Kontent qismiga oʻtish

Chakanda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jirgʻanoqdan yoʻnaltirildi)
Chakanda
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Chakanda, jirgʻanoq (Hippophae) — jiydadoshlar oilasi daraxtsimonlar yoki butasimonlar turkumi; dorivor va mevali ekin[1].. Yevrosiyoning iliq iqlimli mintaqalarida 3 turi tarqalgan. Sharqiy va Gʻarbiy Sibir, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda daryo sohillari va toʻqayzorlarda chakandaning jumrutsimon turi (H.rhamnoides) hamda u yovvoyi holda oʻsadi. Rossiyaning Oltoy, Sibir va Noqoratuproq zonalarida madaniylashtirilgan navlari oʻstiriladi. Tabiiy oʻsadigan chakandazorlardan ham keng foydalaniladi.

Botanik tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yakob Shturmning Deutschlands Flora in Abbildungen kitobidagi botanik illuyustratsiyas. 1796-yil

Chakanda yorugʻsevar, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli. Boʻyi 2–5 m, sershox, bargi nashtarsimon zich, usti kulrang, osti kumushsimon. Ch. ikki uyli (erkak va urgʻochi daraxtli) oʻsimlik. Bahorda barg chiqarishi bilan gullaydi, shamol yordamida changlanadi. Gullari mayda sargʻish, hidli. Mevasi avgust oxiri—sentyabr boshlarida pishib yetiladi, mayda, tuxumsimon yoki dumaloq, novdalarga zich yopishgan, rangi och sariq yoki sargʻishqizil, taʼmi nordonshirin. Tarkibida organik kislotalar, qand, S va V, Ye, Gʻ guruhi vitaminlari, karotin hamda tibbiyotda ishlatiladigan shifobaxsh moy bor. Chakanda bachki, parxish hamda qalamchasidan koʻpaytiriladi. Qumliklarni, qirgʻoqlarni, temir yoʻl boʻylarini mustahkamlash, yoʻlaklarni qordan ximoya qilish maqsadida ham ekiladi. Mevalari yangiligida yeyiladi, murabbo, jem, sharbat tayyorlanadi, moy olinadi. Bogʻ va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.bu oʻsimlik mevasi oshqozon ichak kasaliklarini davolash uchun dori tayorlanadi shu jumladan kuygan joylarni davolashda mazlar tayorlanadi. Chakanda (Hippophae rhamnoides L.)– buta yoki daraxt, uzunligi to 10 metragacha. Bu oʻsimlikning shoxlarida 0,5-7 sm tikanlari bor, ular hayvonlardan uni himoya qiladi. Novdalarda ularning mikdori va uzunligi yashash sharoitiga, iqlimni oʻzgarishiga va butalarning shakliga bogʻliq. Tikanlari ikki turda uchraydi: kichik ( uzunligi to 0,5 sm gacha), hamma vaqt mevali novdalarning oxirida uchraydi, bir xil paytda novdalarning oʻrta qismida ham uchrashi mumkin. Tikanlarning ikkinchi turining uzunligi 2-7 sm, yozgi novdalarga oʻxshab, koʻrtaklardan bir yillik novdalarda hosil boʻladi, ular oʻzgargan va kalta yozgi novdalarga oʻxshaydi. Hosil boʻlgan yilda tikanlarda barglar ham joylashishi mumkin, yilning oxirida tikanlarning toʻqimalari quriydi [2].Yosh novdalar va barglari yulduzli tukchalar bilan qoplangan. Barglari uzunchoq yoki lansetsimon boʻladi, mayda barglarning uzunligi 2-3 sm, eni 0,5 sm, katta barglarining uzunligi to 10 sm, eni 1-1,2 sm Barg ogʻizchalari bargnig ostki tomonida joylashgan.Poʻstloq va novladarning rangi yashil-qoʻngʻir, qoʻngʻir va qora boʻlishi mumkin. Barglarning ustki qismida toʻq yashil tukchalar boʻladi, bargni ostki qismi och yashil rangda yulduzli tukchalar bilan qoplangan. Chakanda-ikki oʻyli buta, chunki gullari har xil oʻsimliklarda joylashgan. Erkak va urgʻochi gullar yosh novdalarda aralash koʻrtaklarda barglar orasida hosil boʻladi. Chakanda novdalarida vegetativ va aralash koʻrtaklar joylashgan boʻladi. Vegetativ koʻrtaklar asosan yosh meva hosil qilmagan oʻsimliklarda hosil boʻladi. Ular aralash koʻrtaklarga nisbatan kichikroq boʻladi. Meva hosil qiladigan oʻsimliklarda aralash koʻrtaklar paydo boʻladi. Ularning shakli har xil boʻladi va oʻsimlik jinsiga bogʻliq. Erkak oʻsimliklarning kurtaklari, urgʻochi oʻsimliklarnikiga nisbatan kattaroq. Urgʻochi oʻsimliklarning gullari yakka-yakka barglar orasida joylashgan. Erkak oʻsimliklarning gullari esa 2-8, bir xil paytda 10-12 gullardan tuzilgan [34].

