Kontent qismiga oʻtish

Xalaj tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalaj tili
Mamlakatlar Eron, Afgʻoniston
Rasmiylik holati yoʻq
Mintaqalar Qum, Markaziy
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 42 000 (2000-yil)
Tartiblovchi tashkilot yoʻq
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qarluq guruhi
Qarluq-uygʻur ostguruhi
Argʻu guruhi
Alifbosi yoʻq
Til kodlari
ISO 639-1 -
ISO 639-2 tut
ISO 639-3 klj

Xalaj tili — turkiy tillardan biri. Markaziy Eronda, Tehronning janubi-garbida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni 40 ming kishi atrofida (2000-yil). Shevalari 2 guruhga — shimoliy va janubiy guruhdarga boʻlinadi.

Xalaj tilida qadimgi turkiy til elementlari, xususan, birlamchi choʻziq unlilar saqlangan; soʻz oʻrtasi va oxirida boshqa turkiy tillarda z, t, j, r kelgan oʻrinlarda d qoʻllanadi. Ayrim kelishik qoʻshimchalari va feʼl shakllarida ham bir qator oʻziga xosliklar mavjud. Leksikada eng qad. turkiy qatlam hamda kelib chiqishi noaniq boʻlgan soʻzlar qatlami ajralib turadi; ozarbayjon tilidan, eroniy lahjalardan oʻzlashmalar bor. Asosan, xotin-qizlar oʻrtasida kundalik muomala tili hisoblanadi[1].

  1. OʻzME