Kontent qismiga oʻtish

Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar assotsiatsiyasi futbolida Kabo-Verde sharafini ifodalaydi. Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Kabo-Verde Futbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladi.

Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining ilk faoliyati 2018-yilda Gvineya-Bisau ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boʻlgan va oʻshanda Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasi golsiz yutqazgandi. Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasi hozirda FIFA ayollar reytingida oʻringa ega emas[1][2]. Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasi hali bironta yirik turnirda ishtirok etmagan, faqat 2020-yilgi WAFU A zonasi ayollar kubogida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

1985-yilda dunyoning deyarli hech bir mamlakatida ayollar futbol terma jamoasi[3] boʻlmagan, jumladan, FIFA tomonidan ruxsat etilgan oʻyinda hali maydonga tushmagan Kabo-Verde davlatida ham[4][5]. Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasi yirik mintaqaviy va xalqaro turnirlarda biron marta ham mamlakat sharafini himoya qilmagan[4]. Bu turnirlarga ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi[4][6], 2010-yilgi Afrika ayollar chempionatining dastlabki bosqichlari[7] va 2011-yilgi Butun Afrika oʻyinlari kiradi[8]. 2012-yilning mart oyida Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan jahon reytingida yoʻq edi[9].

Umuman olganda, Afrikadagi ayollar futboli bir qator muammolarga duch kelmoqda, jumladan, taʼlim olish imkoniyati cheklanganligi, kengroq jamiyatdagi ayollar oʻrtasidagi qashshoqlik va jamiyatda mavjud boʻlgan fundamental tengsizlik vaqti-vaqti bilan ayollarning inson huquqlarining buzilishiga imkon beradi[10]. Shu bilan birga, agar Afrikada sifatli ayol futbolchilar yetishtirilsa, koʻpchilik Shimoliy Yevropa yoki Qoʻshma Shtatlar kabi mamlakatlarda koʻproq futbol imkoniyatlarini izlash uchun oʻz vatanlarini tark etadi[11]. Afrikadagi ayollar futbolini moliyalashtirish ham muammo: ayollar futboli va ayollar terma jamoalarini moliyalashtirishning katta qismi milliy futbol assotsiatsiyasidan emas, FIFAdan keladi[11].

Kabo-Verde futbolining milliy miqyosda rivojlanishiga bir qancha omillar toʻsqinlik qilmoqda, jumladan, ayollikning mahalliy taʼriflari sport bilan shugʻullanishga toʻsqinlik qiladi, bundan tashqari tegishli tayyorgarlikning yetishmasligi, oʻyinlarda va mashgʻulotlarda raqobat ruhining yoʻqligi ham oʻsha toʻsiqlardan hisoblanadi[12]. Mavjud oʻyinchilarning yetishmasligi muammosi ham mavjud: ishtirok etish koʻrsatkichlari bir necha yil oldin taxminan 350 taga, hozirgi 200 ga yaqin oʻyinchilarga yetgan xolos[12]. Mamlakat ichida futbol bilan oldinga borish uchun imkoniyatlarning yoʻqligi ham sport bilan shugʻullanishni davom ettirmaydi[12].

Kabo-Verde Futbol Federatsiyasi milliy assotsiatsiyasi 1982-yilda tashkil etilgan va 1986-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan[13]. 1990—2010-yillar oraligʻida mamlakatdan birorta futbol maʼmuri FIFAning faqat ayollar futboliga oid kurslariga qatnamagan, biroq baʼzilari erkaklar va ayollar futboli boʻyicha kurslarga qatnagan[14]. 2001-yilda ayollar va yoshlar oʻrtasida sportga qiziqish kuchaygan paytda barcha uchun futbolni qoʻllab-quvvatlash uchun bino va inshootlar qurilgan[15][16]. 2011-yilda San-Visenteda ayollar futboli turniri boʻlib oʻtdi[17]. Mamlakatda 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini translyatsiya qilish huquqini Afrika teleradioeshittirish ittifoqi sotib oldi[18].

