Kontent qismiga oʻtish

Issiqkoʻl (viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Issiq-Koʻl viloyatidan yoʻnaltirildi)
Issiq-Koʻl viloyati
Ысык-Көл областы
Issiq-Koʻl viloyati Qirgʻiziston xaritasida
Markazi Qorakoʻl
Maydoni 43 100 km²
Aholisi

- Barchasi
- Zichligi


444 500 (2011)
10,31/km²

Davlat tili Qirgʻiz tili, rus tili
Gubernator Mirbek Asanakunov
ISO 3166-2 KG-Y
Soat mintaqai UTC +6
Avtomobil kodi I

Issiqkoʻl viloyati - Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1970-yil 11-dekabrda tashkil etilgan. Respublikaning sharqiy qismida. Shimolida Qozogʻiston, janubi sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 43,5 km². Aholisi 427 ming kishi (1990) yillar oʻrtalari, asosan, qirgʻizlar, shuningdek, oʻzbek, qozoq, rus, ukrain, tatar, uygʻur va boshqa ham yashaydi. Maʼmuriy markazi — Qoraqoʻl shahri.

Issiqkoʻl viloyati Tyaniian toglarida joylashgan. Viloyat shimolidagi Issiqkoʻl soyligida Issiqkoʻl koʻli bor. Issiqkoʻl soyligi shimolida Kungay Olatov (balandligi 4770 m gacha), janubda Terskay Olatov (balandligi 5216 m gacha) tizmalari bilan chegaralanadi. Terskay Olatovning jan. yon bagʻirlari pasayib borib balandligi 2500–3850 m li sirtlarga qoʻshilib ketadi. Sirtlarni jan.sharqda Qaqshaltov tizmasi (Gʻa-laba choʻqqisi, 7439 m) oʻrab turadi. Gʻalaba choʻqqisidan shim. da Xontangri choʻqqisi (6995 m) bor. Issiqkoʻl soyligining iqlimi moʻʼtadil kontinen-tal. Yozi iliq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 16,9° (Koraqoʻl), 17,5° (Tamgʻa). Qishi yumshoq, yanvar ning oʻrtacha temperaturasi —2° (Tamgʻa), —5, 7° (Qoraqoʻl). Yiliga gʻarbda 100–200 mm, sharqda 400–500 mm yogʻin yogʻadi. Soylikning sharqiy shemila 2—3 oygacha qor erimay turadi. Sirtlarda iyulning oʻrtacha temperaturasi 11 — 12°, yanvar niki —15° dan —16°gacha; yiliga 300 mm yogʻin yogʻadi. Togʻlarda 4500 m dan balandda temperatura yil boʻyi 0° dan past boʻladi. Sovuqsiz kunlar sharqda 141, gʻarbda 158, shim. da 169, jan. da 182 kun. Viloyat hududida Inilchiq, Qaindi kabi muzliklar bor. Yirik daryolari: Tup, Jirgʻalan, Chu, Sarijaz va uning irmoklari. Issiqkoʻl soyligining gʻarbida choʻl va chala choʻl, sharqida 2100 m balandlikkacha dasht, 2100 m dan 3200 m balandlikkacha oʻtloqidasht va oʻrmonlar, 3200–3300 m balandlikdan alp oʻtloqlari, 3500– 3600 m dan balandda qor va muzliklar, yalang qoyalar bor. Sutemizuvchilardan silovsin, qoʻngʻir ayiq, boʻrsiq, suvsar, bars, yelik, togʻ takasi, arhar yashaydi. Kulrang sugʻur va iqlimlashtirilgan ondatra hamda tiyin ovlanadi. Issiqkoʻlda suv parrandalari koʻp. I. v. da Issiqkoʻl qoʻriqxonasi bor.

Hududiy bo'linishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda 5 tuman va 2 ta shahar mavjud.

Issiq-ko'l tumani
Jeti O'g'uz tumani
Tup tumani
To'n tumani
Aksu tumani

I. v. chorvachilik rivojlangan, sanoati va kurort-sanatoriy xoʻjaligi rivojlanayotgan viloyat. Yetakchi tarmoq ishlov beruvchi sanoatdir. Issiqkoʻl elektrotexnika birlashmasi (jumladan, Qoraqoʻl va Qajisoydagi zavodlar), tikuvchilik fabrikasi, oziq-ovqat sano-ati korxonalari (Qoraqoʻl, Grigoryev-ka), yogʻochsozlik, kemasozlik, qurilish materiallari korxonalari (Oqbuloq, Qoraqoʻl, Baliqchi) bor. Toshkoʻmir (Jirgʻalan) va qoʻngʻir koʻmir (Qajisoy) qazib olinadi. Qalay koni (Sarijaz daryosi havzasida) topilgan.

Qishloq xoʻjaligi ning asosiy tarmogʻi — chorvachilik, asosan, mayin junli qoʻychilik, goʻshtsut chorvachiligi va zotli yilqichilik rivojlangan. Qoʻy, echki, qoramol, yilqi boqiladi. Gʻalla va don, dukkaklilar, kartoshka ekiladi. Bogʻdorchilik katta ahamiyatga ega. Issiqkoʻlda baliq ovlanadi. Bishkek-Baliqchigacha temir yoʻl, avtomobil yoʻli bor. Issiqkoʻlda munta-zam kema qatnaydi. GTed. instituti, muzeylar mavjud. Issiq-koʻlning shim. sohilida kurort zonasi (Choʻlponota kurorti)> Qoraqoʻl atro- Fida issiq buloq- lar va shifobaxsh balchiq asosida Oqsuv va Jetioʻgʻuz balneologik kurortlari joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil