Kattaqoʻrgʻon tongi
Kattaqo‘rg‘on tongi | |
---|---|
Formati | A2 |
Kimga tegishli | Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi va shahar hokimligi |
Asos solingan | 1994-yil 1-yanvar |
Bosh muharrir | Tohir Hamidov |
Tili | o'zbek |
Bosh ofisi | Kattaqo‘rg‘on shahri, Alisher Navoiy ko’chasi, 187-uy |
Adadi | 2800 |
Vebsayt | https://kattakurgon-tongi.uz/ |
Kattaqoʻrgʻon tongi – Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon shahar kengashi va shahar hokimligi gazetasi[1].
„Kattaqoʻrgʻon tongi“ gazetasi 1994-yil 1-yanvardan chiqa boshlagan. Oʻsha vaqtda Kattaqoʻrgʻon shahri hokimi B.Zokirov va jurnalist Gʻ.Shukurovlarning saʼy harakatlari bilan tashkil etilgan. Dastlab paytda 1000 – 1200 nusxada chop etilgan. Gʻ. Shukurov 1994-yildan 2004-yilga qadar gazetaning bosh muharriri boʻlgan. Kattaqoʻrgʻon tongi gazetasi 2004-yildan 2017-yilgacha Mamadali Ergashev rahbarligi ostida nashr etilgan. 2017-yildan boshlab hozirgi vaqtgacha Sadullayev Xurshid bosh muharrir vazifasida ishlamoqda.
Ayni paytda tahririyatda toʻrt nafar adabiy xodim faoliyat koʻrsatadi. Kattaqoʻrgʻon tongi gazetasida H.Ergasheva mas’ul kotib, Sh. Isoqov matbuot tarqatuvchi va fotomuxbir boʻlib ishlaydi.
Gazeta tahririyatida 10 nafardan ziyod jamoatchi muxbir bor. Ulardan eng faollari: A.Hoshimov, F.Abdullayeva, E.Shukurova, N.Doʻsanov, M.Jumayev, F.Muhammadiyev va boshqalar.
Hozirgi kunda gazeta A 2 formatda, rangli nusxada chop etilmoqda. Erkin savdoga chiqarilmasdan, faqat obunachilarga tarqatilmoqda. 2018-yilning birinchi yarmida gazetaning tiraji 4000 nusxani tashkil etgan edi. Ikkinchi yarim yillikda 2200 nusxaga tushdi. Muassis: Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon shahar kengashi va shahar hokimligi. Gazeta Samarqand viloyat matbuot va axborot boshqarmasida 2007-yil 17-yanvarda 09-023 raqam bilan qaytadan roʻyxatga olingan.
Gazetaning bosh offisi Kattaqoʻrgʻon shahri, Alisher Navoiy koʻchasi 187-uyda joylashgan. 2023-yil yanvar oyida Kattaqoʻrgʻon tongi gazetasi 1688 nusxada chop etilishi eʼlon qilindi[2]. Gazeta 2018-yilda 4250 nusxada chop etilgan edi. „Noshir Luks“ MChJ bosmaxonasida chop etiladi. Bosmaxona manzili – Samarqand shahri, Spitamen koʻchasi 270-uy. Hozirgi paytda gazetaning bosh muharriri – Tohir Hamidov.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://kattakurgon-tongi.uz/
- ↑ „Бу йил Самарқанд вилоят, туман, шаҳар газеталари неча нусхада чоп этилади?“. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.