Kontent qismiga oʻtish

Jamali Ikanovich

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jamali Ikanovich
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jamali Kuchikoevich Ikanovich
Tavallud sanasi 8-avgust 1965-yil (1965-08-08) (59 yosh)
Tavallud joyi Vladikavkaz, SSSR
Boʻyi 180 cm (5 ft 11 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983 Amudaryo (Nukus) 19 (0)
1984—1985 Spartak (Ordjonokidze) 0 (0)
1986 Nart 32 (0)
1987 Shaxtyor (Qaragʻandi) 5 (0)
1988 Terek 19 (0)
1989—1991 Spartak (Vladikavkaz) 13 (0)
1992—1995 Metallurg (Lipetsk) 129 (1)
1996 Spartak (Anapa) 24 (0)
1997 Zvezda (Irkuts) 31 (0)
1998—1999 Chkalovets 52 (0)
2000 Spartak (Shchelkovo) 3 (0)
2000—2001 Chkalovets-Olimpiya 19 (0)
2001—2002 Luch 14 (0)
Boshqargan klublari
2006—2008 Zvezda (Irkuts)
2009 Salyut Energiya
2010—2013 Metallurg (Lipetsk)
2014—2015 Baykal
2016—2022 Chita
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamali Kuchikoevich Ikanovich (ruscha: Иканович, Джамали Кучикоевич; 1965-yil 8-iyulda tugʻilgan) – sovet va rossiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon ampulasida oʻynagan. Murabbiy faoliyati davomida bir qa jamoalarda darvozabonlarni tayyorlovchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osetiya futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Mehnat faoliyatini 1983-yilda Nukusning Amudaryo jamoasida boshlagan. 1986-yilda Nart jamoasi safiga qoʻshilgan. 1987-yilda u Qaragʻandining „Shaxtyor“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 1988-yilgi mavsumda Jamali Grozniyningning „Terek“ klubiga oʻtgan. 1989-yilda Vladikavkazning „Spartak“ jamoasi safida oʻynagan. 1992-yilgi mavsum Lipetskning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

1993-yil 14-aprelda „Nart“ jamoasiga qarshi oʻyinda (5:0) u faoliyatidagi yagona golni kiritgan (oʻyinning 85-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan)[1]. 1996-yilda Anapaning „Spartak“ klubiga oʻtgan. 1997-yilda Irkutsk Zvezda jamoasi sharafini himoya qilgan[2]. 1998-yilda Chkalovets klubi bilan shartnoma imzolagan. 2000-yil fevral oyida u Shchelkovoning „Spartak“ klubi tarkibiga qoʻshilgan. Oʻsha yilning yozida Chkalovets-Olimpiya jamoasiga koʻchib oʻtgan. Faoliyatini 2002-yilda Luchada yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yildan 2008-yilgacha Ikanovich Irkutskning „Zvezda“ klubida darvozabonlar murabbiy boʻlgan. Zvezda klub faoliyati tugatilgach, Jamali Salyut-Energiya klubining murabbiylar shtabida ishlagan. 2010—2013-yillarda Lipetskning „Metallurg“ jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. 2014-yilda u Baykal jamoasida darvozabonlar murabbiyi etib tayinlangan[3] 2016-yil fevral oyida klubni tark etgan va Chita jamoasida ham xuddi shunday lavozimni egallagan[4].

  • Birinchi liga gʻolibi: 1990-yil
  • Ikkinchi divizionning Sharqiy zonasi kumush medali sohibi: 1998-yil
  • Uchinchi liganing 1-zonasi gʻolibi: 1996-yil

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamalining oʻgʻli Devid (1989-yilda tugʻilgan) ham futbolchi boʻlgan va darvozabon ampulasida oʻynagan.