Baʼzi Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining futbolchilari Kanar orollari klublarida xalqaro miqyosda oʻynashni davom ettirishdi. Boshqa futbolchilar 2004-yildan boshlab Gollandiya, Ispaniya va Lyuksemburg jamoalarida futbol oʻynashgan[12].

Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlari tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 30-sentabr holatiga koʻra:

Quyida Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.

Raqib terma jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Gʻalaba koʻrsatkichi Konfederatsiya
 Gvineya 1 1 0 0 3 0 +3 100.00 CAF
 Gvineya-Bisau 2 1 0 1 2 2 0 50.00 CAF
Liberiya 1 0 0 1 0 1 −1 00.00 CAF
Lyuksemburg 1 0 0 1 1 2 −1 00.00 UEFA
 Mali 1 0 0 4 0 4 −4 00.00 CAF
 Senegal 3 0 0 3 0 4 −4 00.00 CAF
Serre-Lione 1 0 1 0 0 0 0 00.00 CAF
Jami 10 2 1 7 6 13 −7 20.00

Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozimi Ismi
Bosh murabbiy Kabo Verde Silveria Nedio[19]
Yordamchi murabbiy Kabo Verde Gustavo Pires[19]
Kabo Verde Artur Estrela[19]
Darvozabonlar murabbiyi Kabo Verde Fernando Karvalyu[19]
Texnik direktor Boʻsh
Fitnes murabbiyi Boʻsh
Delegatsiya rahbari Boʻsh

Bosh murabbiylar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ismi Murabbiylik davri Turnir
Kabo Verde Luana Siqueira 2018
Kabo Verde Silveriya Nedio 2018 — hozirgi kungacha 2020-yilgi WAFU ayollar kubogi: Toʻrtinchi oʻrin

Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 16-iyun kuni safarda oʻtkaziladigan Lyuksemburg terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun quyidagi futbolchilar Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasida nomi eʼlon qilindi[20][21].

Poz. Futbolchi Yoshi Ishtiroki Klubi
1DA Gonçalves, SheilaSheila Gonçalves  Kabo Verde Seven Stars
1DA Rodrigues, JacintaJacinta Rodrigues  Kabo Verde Seven Stars
2HM da Luz, VarséniaVarsénia da Luz  Kabo Verde Seven Stars
2HM Fernandes , JoseaneJoseane Fernandes  Kabo Verde Seven Stars
2HM Santos, MaraMara Santos  Kabo Verde Mindelense
2HM Linda Évora  Kabo Verde Mindelense
2HM Leonora dos Santos  Kabo Verde Jovens Unidos
2HM Sanches, MariaMaria Sanches  FRA Monica
3YH Borges, DianaDiana Borges  POR Vilaverdense
3YH Rosário, RominaRomina Rosário  Kabo Verde Llana
3YH Tomar, CarolynCarolyn Tomar  Kabo Verde Llana FC
3YH Maísa Cardoso  Kabo Verde Jovens Unidos
3YH Ronise Monteiro  Kabo Verde Jovens Unidos
3YH Duarte, RuthRuth Duarte  Kabo Verde Mindelense
3YH Ivania Moreira  Kabo Verde Seven Stars
4HJ Dara Centeio  Kabo Verde Seven Stars
10 4HJ Lopes, IrlandaIrlanda Lopes  Kabo Verde Santiago Sul
4HJ Pereira, EvyEvy Pereira  POR Braga
4HJ Kateline dos Santos  Kabo Verde Red Star
4HJ Delgado, KeilaKeila Delgado  Kabo Verde Benz Táxi
4HJ Melany Fortes  POR Futebol Benfica

Kabo-Verde ayollar futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrika oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afrika oʻyinlarida Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Nigeriya 2003-yil Kabo-Verde terma jamoasi mavjud emas edi
Jazoir 2007-yil
Mozambik 2011-yil
Kongo Respublikasi 2015-yil
Marokash 2019-yil Kiritilmadi
2023-yil Aniqlanmoqda
Jami 0/4 0 0 0 0 0 0

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Xitoy 1991-yil Kabo-Verde terma jamoasi mavjud emas edi
Shvetsiya 1995-yil
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil
Xitoy 2007-yil
Germaniya 2011-yil
Kanada 2015-yil
Fransiya 2019-yil Kiritilmadi
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil Saralashdan oʻta olmadi
Jami 0/9 0 0 0 0 0 0 0

Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Kabo-Verde ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Qoʻshma Shtatlar 1996-yil Kabo-Verde terma jamoasi mavjud emas edi
Avstraliya 2000-yil
Gretsiya 2004-yil
Xitoy 2008-yil
Birlashgan Qirollik 2012-yil
Braziliya 2016-yil Kiritilmadi
Yaponiya 2020-yil
Jami 0/7 0 0 0 0 0 0 0

WAFU A zonasi ayollar kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
WAFU A zonasi ayollar kubogi
Yil Bosqich Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
2020 Toʻrtinchi oʻrin 4 5 1 1 2 3 7
Jami Toʻrtinchi oʻrin 4 5 1 1 2 3 7
  1. „Cape Verde [Women – Fixtures & Results 2022“]. worldfootball.net. Qaraldi: 30-avgust 2022-yil.
  2. „Cape Verde“. Global Sports Archive. Qaraldi: 30-avgust 2022-yil.
  3. Chrös McDougall. Soccer. ABDO, 1-yanvar 2012-yil — 45-bet. ISBN 978-1-61783-146-1. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel. 
  4. 4,0 4,1 4,2 „Cape Verde Islands: Fixtures and Results“. 2011-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2012-yil.
  5. FIFA (2006). „Women's Football Today“ (PDF). 14 August 2012da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 17-aprel 2012-yil. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  6. Ballard, John. The dictionary of football : the complete A-Z of international football from Ajax to Zinedine Zidane. London: Boxtree, 1999 — 113-bet. ISBN 0752224344. OCLC 59442612. 
  7. „Fixtures – African Women Championship 2010 – CAF“. Cafonline.com. Qaraldi: 13-aprel 2012-yil.
  8. „Groups & standings – All Africa Games women 2011 – CAF“. Cafonline.com. Qaraldi: 13-aprel 2012-yil.
  9. „The FIFA Women's World Ranking“. FIFA.com (25-sentabr 2009-yil). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2012-yil.
  10. Jean Williams. A Beautiful Game: International Perspectives on Women's Football. Berg, 15-dekabr 2007-yil — 186-bet. ISBN 978-1-84520-674-1. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel. 
  11. 11,0 11,1 Gabriel Kuhn. Soccer Vs. the State: Tackling Football and Radical Politics. PM Press, 24-fevral 2011-yil — 34-bet. ISBN 978-1-60486-053-5. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel. 
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 „Quem disse que o futebol é jogo de homens? / Desporto / Detalhe de Notícia / Jornal Expresso das Ilhas“. Expressodasilhas.sapo.cv. 2013-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2012-yil.
  13. „Goal! Football: Cape Verde“. FIFA (24-avgust 2009-yil). 2014-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2012-yil.
  14. „Goal! Football: Cape Verde“. FIFA (24-avgust 2009-yil). 2014-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2012-yil.
  15. „Cape Verde Islands: FIFA Goal Programme“. FIFA.com. 2007-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2012-yil.
  16. „FIFA organiza curso para futebol feminino e futsal na Praia – Inforpress – Sapo Notícias“. Noticias.sapo.cv. 2014-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2012-yil.
  17. „Finanças e Violência em debate / Sociedade / Detalhe de Notícia / Jornal Expresso das Ilhas“. Expressodasilhas.sapo.cv (4-fevral 2011-yil). 2013-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2012-yil.
  18. „FIFA Women's World Cup Germany 2011TM Media Rights Licensees“. FIFA. 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-aprel 2012-yil.
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 „Staff Futebol Seleção a Feminina“.
  20. „seleccao-nacional-de-futebol-feminino-defronta-luxemburgo-com-cinco-estrangeiras-na-lista-dos-convocados“ (portugalcha). FAAPA (16-iyun 2022-yil). Qaraldi: 10-iyul 2022-yil.
  21. „A Seleção Nacional Feminina defronta neste domingo a congénere do Luxemburgo num amigável“.