Chakanda mevasining shakli har xil boʻladi, ularning 100 donasini ogʻirligi 4 g to 80-100 grammgacha boʻladi. Mevasining ogʻirligi to 0,3 grammagacha boʻlsa, mayda boʻlib hisoblanadi, 0,3-0,6 grammgacha oʻrtacha va 0,6 grammagacha katta boʻlib hisoblanadi. Mevalarning shakli sharsimon, ovalsimon va silindsimon boʻlishi mumkin. Rangi sariqdan to qizgʻichgacha. Meva poyalari 1–8 mm gacha. Mevaning magʻzida urugʻ joylashgan boʻladi u yakka boʻlib uzunchoq yoki ovalsimon boʻladi, 1000 urugʻining ogʻirligi 12-20 gramm va 1 grammida 55-85 urugʻ kiradi. Urugʻlar kungir rangda yoki qoramtir boʻlishi mumkin.Chakandaning ildiz sistemasi qalin ipsimon ildizlardan tashkil topgan, ular oʻtkazuvchi vazifasini bajaradilar. Ildizlarda sharsimon tugunaklar joylashadi. Ular bir yillik oʻsimliklarda paydo boʻladi va keyinchalik yon ildizlarida joylashadi. Bunday tuganaklar yordamida chakanda atmosferadagi azotni fiksasiya qiladiChakandaning oʻtkazuvchi ildizlarida tinch holatdagi koʻrtaklar joylashadi va qulay sharoitda ildiz oʻsimtalari hosil boʻladi. Ular yordamida tabiiy sharoitda chakanda kurtinalari hosil boʻladi. Tabiiy sharoitda chakanda ildiz sistemasini tuzilishiga va tarqalishiga tuproqning mexanik tarkibi va namligi taʼsir etadi. Qumli tuproqlarda ildizlar eniga 12 metr radiusda tarqalishi mumkin. Chakanda – har xil jinsli, ikki uyli oʻsimlik, urgʻochi va erkak gullari har xil oʻsimliklarda shakllanadi. F.D.Qobulova [12] maʼlumotlariga binoan erkak oʻsimliklari uchinchi yilda rivojlanib, koʻrtaklar kattaligi va oʻsimliklarning balandligi boʻyicha urgʻochi oʻsimliklardan farq qiladi: erkak oʻsimlik 30 sm urgʻochi oʻsimliklardan baland boʻladi. Urgʻochi oʻsimliklarda vegetasiya oxirida novdalarning miqdori 75 teng boʻladi, erkak oʻsimliklarda esa – 83. Uchinchi yilda chakanda gullaydi. Erkak oʻsimliklari urgʻochi oʻsimliklarga nisbatan oldinroq gullab, gullashi bir necha kun koʻproq davom etadi. Erkak oʻsimliklarda gullash paytida novdalarning oʻsish kuzatilmaydi va barglar umuman koʻrinmaydi. Bu davrda urgʻochi oʻsimliklarda barglar rivojlana boshlaydi. Chakanda mevasi shirali boʻladi [17]Chakanda qulay sharoitlarda katta toza chakandazorlarni hosil qiladi. Bu chakandazorlarning markazida bitta asosiy buta joylashib, atrofida hamma tomonga qarab, balandligi pastroq boʻlgan butalar joylashadi. Koʻpgina paytlarda chakandazorlar bir jinsli boʻladi, aralash holatda ham uchrashi mumkin, bunnday joylashish urgʻochi oʻsimliklarni changlanishiga qulay boʻladi.Chakandaning yashash sharoiti ularning hayotini uzunligiga taʼsir etadi. Issiq iqlim sharoitlarida chakanda daraxt shaklida boʻlib, uning balandligi to 15 metrgacha boʻladi, sovuq iqlimda esa chakandazorlarda kalta butalar keng tarqalgan boʻladi, ularning hayotining uzunligi 15-20 yilga teng boʻladi. Baykal sharoitida 34-36 yoshli erkak oʻsimliklari uchraganligi aniqlangan. Tunkin vodiysida chakandaning past boʻyli shakllari tarqalgani aniqlangan, ularning balandligi 120-140 sm teng boʻlib, hayoti 10-12 yilni tashkil etadi. Erkak oʻsimliklari urgʻochi oʻsimliklarga nisbatan 5 yil koʻproq