Kontent qismiga oʻtish

Kahoku (Yamagata)

Koordinatalari: 38°25′34.7″N 140°18′51.4″E / 38.426306°N 140.314278°E / 38.426306; 140.314278
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Kahoku, Yamagatadan yoʻnaltirildi)
Kahoku

河北町
Shaharcha
Skyline of Kahoku
Kahoku
Bayroq
38°25′34.7″N 140°18′51.4″E / 38.426306°N 140.314278°E / 38.426306; 140.314278
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 1954-yil 1-aprel
Iqlim turi Nam kontinental iqlim
Aholisi
 (2020-yil fevral)
18 301
Kahoku xaritada
Kahoku
Kahoku

Kahoku (yaponcha: 河北町 Kahoku-chō?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 29-fevral, 2020-yil(2020-02-29) holatiga koʻra, shaharda 19303 nafar aholi, 6267 ta xonadonda istiqomat qilishi aniqlangan[1], aholi zichligi 1 km² ga 350 kishini tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 52,38 kvadrat kilometr (20 mi²).

Kahoku Yamagata prefekturasining markazida, Mogami daryosining vodiysida joylashgan boʻlib, sharq va gʻarbda Ou togʻlari bilan oʻralgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kahoku nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari bilan, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi kuzatiladi. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli tarzda kuzatiladi, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli yogʻingarchilik holati kuzatiladi. Kahokuda oʻrtacha yillik harorat 11,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1461 mm boʻlib, sentyabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,3 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, taxminan −1,1 °C harorat kuzatiladi[2].

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Kahoku aholisi soʻnggi 60 yil ichida kamayib ketganligi aniqlangan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
196025,873—    
197022,643−12.5%
198021,88−3.4%
199022,287+1.9%
200021,476−3.6%
201019,959−7.1%
202017,641−11.6%

Hozirgi Kahoku hududi qadimgi Deva provinsiyasining bir qismi edi. Meidzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasi Nishimurayama tumani tarkibiga kiritildi. Yachi qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilish qonuniga koʻra tashkil etilgan va 1896-yil 2-aprelda shahar maqomiga koʻtarilgan. Kahoku shahri 1954-yil 1-aprelda tashkil etilgan.

Kahoku iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga, xususan, gilos yetishtirishga asoslangan. Bu hudud anʼanaviy ravishda maxsar yetishtirish bilan ham mashhur. Shippak ishlab chiqarish ham muhim mahalliy sanoat turi hisoblanadi.

Kaxokuda oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud.

Kahokuda yoʻlovchilar uchun temir yoʻl xizmati mavjud emas.

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milliy yoʻnalish 287
  • Milliy yoʻnalish 347

Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]