Kontent qismiga oʻtish

Julia Michaels

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Julia Michaels
Julia Carin Cavazos
Julia Michaels
Tavalludi Julia Carin Cavazos
13-noyabr 1993
Janrlar pop
Kasbi qo'shiqchi
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayt http://www.juliamichaelsofficial.com/

Julia Karin Kavasos[1] (inglizcha: Julia Carin Cavazos talaffuzi: Juliya Maykls), Julia Michaels nomi ostida ijod qiluvchi, Ayova shtatining Davenport shahridan chiqqan amerikalik qo'shiqchi va qo'shiqlar muallifi[2].

Julia Michaels Ayova shtatining Davenport shahrida tug'ilgan. Ammo keyinchalik oilasi bilan Kaliforniyaning Santa-Klarita shahriga ko'chib o'tgan. Julia Michaelsning otasi meksikalik bo'lib, ayrim sabablarga ko'ra aktyorlik faoliyatini davom ettirish uchun ismi Xuan Manuel Kavazosni o'zgartirib Jhon Mayklsga o'zgartirgan.

Julia Michaels 12 yoshida qo'shiq aytishni boshladi. 14 yoshida u Jolen Belle va Lindi Robbins bilan uchrashdi. Julia Michaels Demi Lovatoning "Fire Starter" va "Fifth Harmony" "Miss Movin' On"[3] kabi asarlariga hammualliflik qilgan.

Julia Michaelsning ta'kidlashicha, uning ijodiga Fiona Apple, Liza Mitchel, Laura Marling kabi rassomlar va guruhlar ta'sir ko'rsatgan.

Jastin Trenter Julia Michaelsning doimiy qo'shiq hammualliflaridan biri boʻlgan. Justin Bieber, Selena Gomez va Gwen Stefani[4][5] uchun qo'shiqlari ustida ishlaganligi bilan tanilgan. Intervyuda Trenter Julia Michaels bilan uchrashganini aytib o'tadi, u o'sha paytda 19 yoshda edi. Ular Kalvin Xarris va Rita Oralar birgalikda birinchi qo'shig'ini yozishdi va ular birgalikda ishlashga qaror qilishdi[6]. 2015-yilda ular Hailee Steinfeld tomonidan ijro etilgan "O'zimni sev" qo'shig'ini yozishdi. Shuningdek, ularning mashhur boʻlgan asarlaridan biri Linkin Park[7] tomonidan aytilgan "Heavy" qo'shig'i edi. Julia Michaels 2016-yilgi Olimpiadaning yopilish marosimida norvegiyalik musiqachi Kygo bilan duet kuyladi[8].

2017-yil yanvar oyida Julia Michaels o'zining birinchi yakkaxon qo'shiqlar to'plami " Issues " ni chiqardi[9]. Uning so'zlariga ko'ra, u birinchi marta o'ziga shunchalik mos qo'shiq yozganki, u boshqa birov uning ijrochisi bo'lishini tasavvur ham qilmagan. Qo'shiq uchun bir nechta san'atkorlar ariza berishdi, lekin u buni o'zi kuylab chiqadi[10]. 2017-yil aprel oyida "Girls" teleserialida "Biz qanday qilib sevgiga qaytamiz" qo'shig'i paydo bo'ldi. Ikkinchi qo'shiqlar to'plami bu "Uh Huh" bo'lib 2017-yil iyun oyida chiqdi[11].

2018-yilgi Grammy mukofotlarida Julia Michaels ikkita mukofotga nomzod boʻldi: “Eng yaxshi yangi ijrochi ” va “Yilning qoʻshigʻi”[10]. 2018-yil 8-fevralda Heaven deb nomlangan qo'shiqlar to'plami chiqdi va Fifty Shades Freed saundtrekida namoyish etildi[12]. 2018-yil 4-mayda Trippie Redd[13] ishtirokidagi “Jump” albomi chiqdi. 2018-yil 12-martdan 12-maygacha Julia Michaels Niall Xoranning Flicker World Tour[14] ning ochilish marosimida o'z qo'shiqlari bilan ishtirok etdi.

2018-yil 30-maydan 15-oktyabrgacha Maykls Maroon 5 bilan Shimoliy Amerikadagi “Red Pill Blues Tour” ning ochilish marosimida qatnashdi[15]. Julia Michaels Lauv bilan 2018-yil 27-sentyabrda chiqarilgan “There's No Way” qo'shig'i ustida ishlagan[16]. 2018-yil noyabr oyida uning " In This Place " qo'shig'i Disneyning " Ralf Internetni buzadi " animatsion filmining saundtrekiga aylanib ulgurdi[17].

2018-yil 21-dekabrda Julia Michaels “5 seconds of summer”[18] guruhi bilan birgalikda “ Lie to Me ” nomli qo'shig'ini yaratish jarayonida ishtirok etdi. Lie to Me bir necha mamlakatlarda ro'yxatga olingan va keyinchalik Avstraliyada platina va Kanadada oltin sertifikatiga ega boʻlgan[19][20].

2019-yil 23-yanvardan 5-fevralgacha Julia Michaels Keyt Urbanning Graffiti U World Tour[21] ochilish marosimlarida qatnashdi. 2019-yil 24-yanvarda u oʻzining «Inner Monologue Part 1»[22] mini-albomini chiqardi. 2019-yil iyun oyida u Inner Monologue Part 2 deb nomlangan qo'shiqlar to'plami ustida ishlab,bir nechta qo'shiqlar chiqardi jumladan "17" va "Falling for Boys"[23].