yashaydilar [31].Har xil tashqi sharoit taʼsirida va uzoq moslashish natijasida chakandaning iqlim tiplari shakllangan, ular bir-biridan morfologik belgilar bilan farq qiladi. N.N.Yakovlev-Sibiryak [41] birinchi boʻlib, chakandaning 4 boʻlgan: sibir, qozogʻiston, oʻzbekiston, kavkaz tiplari.U.Rousi esa chakandaning klassifikasiyasini tuzib, uning 9 turi borligini koʻrsatgan, ularga quyidagilar kiradi: daryooldi, jumratsimon, karpat, kavkaz, turkiston, mongol, xitoy, yunnan, djangzen [38].J.I.Gatin [4] uchta turga boʻlgan: altay, sayan, tyan-shan. Samarqand viloyatida tarqalgan chakanda tyan-shan yoki uzbekiston tipiga kiradi. Jumratsimon chakanda – yovvoyi mevali oʻsimliklar qatoriga kirib, juda ham keng qoʻllanadi. Birinchi boʻlib, bu oʻsimlikni Feofrast, Dioskorid va Pliniylar ishlarida keltirilgan. Bu oʻsimlikning ilmiy nomi Hippophae rhamnoides grekcha soʻzlardan kelib chiqqan, masalan hippos (ot), phae (yaltiroq). Bu oʻsimlik keng veterinariyada ishlatilgan, greklar bu oʻsimlikni barglarini va yosh novdalarini otlarni oziqlanishida ishlatganlar. Otlar chakanda taʼsirida tezda sogʻlom boʻlgan.Chakanda mevalari Sibirda qadim zamonlardan beri ishlatilgan. P.S.Pallas XUSh asrda chakanda mevasini tasvirlab, uning nordonligi haqida yozgan. Chakanda mevalarini aholi koʻp mikdorda isteʼmol qilib, ulardan jele, varenye va boshqa mahsulotlar tayyorlaydilar.X1X asrda chakandani yaxlangan holatda isteʼmol qilganlar. Nordonligini pasaytirish uchun unga shakar qoʻshilgan va kisel, varenye, pastila, vino tayyorlaganlar. Chakanda mevalari Mongoliyada ham keng qoʻllanadi. Bu yerda chakanda mevalaridan oziqa mahsulotlar va chakanda yogʻi tayyorlanadi. Chakanda mevalarini Sibir xalqi ham keng ishlatadi. Mevalaridan kisel, varenye va boshqa mahsulotlar tayyorlaydilar. Chakanda yashil-kumush rangli barglari va chiroyli rangli mevalari orqali manzarali oʻsimlik boʻlib hisoblanadi. Chakanda mevalari uzoq vaqt mobaynida daraxtlarda saqlanganligi sababli manzarali bogʻdorchilikda ham qoʻllanadi. Chakanda tirik devor boʻlib ham ishlatiladi. Yogʻochidan koʻpgina mayda qurilish materiallar tayyorlanadi. Chakandaning yogʻochi qattiq, chiroyli boʻladi. Chakandaning yosh barglar va novdalaridan qoramtir boʻyoqlar tayyorlanadi. Chakanda mevalarining neytral suvli eritmasidan boʻyoqlar tayyorlanadi, ular gazmollarni sariq va yashil ranglarga boʻyaydi.Chakanda qadim zamonlardan shifobaxsh oʻsimlik sifatida ishlatiladi. Gresiya, Xitoy, Rim, Mongoliya qadimgi xalq tabobatida chakanda oʻpka, jigar, oshqozon, suyak kasalliklarida ishlatilgan. Sibir sharoitida chakandadan dizenteriya, teri kasalliklari, revmatizmga qarshi shifobaxsh moddalar tayyorlaganlar. Koʻpgina kadimiy tibbiy asarlarda chakanda oʻpka kasalliklarga qarshi ishlatilgan. Bundan tashkari chakanda preparatlari organizmlarda qon harakatlanishiga yordam beradi, mevalari tomoq kasalliklarini yoʻqotishga yordam beradi.Hozirgi kunda chakandaning shifobaxsh xususiyatlari katta ahamiyat berilmokda, shuning uchun mevalarining kimyoviy tarkibi turlicha oʻrganilayapti.Chakanda – kam kaloriyali oʻsimlik boʻlib