Kontent qismiga oʻtish

Istanbul cherkovidagi otishma (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Istanbuldagi cherkovdagi otishma

Santa Maria cherkovining 2023-yildagi koʻrinishi
Joylashgan Istanbul, Turkiya
Sana 28-yanvar, 2024
tax. 11:40 (TSI)
Nishon Santa Maria cherkovi
Hujum turi
Otishma
Halok boʻlganlar 1
Jarohat olganlar
1
Qurbonlar Tuncer Cihan[1]
Jinoyatchilar  IShID

Istanbul cherkovidagi otishma (turkcha: 2024 İstanbul kilise saldırısı) 2024-yil 28-yanvarda Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Rim-katolik cherkovi Santa Mariya cherkoviga[2] IShID tomonidan qilingan hujum[3].

2024-yil 3-yanvar kuni Turkiya hukumati butun mamlakat boʻylab IShIDga aʼzolikda gumon qilingan 25 nafar insonni cherkov va sinagogalarga hujum uyushtirganlikda gumon qilib hibsga oldi. 28-yanvar kuni Turkiyada guruhning ilk hujumi uyushtirildi, guruh 2017-yilda Istanbul tungi klubidagi otishma va 2015-yilda Anqara portlashlari kabi boshqa hujumlarni ham uyushtirganlikda ayblangan[4].

Santa Mariya — 19-asrda qurilgan va Bosforning Yevropa tomonida[5] Sariyer munitsipalitetining Buyukdere mahallasida joylashgan cherkov[6]. U Italiyadan kelgan fransiskalik ruhoniylar tomonidan boshqariladi[3].

2024-yil 28-yanvar kuni Turkiya vaqti bilan soat 11:40 atrofida (GMT 8:40) yakshanba kungi ibodat vaqtida ikki niqobli qurollangan shaxs cherkovga kirib, otishma boshlaydi, natijada bir kishi halok boʻladi va yana bir kishi yaralanadi. Hujumchilar cherkovda tartibsizlik keltirib chiqarib cherkovni tark etishadi. Sarıyer shahar hokimi Şükrü Gençning aytishicha, oʻsha paytda cherkov ichida 35-40 kishi boʻlgan va hujumchilar qurollari bilan yuzaga kelgan muammo sabab ikki marta oʻq uzib, voqea joyini tark etishgan[7].

Hujumchilar oʻtgan yili Polshadan olib kelingan va shu paytgacha foydalanilmagan mashina yordamida cherkovga borishgan[4]. Hujum boʻlishidan oldin yashirin kameralarga tushib qolgan videolarda qurollangan shaxslarning biri quyoshdan saqlaydigan koʻzoynak taqib, qoʻllarini choʻntagiga yashirgan holda qora niqoblarni kiyganini koʻrish mumkin. Hujum qilganlikda gumon qilinganlar cherkovdan qochib ketayotganda politsiya tomonidan hibsga olingan[7]. Keyinroq Ichki ishlar vaziri, Ali Yerlikaya hujumchilar tojikistonlik va rossiyalik boʻlib, ikkalasi ham IShID aʼzosi ekanligini tasdiqlangan[3]. IShID Telegramdagi sahifasida hujum davlat rahbarining hamma joyda yahudiy va nasroniylarni oʻldirishga chaqirigʻining bir qismi ekanligini taʼkidlagan holda[7] hujum uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan[8].

Istanbul gubernatori Davut Gülning aytishicha, jabrlanganlar faqat Turkiya fuqarolari tashkil etadi va hujumda boshqa davlat fuqorolari jabrlanmagan[5]. Keyinroq halok boʻlgan shaxs Tuncer Cihan ismli 52 yoshli erkak ekanligi aniqlandi, uni jiyani „siyosat yoki tashkilotlarga aloqasi boʻlmagan aqliy nogiron shaxs“ deb taʼriflagan va u cherkovga boshqa bir shaxs sababli tashrif buyurgan[9]. Biroq, Cihanning boshqa qarindoshi u nasroniylikni qabul qilmoqchi ekanligini, lekin hali dinga rasman kirmagani haqida maʼlumot berdi[5]. Cherkovning advokati Cihanning alaviylar jamoasiga mansub ekanligi haqida xabar bergan[4].

Hujumdan soʻng cherkovga gullar va shamlar qoʻyildi, eshigiga Turkiya bayrogʻi osildi[10]. Cherkov rasmiylari 1-fevralda jamoaviy ibodatlar qayta boshlanishini xabar qilishdi[4].

Mahalliy munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujum oqibatida politsiya cherkovga olib boradigan koʻchalarni yopib qoʻydi[5], Turkiya hukumati tomonidan ommaviy axborot vositalarida hujumni yoritishni taqiqlash buyrugʻi berildi. Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan konsul Lesnyak va cherkov ruhoniysi Anton Bulaiga qoʻngʻiroq qilib, hamdardlik bildirdi va „jinoyatchilarni imkon qadar tezroq qoʻlga olish uchun zarur choralar koʻrilayotganini“ bildirdi[11][3].

Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya „Biz mamlakatimiz tinchligini buzishga urinayotganlarga — terrorchilarga, ularning hamkorlariga, milliy va xalqaro jinoiy guruhlarga, birdamlik va hamjihatligimizni maqsad qilganlarga hech qachon toqat qilmaymiz“ deya oʻz fikrini bildirdi[11]. Bunga qoʻshimcha ravishda, politsiya tomonidan otishma boʻyicha oʻtkazilayotgan tergov doirasida 30 ta joydagi reydlar natijasida 47 kishi hibsga olingani haqida ham xabar bergan[3].

Istanbul meri Ekrem İmamoğlu shahardagi dindorlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi[9].

Xalqaro munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rim papasi Francis Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida oʻzining haftalik Anjelus ibodatining oxirida „Istanbuldagi Santa Mariya cherkovi jamoasiga yaqinligini“ bildirdi[11].

Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani hujum uchun „taʼziyam va qatʼiy qoralash“ni bildirdi va „turk hukumati aybdorlarni hibsga olishiga ishonchi komil“ ekanligini keltirib oʻtgan[11][9].

  1. „Victim of Istanbul Attack Was a Muslim Who Often Went to Catholic Mass“. https://www.ncregister.com. NCRegister. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  2. „Azize Meryem Latin Katolik Kilisesi“ (tr). Kültür Envanteri. Qaraldi: 2024-yil 28-yanvar.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „2 masked men kill a person in attack on Catholic church in Istanbul. Officials detain 2 ISIS members“ (en). AP News (2024-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 29-yanvar.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „The Islamic State group claims responsibility for the Istanbul church attack that killed one person“ (en). AP News (2024-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Istanbul church attack: Gunmen kill one person during Sunday morning mass“ (en). BBC (2024-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 29-yanvar.
  6. „Gunmen kill one person during Sunday service at Istanbul church“ (en). CNN (2024-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 29-yanvar.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Masked assailants launch deadly attack on Italian church in Istanbul“. France 24 (2024-yil 28-yanvar).
  8. „Masked gunmen kill one person in Istanbul Catholic church“. Reuters (2024-yil 28-yanvar).
  9. 9,0 9,1 9,2 Janoski, Steve „Masked gunmen attack Catholic church in Istanbul, kill disabled man“. New York Post (2024-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 29-yanvar.
  10. „Bullet marks visible inside church after attack in Turkey“ (en). ABS-CBN (2024-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 29-yanvar.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 „Istanbul: Gunmen attack Italian church, killing one person“ (en). dw.com. Qaraldi: 2024-yil 29-yanvar.