2020-yil 11-mayda u Songland serialining ikkinchi mavsumining epizodida aktrisa sifatida rol oʻynadi va “Give It to You”[24] qoʻshigʻini chiqardi.

2020-yil 1-oktyabrda Julia Michaels oʻzining boʻlajak debyut studiya albomining dastlabki mahsuli boʻlgan, “ Lie Like This ”ni chiqardi[25].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir-birini aks ettirgan va "There's No Way" qo'shiqlarida hamkorlik qilgan bir qator Instagram postlaridan so'ng, Julia Michaels va hamkasbi Lauv 2018-yil oktabr oyida oilaviy munosabatda ekanligini tasdiqladilar. Bir necha oy o'tgach, Julia Michaels Instagramda "narsistlar bilan endi uchrashmaydilar[26]" degan yozuvini yozib chiqib, ajralishlariga ishora qildi. Lauv o'zining Julia qo'shig'ida Julia Michaels bilan boʻlgan munosabatlarini eslatib o'tadi. U yerda Julia Michaelsga yomon munosabatda boʻlganligi uchun kechirim so'radi[27].

2019-yil iyul oyida Julia Michaels kanadalik musiqachi JP Saks bilan uchrashishni boshladi. Bu munosabatlar, If the World Was Ending[28] duetidagi hamkorliklari natijasida yuzaga kelgan edi.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mini albomlar
  • Julia Michaels (2010)
  • Futuristik (2012)
  • Nervous System - EP (2017)[11]
  • Inner Monologue, Pt. 1-EP (2019)
  • Inner Monologue Pt. 2 (2019)
  1. „8 huge hits rising star Julia Michaels has written for other artists“ (en). Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
  2. „Women In Music: Hitmakers from Behind the Scenes“. Billboard. Qaraldi: 5-dekabr 2015-yil.
  3. „Julia Michaels -- Pop's Mystery Girl“. Music Connection. Qaraldi: 28-mart 2015-yil.
  4. Anna Gaca. „So, How Bad Is the New Linkin Park and Kiiara Song?“. Spin (2017-yil 16-fevral). Qaraldi: 2017-yil 9-may.
  5. „#NewWave: Julia Michaels“. pop-culture.ru (2017-yil 22-avgust). 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Hey Qween „Semi Precious Weapons' Justin Tranter On Hey Qween with Jonny McGovern“ (23-may 2016-yil).
  7. „Linkin Park Debut New Song 'Heavy' Featuring Kiiara“. radio.com. 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-aprel.
  8. „Rio Olympics 2016 Closing Ceremony Highlights: Kygo and Julia Michaels Perform 'Carry Me,' Simone Biles Makes History & More“. Billboard. Qaraldi: 23-fevral 2017-yil.
  9. „Hit Songwriter Julia Michaels Releases Debut Single 'Issues': Listen“. Billboard. Qaraldi: 23-fevral 2017-yil.
  10. 10,0 10,1 „The 35 Most Anticipated Albums Of 2017“. EW.com (22-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 23-fevral 2017-yil.
  11. 11,0 11,1 „Julia Michaels “Nervous System – EP” | Next single is called “Uh-Huh”“. Ultimate Music (14-may 2017-yil). 2017-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2017-yil.
  12. „Hear Julia Michaels' Sleek 'Fifty Shades Freed' Song 'Heaven'“. Rolling Stone. 2018-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2018-yil.
  13. „Julia Michaels shares new single "Jump" featuring Trippie Redd“ (en). The FADER. Qaraldi: 4-may 2018-yil.
  14. Hengst, Maximilian „Julia Michaels supports Niall Horan on his Flicker tour“ (14-fevral 2018-yil). 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyun.
  15. „Maroon 5 Hitting the Road with Julia Michaels for Red Pill Blues Tour“. Billboard (26-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2018-yil.
  16. „Julia Michaels and Lauv Have Reportedly Split: 'No More Dating Narcissists'“. MTV.com (3-yanvar 2019-yil). 2020-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyun.
  17. „Julia Michaels Finds Nirvana in a Video Game with her Ralph Breaks the Internet Anthem“. MTV.com (15-noyabr 2018-yil). 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyun.
  18. Bajgrowicz, Brooke „5 Seconds Of Summer Debut 'Lie To Me' Remix With Julia Michaels: Listen“. Billboard (21-dekabr 2018-yil). 14-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2019-yil.
  19. „5 Seconds of Summer/5SOS“. www.aria.com.au. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  20. „Gold/Platinum 5 Seconds of Summer- Lie to Me“. Music Canada. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  21. „Just Announced: The Graffiti U World Tour Australia“. KeithUrban.net (26-iyul 2018-yil). 30-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2018-yil.
  22. „Hear Julia Michaels' New EP, Song With Selena Gomez 'Anxiety'“. Rolling Stone (24-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2019-yil.
  23. „Julia Michaels (@juliamichaels)“. Qaraldi: 25-iyun 2019-yil.
  24. Agate, Samantha. „'Songland' Julia Michaels Recap: This New Heartfelt Song Will Make You CRY“. Talent Recap (11-may 2020-yil). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyun.
  25. DeVille, Chris. „Julia Michaels – "Lie Like This"“. Stereogum (1-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2020-yil.
  26. „Julia Michaels and Lauv Break Up: "No More Dating Narcissists"“. E! News.
  27. „"Julia" by Lauv“ (6-mart 2020-yil). Qaraldi: 27-aprel 2020-yil.
  28. „Julia Michaels and JP Saxe Are Dating After Collaborating: She 'Has Loved Me Through All of This'“. People.