hisoblanadi, uning 100 gramm mevasi 30 kaloriya ajratadi. Mevlarining nordonligi 1,3 to 2,7% gacha boʻladi. Chakanda mevalarida olma, щavel, yantar kisloalar uchraydi, ular yuqori fiziologik faollikga ega. Chakandaning koʻpgina oʻrgangan navlarida shahar miqdori past boʻlib – 3-6% tashkil etadi.Chakanda mevalarining shifobaxsh xususiyatlari ularning tarkibiga yogʻboʻlishi bilan bogʻliq. Chakanda yogʻi tarkibida koʻp vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar topilgan. Ularning mikdori 1 to 18% boʻladi. Chakanda yogʻida vitaminlardan Ye, K, provitamin A hal boʻladi, yogʻ qoldiqlari tarkibida stearin tabiatidagi moddalar topilgan – sitosterin, fosfolipidlar, xolinlar, karotin va boshqalar. Chakanda tarkibida koʻp mikdorda vitamin Ye uchraydi. Chakandaning meva shirbatida vitaminlardan A, S, V1, V2, V6, Ye, K, R uchraydi. Askorbin kislotaning mikdori 37–268 mg/100 g mevada uchraydi. Chakanda mevalarining tarkibida aminokislotalar ham uchraydi, masalan, alanin, fenilalanin, glutamin, sistein, leysin, lizin, arginin, serin, valin va boshqalar. Bundan tashqari mevalarda efir yogʻlar, mikro-va makroelementlar ham uchraydi. Chakanda mevalari tarkibida 15 mikroelementlar topilgan, ular temir, magniy, marganes, mis, bor, oltingugurt, xlor, alyuminiy, kremniy va boshqalar. Bundan tashqari mevalarning tarkibida 8% yogʻ topilgan, shu tufayli u juda yaxshi immunomodulyator va immunoprotektor boʻlib hisoblanadi [2, 27, 48]. Chakandaning barglari va poʻstlogʻi ham shifobaxsh boʻladi. Chakanda barglarining tarkibida askorbin kislota va karotinoidlar, R-faol moddalar uchraydi. Skelet novdalarining poʻstlogʻida serotonin alkaloidi topilgan, bu alkaloid asab sistemasini faoliyatida katta ahamiyatga ega. Serotonin shishiklar faoliyatini toʻxtatishi mumkin. Shunday qilib, chakanda organizmning tabiiy mahsulotlariga oʻxshab xilma-xil farmakologik taʼsirga ega. Biologik faol moddalar orqali chakanda effektiv shifobaxsh oʻsimlik boʻlib ishlatiladi. Chakanda yogʻi koʻpgina kasalliklarga qarshi ishlatiladi, masaslan oshqozon kasaliklari, ekzema, eroziya, gaymoritlar, shishiklar, ateroskleroz, avitaminozlarda. Chakanda yogʻining shifobaxsh taʼsirini koʻp olimlar oʻrgangan. Bu yogʻ kuchli regenerativ xususiyatga ega boʻlib, hujayralarni shishiklardan himoya qiladi va antiradiant hisoblanadi. Chakanda tarkibida beta-karotinni (provitamin A) boʻlishi odam embrionini rivojlanishiga yordam beradi, homiladorlik yaxshi oʻtib, odamning umumiy holati va oʻsish yaxshi darajada boʻladi. Chakanda yuqumli kasalliklarga ham qarshi ishlatiladi. Ogʻir sharrohlik operasiyalardan soʻng tezda yaralarni tuzatadi, qon tomirlarini elastik holatga keltiradi. Tokoferol moddasini yetarli mikdorda boʻlishi yurakning normal holatga keltiradi. Chakanda mahsulotlarini profilaktik jihatdan isteʼmol qilishi odamlarning sogʻlom boʻlishiga keltiradi [27].Rossiyada shifobaxsh va aromatik oʻsimliklar institutida yangi antivirus dori ishlab chiqilgan, u chakanda barglaridan tayyorlangan, uning nomi-giporamin. Bu dori mikroblarga, gerpes, adenovirus, patogen zamburugʻlar va