Kontent qismiga oʻtish

Jasmine Armfield

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jasmine Armfield
Tavalludi 17-dekabr 1998-yil (1998-12-17) (26 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Faoliyat yillari 2013-hozirgacha

Jasmin Armfild (17-dekabr, 1998-yil, Angliyada tugʻilgan[1]) — angliyalik aktrisa. 2014—2020-yillarda BBCning EastEnders serialidagi Bex Fowler rolini ijro etgani bilan tanilgan.

Armfild Essex shtatining Southend shahrida tugʻilgan. U oʻzi tugʻilgan shtatning South Benfleet shahridagi The King John Schoolda tahsil olgan[2] va 2010-yilning sentyabr oyida Wickford's Pauline Quirke Impact sanʼat akademiyasi ochilganda ushbu taʼlim dargohining talabasi boʻladi[3].

2014-yilda Armfild BBC EastEnders serialida Bex Fowler rolida ishtirok etadi va oʻzining birinchi marta 2014-yil 15-yanvar sanasida oʻtkazilgan premyerasida paydo boʻladi[4]. Aktrisaning EastEnders haqidagi hikoyalari uning Shakil Kazemi (Shaheen Jafargholi) bilan munosabati, zoʻravonliklari, bokiraligini yoʻqotishi, Shakilning oʻldirilgani, Oksford universitetiga kirishi va oʻz joniga qasd qilishga urinishini oʻz ichiga oladi[5].

2017-yilda aktrisa TV Choice mukofotlarida Eng yaxshi teleserial aktrisasi nominatsiyasiga sazovor boʻldi[6]. U 2020-yil 6-martda mamlakatdan joʻnab ketadi[7]. 2021-yilning may oyida u BBC Doctors serialining epizodida Layla Roberts rolida paydo boʻladi[8]. Keyinchalik, 2022-yilning iyun oyida Armfild BBCda efirga uzatgan tibbiyotga aloqador dramasiCasualty teleserialida epizodida paydo boʻladi[9].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2014-2020 EastEnders Bex Fowler Muntazam serial
2021 Doctors Layla Roberts Epizod: „The Gift Horseʼs Mouth“
2022 Casualty Ivy Edwards Epizod: „One In, One Out“