Kontent qismiga oʻtish

Qozoq tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Język kazachskidan yoʻnaltirildi)
Qozoq tili
Milliy nomi Қазақ тілі, قازاق ٴتىلى, Qazaq tili
Mamlakatlar Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston, Xitoy bayrogʻi Xitoy , Rossiya bayrogʻi Rossiya , Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Mogʻuliston bayrogʻi Mongoliya , Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston, Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston , Turkiya bayrogʻi Turkiya va boshqa
Rasmiylik holati

Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston Rossiya bayrogʻi Rossiya  :

Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 30 million
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Noʻgʻoy-qipchoq ostguruhi
Alifbosi kirill, arab, lotin
Til kodlari
ISO 639-1 kk
ISO 639-2 kaz
ISO 639-3 kaz

Qozoq tili (Qozoqcha; qozoqcha: Қазақ тілі, қазақша)— turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qoraqalpoq va noʻgʻay tillari bilan bir-galikda qipchoq tillarining qipchoq-noʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qozogʻiston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qozogʻiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Mongoliyada, shuningdek, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Qozoq tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni qariyb 30 million kishi.

Qozoq tilining dialektik boʻlinishi haqida aniq bir fikr yoʻq: baʼzi manbalarda 2 ta, baʼzilarida esa 3 ta (shimoli-sharqiy, janubiy va gʻarbiy) lah-jaga boʻlinishi haqida fikrlar mavjud. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyatlari jihatdan oʻzaro farq qiladi.

Qozoq tilining fonetik xususiyatlari: 9 unli fonemaga ega, unlilar ohangdoshligi (lab singarmonizmi) va undoshlar assimilyatsiyasi mavjud, soʻz urgʻusi, asosan, dinamik xususiyatga ega. Boʻgʻinlar 3 turga ajraladi: ochiq, yarim yopiq va yopiq. Morfologik xususiyatlari: otlar kelishiklar bilan turlanadi, ot yasalishida affiksatsiya va kompozitsiya usullari mavjud boʻlsa, sifatlar leksik-semantik, morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi; son va olmosh turkumlari farqli belgilarga ega emas. Feʼllar morfologik tuzilishiga koʻra, tub va yasama feʼllarga boʻlinadi, feʼl turkumida 4 mayl (aniqlik, buyruq, istak va shart), 3 zamon (oʻtgan, hozirgi, kelasi) farqlanadi. ravishlar asliy va nisbiy turlarga boʻlinsa, yordamchi soʻz turkumlari umumturkiy xususiyatlarga ega. Sintaktik xususiyatlari: 4 xil sintaktik aloqa turi (moslashuv, munosabatlashuv, boshqaruv, bitishuv), 4 xil gap turi (darak, soʻroq, buyruq va undov) farklanadi. Gap boʻlaklari tasnifi va tavsifi, gapda soʻzlar tartibi umumturkiy qonuniyatlarga asoslanadi. Qoʻshma gaplar bogʻlovchisiz va bogʻlovchili turlarga boʻlinadi. leksik xususiyatlari: Qozoq tili leksikasining oʻz qatlamini qad. turkiy tillardan semantik va struktur-morfologik oʻzgarishlarga uchrab oʻtgan umumturkiy qatlam tashkil etadi, shuningdek, unda arab, fors, moʻgʻul, oʻzbek, tatar, rus va xitoy tillaridan oʻzlashgan soʻzlar qatlami ham mavjud.

Arab grafikasiga asoslangan yozma adabiy Qozoq tili 19-asr 2-yarmida paydo boʻlib, taniqli qozoq maʼrifatparvarlari Abay Qoʻnonboyev va Ibray Oltinsarinlar faoliyati tufayli 19-asr oxirida toʻliq shakllandi. Yozuvi 1930-yilgacha arab grafikasi asosida, 1930—40 ylarda lotin grafikasi asosida boʻlgan. 1940-yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan.

  1. Zakon Ryespubliki Altay „O yazikax“. Glava I, statya 4

Musabayev G. G., Sovremennsh kazaxskiy yazmk, ch.1, Leksika, Alma-Ata, 1959; Musabayev G. G., Sovremenniy0 kazaxskiy yazik, ch.2, Fonetika i morfologiya, Alma-Ata, 1962;Tomanov M., Qazaqtan tarixi fammatikasi. Fonetika, Morfologiya, Almatn, 1981; Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2-izd., M., 1969.