Jimjitlik kodeksi (film)
Jimjitlik kodeksi (Кодекс молчания) | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Zinoviy Royzman |
Ssenariynavis(lar) |
Georgiy Vayner Leonid Slovin Zinoviy Royzman |
Rollarda |
Murod Rajabov Aleksandr Fatyushin Irina Shevchuk Nabi Rahimov |
Bastakor(lar) | Yevgeniy Shiryayev |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1990 |
Davomiyligi | 261 min. |
Mamlakat | OʻzSSR |
Til | rus tilida |
"Jimjitlik kodeksi" — Zinoviy Royzman tomonidan suratga olingan kriminal detektiv boʻlib, Georgiy Vayner va Leonid Slovinning „Oyning qorongʻu tomonida“ hikoyasi asosida 1990-yilda suratga olingan.[1] Keyinchalik, filmning 2-qismi, „Jimjitlik kodeksi 2: Qora baliq izidan“ nomi bilan suratga olindi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmdagi voqealar rivoji 1980-yilda Jizzax va Toshkent shaharlarida boʻlib oʻtadi. Jizzaxdan uncha uzoq boʻlmagan „Chiroyli“ nomi ostidagi yozgi kafeda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, mayor Andrey Pak qurolli hujum qurboni boʻladi. U bilan birga hamkasbi ham voqea joyida halok boʻladi. Ushbu qotillikni tergov qilish chogʻida filmning bosh qahramoni podpolkovnik Toʻra Samatov dastlab viloyat jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etiladi, soʻngra mahalliy jinoiy uyushma tomonidan kuzatuv ostiga olinadi. Ularning jinoiy toʻdasiga restoran direktori, sobiq huquq-tartibot idoralari xodimlari, Oʻzbekiston SSR yuqori martabali amaldorlari va Samatovning boshligʻi, general-mayor Aʼzamovlar kiradi. Filmning kulminatsion nuqtasida, ichki ishlardagi xizmatdan haydalgan Toʻra Samatov, uning doʻsti va isteʼfodagi kapitan Valentin Silov mahalliy ichki ishlar xodimlarining korruptsion hatti-harakatlariga nuqta qoʻyishadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Murod Rajabov — viloyat jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻi, militsiya podpolkovnigi Toʻra Samatov
- Aleksandr Fatyushin — isteʼfodagi militsiya kapitani Valentin Silov
- Irina Shevchuk — Toʻra Samatovning rafiqasi Nina
- Nabi Rahimov — militsiya general-mayori Hamid Aʼzamov
- Oʻlmas Yusupov — militsiya polkovnigi Ravshan Gʻofurov
- Behzod Hamroyev — militsiya leytenanti Jamol Ahmedov
- Javlon Hamroyev — Xalaf
- Hojiakbar Nurmatov — militsiya polkovnigi Hazratqulov
- Behzod Muhammadkarimov — militsiya katta leytenanti Alisher Gʻofurov
- Pol Butkevich — adliya maslahatchisi Anatoliy Nikolayevich
- Melis Abzalov — Odil Vohidov
- Shuhrat Ergashev — Shomil
- Ato Muhammadjonov — Hamidulla Nosirov
- Nozim Toʻlaxoʻjayev — Salim Kamolov
- Farhod Haydarov — Ummat
- Leonid Kim — militsiya mayori Andrey Pak
- Badal Nurmuhamedov — Toʻlqin Azimov
- Inogʻom Odilov — avtomobil nazorati haydovchisi
- Rafiq Yusupov — haydovchining sherigi
- Mahmud Tohiriy — Inoyatxoʻja
- Oʻlmas Alixoʻjayev — Rahmatulla
- Tamara Shakirova — epizodda ishtirok etgan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ KODYeKS MOLChANIYa (1989) Kino-teatr.ru
Tomosha qilish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kodeks molchaniya Youtube.com