bakteriyalarga qarshi ishlatiladi Qalin matnHozirgi vaqtda koʻp yangi navlar yaratilgan va yovvoyi chakandazorlardan istiqbolli shakllar ajratilgan, ularning taʼmi yaxshi boʻlib, tarkibida yuqori mikdorda chakanda yogʻi va vitaminlar topilgan [20]. Chakanda parfyumer sanoatida ham ishlatiladi, undan shampunlar, kosmetik kremlar, teri tozalovchilari, soch uchun boʻyoqlar tayyorlaydilar.Chakandani oʻrmonchilikda ham katta ahamiyati bor. Bu oʻsimlik ildizlari yordamida tez koʻpayib tuproq eroziyasiga qarshi ishlatiladi va rekultivasiyada katta ahamiyati bor.Shunday qilib bugʻungi kunda chakandani koʻp sohalarda ishlatadilar uni XX1 asrning oʻsimligi deb hisoblaydilar. Chakandani koʻp mamlakatlarda oʻrganadilar. Oxirgi yillarda MDH mamlakatlarida, Xitoyda, Mongoliyada katta sanoat plantasiyalar tashkil etganlar. Koʻpchilik ilmiy ishlar Altayda, Sibir bogʻdorchilik institutida, Nijni novgorod selxozakademiyasining botanika kafedrasida oʻtkaziyalayaati. Rossiyada ilmiy ishlar natijasida 50 yaqin har xil navlar yaratilgan. Hozirgi kunda ular har xil chet mamlakatlar bilan hamkorlikda genetiko-seleksion ishlar olib bormokdalar [45, 48, 49]. Rossiyadan tajribani orttirib, xitoyliklar chakandani juda katta maydonlarda oʻstirayaptilar. Xitoyliklar uchun chakanda strategik oʻsimlik boʻlib hisoblanadi. Bu oʻsimlik orqali ekologik holat yaxshilanadi, suv va shamol eroziyasi bilan kurash oʻtkazish mumkinligi aniqlangan. Xitoy sharoitida koʻpgina unumli tuproqlar yuvilib ketmokda. Buning natijasida koʻpgina tuproqlar foydalanishdan chiqadi. Shuning uchun chakanda orqali, uning biologik xususiyatlari bilan foydalanib bu muaamolarni yechish mumkinligi aniqlangan.Chakandadan 250 ta dan koʻproq har xil oziqali, dorivor va kosmetik mahsulotlar tayyorlanadi.Chakandaning tarkibida provitamin A uchraydi. Bu vitaminni boru yoqligidan odam embrionini rivojlanishi, umuman odamning oʻsish va holati bogʻliq. Chakanda yuqumli infeksion kasalliklarga ham qarshi ishlatiladi. Chakanda tarkibida vitamin Ye-tokoferol topilgan. Bu vitaminning taʼsirida odam qarishi sekinlashadi, yurak va koʻpgina ichki organlarni ishini faollashtiradi. Nafas olish organlarining va oshqozon kasalliklariga qarshilik koʻrsatadi. Bu oʻsimlikning tarkibida yogʻli kislotalardan – linolev va linolen tarqalgan, ular odam organizmi uchun muhim, biooksidantlar hisoblanadi.Oxirgi paytlarda organizmning oksidlanishi tarqalib, unda parchalanish mahsulotlari va erkin radikallar toʻplanmoqda. Ular rak hujayralarini faol holatga keltiruvchi boʻlib hisoblanadi. Lekin chakanda rak kasalliklariga qarshilik koʻrsatadigan oʻsimlik hisoblanadi. Uning mevasida furokumarin, leykoantosian, poʻstlogʻida – serotonin moddalari topilgan, ulardan rakka qarshi preparatlar yaratilmoqda. Bu preparatlar undan koʻp shishiklarga qarshi chiqishi mumkin. Oʻzbekistonda bu oʻsimlik koʻpgina maydonlarni egallagan va asosan Zarafshon vodiysida tarqalgan. Bu yerda bu oʻsimlikning har xil shakllari va biologik xususiyatlari oʻrganilayapti. Lekin oxirgi paytda antropogen omil taʼsirida yovvoyi chakandazorlarning maydonlari qisqartirilayapti.Bu asosan tabiiy chakandazorlarning notoʻgʻri ishlatilishi, daraxtlarni kesilishi, oʻrmonlarni himoya qilmaslik natijasida roʻy beradi.Chakanda – toʻqayzorlarda tarqalgan oʻsimlik boʻlib hisoblanadi. Hamma vaqt nam joylarda, daryo boʻylarida keng tarqaladi. Bu oʻsimlik Markaziy Osiyoda, Qirgʻiziston va Tojikistonda keng tarqalgan. Chakanda oʻsimligining mеvasi va moyi-Fructus et oleum Hippophaes Oʻsimlikning nomi. Jumrutsimon chakanda-Hippophae rhamnoides L.Oilasi. Jiydadoshlar-Elacagnasеaе.Boʻyi 4 – 6 m ga yеtadigan ikki uyli daraxt. Poyasi sеrshox, tikanli, qoʻngʻir yashil poʻstloqli. Bargi oddiy, chiziqsimon-lantsеtsimon, tеkis qirrali, yuqori tomoni kulrang-toʻq yashil, ostki tomoni oqish, qoʻngʻir rangli tangachalar bilan qoplangan. Poyada kalta bandi bilan kеtma-kеt joylashgan. Gullari bir jinsli, koʻrimsiz. Otalik gullari mayda, kumush qoʻngʻir rangli, kalta boshoqlarga toʻplangan, gul qoʻrgʻoni 2 ta ellipssimon bargchadan tashkil topgan. Otaligi 4 ta, onalik gullari 2-5 tadan boʻlib, qisqacha bandi bilan shoxlar qoʻltigʻiga oʻrnashgan gulqurgʻoni naychasimon, ikki boʻlakli, ichi sariq rangga boʻyalgan. Onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mеvasi-sharsimon yoki choʻziqroq, toʻq sariq yoki qizgʻish rangli, sеrsuv, danakli mеva.Aprеl-mayda gullaydi, mеvasi avgustdan oktyabrgacha pishadi. Mеvasi toʻqimasidan shoxlarida kеlasi yilgacha saqlanadi.Gеografik tarqalishi. Daryo, koʻl va dеngizlarning shagʻalli, qumli qirgʻoqlarida, tеkislik va togʻlarda oʻsadi.Oʻrta Osiyoda, Sibirda, Kavkaz va Yevropada oʻsadi.Mahsulot tayyorlash. Kuzda yoki qishda yigʻiladi. Ilgari mеva pishgandan kеyin, qishda shoxlarini qirqib qoqib olinadi. Mеvasi muzlaganda buzilmaydi.Hozirgi vaqtda maxsus moslamalar bilan idishlarga mеvalar shoxlaridan sidirib tеriladi, barglardan tozalanib oʻsha kuniyoq zavodlarga yuboriladi.Mahsulotning tashqi koʻrinishi. Tayyor mahsulot dumaloq yoki bir oz choʻziqroq shaklli, sеrsuv, danakli mеvadan iborat, xushboʻy hidli, tilla rang sariq yoki qizgʻish rangga boʻyalgan boʻlib, uzunligi 0,8-1sm. Danagi silliq, jigarrang, tuxumsimon.Kimiyoviy tarkibi. Mеva tarkibida 450 % vitamin C, 0,035 mg % vit. B1, 0,056 mg % vit. B2, 145 mg % vit. Е, 60 mg % karotin, 0,79 mg % folat kislota, 9 % gacha yogʻ (mеvaning yumshoq qismida) organik kislotalar va boshqa moddalar bor.Urugʻi tarkibida 12,5 % yogʻ, 0,28 mg % vit. B1, 0,38 mg % vit. B2, 14,3 mg % vit. Е, 0,3 mg % karotin bor.(Beknazar Oʻralov) Chakanda moyi yarim quriydigan, toʻq sariq rangli, tarkibida 180–300 mg % karotinoidlar (shu jumladan 40 – 100 mg % karotin), 110 – 165 mg % vitamin Е va P boʻladi. Ishlatilishi. Chakanda moyi ogʻriq qoldiruvchi, yarani tеz bitiradigan taʼsirga ega. Nur kasalligidan shikastlangan tеri yaralari, kuygan qiziloʻngachni, mе'da yarasini va ginеkologik kasalliklarni davolashda chakanda moyi-Oleum Hippophaes sifatida ishlatiladi.Chakanda moyi-bu suvsizlantirilgan mеvani kungaboqar yogʻi bilan ekstraktsiya qilib olingan prеparatdir. Prеparat tarkibida karotinoidlar 180 – 200 mg % boʻlishi kеrak.




  1. Andoza:Web sahifasi