Kontent qismiga oʻtish

Jomboy tongi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jomboy tongi
Formati A2
Kimga tegishli Xalq deputatlari Jomboy tuman kengashi va tuman hokimligi
Asos solingan 1935-yil
Bosh muharrir Isomiddin Po‘latov
Tili o'zbek
Bosh ofisi Jomboy shahri, Archazor ko'chasi 13-uy
Adadi 2 115 nusxa (2019-yil)

Jomboy tongi — Xalq deputatlari Jomboy tuman kengashi va tuman hokimligining gazetasi.

1935-yildan beri nashr etiladi. Gazeta dastlab „Shonli mehnat“ nomi bilan chiqa boshlagan. 2016-yilda „Hurriyat“ gazetasining 14-sonida chop etilgan "Tuman „oyna“sidagi dogʻlar" maqolasida gazetadagi sayoz maqolalar, imlo va uslubiy xatolarga yoʻl qoʻyilgani, gazeta dizaynidagi kamchiliklar tanqid qilingan. Shundan soʻng gazetada ijobiy oʻzgarishlar kuzatildi[1][2]. Gazeta muharrirligiga Isomiddin Poʻlatov tayinlandi.

2020-yil koronavirus pandemiyasi vaqtida gazetaning chop etilishi bir muddat toʻxtatildi[3].