Kontent qismiga oʻtish

Janubi-gʻarbiy Osiyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Janubi-gʻarbiy OsiyoGʻarbiy Osiyoning janubiy qismidagi tabiiy oblast. Arabiston yarim orol va unga yondosh hududlar kiradi. Mayd. 3 mln. km² dan ziyod. Janubi-gʻarbiy Osiyo zaminining koʻp qismi qad. Gondvana materigining bir boʻlagi. Tekisliklar, supasimon qirlar, kuestali plato shakllari keng tarqalgan. Yaman, Hijoz, Asir, Livan, Antilivan togʻlarida hozir ham zilzila boʻlib turadi. Mesopotamiya pasttekisligi (bukilmasi) allyuvial choʻkindilar bilan toʻlgan. Janubi-gʻarbiy Osiyoda foydali qazilma (ayniqsa neft) koʻp. Iqlimi issiq va quruq. Oʻrtacha temperaturasi shimolda yanvarda 5°, iyulda ZG, janubda yanvarda 24°, iyulda 34°. Yillik yogʻin 100–150 mm, Livan, Antilivan, Ummon va Yaman togʻlarida oʻrtacha 500–760 mm. Iqlimi quruqligidan aksar qismining landshafti choʻl va chala choʻl. Mesopotamiyadan Furot va Dajla daryolari oqib oʻtadi. Yer osti suvlari aholi uchun asosiy suv manbaidir. Quduq koʻp. Tuproqlari qoʻngʻir, jigarrang , qizil choʻl tuproqlardir. Oʻrta dengiz boʻyidagi togʻlarda livan kedri, halab qaragʻayi, yashil butazorlar, choʻllarda siyrak yostiqsimon boʻtalar, shoʻra oʻsadi, Yaman va Ummon togʻlarida savannalar bor. Hayvonot dunyosi shimolda Palearktika oblasti va jan.-gʻarbda Efiopiya oblastiga mansub. Janubi-gʻarbiy Osiyoda Saudiya Arabistoni, Quvayt, Bahrayn, Qatar, BAA, Ummon, Yaman, Iroq va Iordaniyaning jan. qismi joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil