaytirdilar.

Ikkinchi jahon urushidan so‘nggi yillarda avj olgan xalq harakati mustamlakachilarni vahimaga solib qo‘ydi. Ular turli yo‘llar bilan xalqni avrashga urindilar. Ammo, kurash qizib bordi. Gvineyaliklar ispan mustamlakachilarini jilovlaydigan va o‘z mustaqilliklariga erishadigan kun uzoq emas edi.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniya Gvineyasi g‘oyat qoloq mamlakat. Qishloq xo‘jaligida kofe, kakao va moy beradigan palma yetishtiriladi. Ispanlar har yili mamlakatdan qariyb 20 mingtonna kakao, 5 ming tonna palma yog‘i, 6 ming tonna kofe olib ketdilar. Shuningdek, yurt boyligi o‘rmonlarni kesib yo‘q qilmoqdlar[1].

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 270- bet.