Jaan Teemant
Jaan Teemant | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
24-sentyabr 1872-yil Shtayn-Fikel volosti, Estoniya guberniyasi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
24-iyul 1941-yil (68 yoshda) Tallin, Estoniya SSR |
Fuqaroligi | Estoniya |
Millati | eston |
Taʼlim | Sankt-Peterburg universiteti |
Ilmiy unvoni | professor, yuridik fanlari doktori |
Dafn etilgan joyi | nomaʼlum |
Jaan Teemant (talaffuzi: Yaan Teemant; 1872-yil 24-sentyabr[1], Shtayn-Fikel volosti, Estoniya guberniyasi, Rossiya imperiyasi – 24-iyul (boshqa manbalarda 3-iyul) 1941-yil, Tallin, Estoniya SSR) – Estoniya davlat arbobi .
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Volost kotibi oilasida tugʻilgan. Toʻngʻich farzand boʻlgan. Bolaligi ota-onasi Kohila yaqinida sotib olgan xutorda oʻtgan[2]. Hugo Treffneri nomidagi xususiy gimnaziyani, keyinroq esa Sankt-Peterburg universitetining yuridik fakultetini tamomlagan (1901). Tartu universitetining faxriy yuridik fanlari doktori (1932).
Inqilobiy faoliyati va qamoqqa olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jaan Teemant Revelda advokat yordamchisi boʻlgan. 1904—1905-yillarda Revel shahar dumasi deputati boʻlgan. 1905-yilda inqilobiy harakatlarda faol ishtirok etadi, 1905-yil dekabrda Tartu shahridagi Butuneston xalq vakillari assambleyasining rahbari etib saylanadi va Yuryev universitetining majlislar zalida boʻlgan yigʻilishga rahbarlik qiladi. Shveytsariyaga koʻchib ketishga a majbur boʻlgan. Mamlakatdagi harbiy holat sababli sirtdan oʻlimga hukm qilingan. Harbiy holat va oʻlim jazosi bekor qilingandan soʻng, 1908-yilda Estoniyaga qaytib keladi. Ammo bir yarim yil qamoq jazosiga hukm qilinadi. Qamoq muddatini oʻtab, 1911—1913-yillarda Arxangelsk viloyatida surgunda boʻlgan.
Advokat va siyosatchi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1913—, 1914—1940-yillarda Tallinda advokat, 1919—1925-yillarda advokatlar kollegiyasining raisi. 1917—1919-yillarda Estoniya Muvaqqat zemstvo kengashi aʼzosi, 1917-yilda Estoniya Muvaqqat zemstvo kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, 1918—1919-yillarda Estoniya respublikasi bosh prokurori[1], 1919—1920-yillarda Taʼsis majlisi aʼzosi. Riigikoguning ikkinchi—toʻrtinchi chaqiriq aʼzosi boʻlgan[1]. 1925-yil 15-dekabrdan 1927-yil 9-dekabrgacha va 1932-yil 19-fevraldan 1932-yil 19-iyulgacha Estoniya davlat rahbari. 1934-yilgi davlat toʻntarishidan keyin oʻrnatilgan Konstantin Pätsning avtoritar rejimini tanqid qilgan. 1939—1940-yillarda Germaniya vasiylik boshqarmasining Estoniya vakili (bu davrda Germaniyaga koʻchib ketgan nemislarning mulkini qoʻriqlash uchun tuzilgan organ). Uning rabarligi davrida Estoniyada 1919-yildagi yer islohoti[1] davrida milliylashtirilgan yerlar uchun ularning sobiq egalariga toʻlovlar amalga oshirila boshlandi.
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1940-yil 24-iyulda NKVD tomonidan hibsga olingan. 1941-yil 24-fevralda harbiy tribunal tomonidan aybdor deb topilib, 10 yil qamoq jazosiga hukm qilinadi. Kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmagan[2]. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Jaan Teemant 1941-yil iyul oyida Tallin markaziy qamoqxonasida vafot etgan yoki otib oʻldirilgan[3].