Kontent qismiga oʻtish

Jasur Jumayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jasur Alimboyevich Jumayev
Tavalludi 24-dekabr 1984-yil (1984-12-24) (39 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Kasbi rassom
Dini Islom
Bolalari 2ta
Mukofotlari

Jumayev Jasur Alimboyevich – oʻzbekistonlik hunarmand, davlat va jamoat arbobi. Oʻzbek somon sanʼati ustasi.

1984-yil 24-dekabrda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Sijjak qishlogʻida tugʻilgan. 1997-yildan ayrim sabablarga koʻra 1-guruh nogironligi boʻlgan shaxs sifatida imkoniyati cheklanganlar aravachasi yordamida harakatlanadi. 16 yoshidan hunarmadchilikning somon sanʼati yoʻnalishiga qiziqib, shu soha bilan shugʻullana boshlagan. 2009-yildan buyon Respublika „Hunarmand“ uyushmasi aʼzosi. 2018-yildan buyon Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi huzuridagi Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi.

2017-yilda Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan. 2022-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi. 2024-yilda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi[1][2].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

20082012 – Milliy rassomlik va dizayn instituti bakalar bosqichi talabasi.

20122014 – Milliy rassomlik va dizayn instituti magistri.

20142017 – Milliy rassomlik va dizayn instituti „Reklama va amaliy grafika“ kafedrasi oʻqituvchisi.

20172020 – Milliy rassomlik va dizayn instituti „Reklama va amaliy grafika“ kafedrasi katta oʻqituvchisi.

2020-yildan – Milliy rassomlik va dizayn instituti „Amaliy grafika“ kafedrasi dotsenti.

2012-yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni sovrindori boʻlgan.

2015-yilda „Jasorat“ medali bilan mukofotlangan.

2015-yilda „Etirof-2015“ mukofoti sovrindori, yilning eng yaxshi hunarmandi[3].

2020-yilda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan taʼsis etilgan „Milliy madaniyatimiz va sanʼatimiz rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofoti bilan ragʻbatlantirildi[4].