Kontent qismiga oʻtish

Yuza (Yaponiya)

Koordinatalari: 39°0′53.3″N 139°54′31.7″E / 39.014806°N 139.908806°E / 39.014806; 139.908806
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yuza

遊佐町
Shaharcha
Skyline of Yuza
Yuza
Bayroq
39°0′53.3″N 139°54′31.7″E / 39.014806°N 139.908806°E / 39.014806; 139.908806
Mamlakat Yaponiya
Iqlim turi Nam kontinental iqlim
Aholisi
 (2020-yil fevral)
13 615
Yuza xaritada
Yuza
Yuza
Yuza shahar hokimiyati

Yuza (yaponcha: 遊佐町 Yuza-machi?) Yaponiyaning Yamagata Prefekturasida joylashgan hudud. 29-fevral, 2020-yil(2020-02-29) holatiga koʻra, shahar aholisining populyatsiyasi 4956 ta xonadonda 13615 nafar kishi[1] va aholi zichligi 65 km²/kishiga teng. Shaharning umumiy maydoni 208,38 kvadrat kilometr (80 mi²) ga teng.

Yuza Yamagata prefekturasining eng shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, shimolda Akita prefekturasi va gʻarbda Yapon dengizi bilan chegaradosh. Shaharning bir qismi Chokai kvazi-milliy bogʻi chegaralarida, shu jumladan Chokai togʻining bir qismiga toʻgʻri keladi[2].

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nakayama nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlarga ega, yozi oʻta issiq, qishi esa quruq sovuq boʻlishi kuzatiladi. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻladi, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati kuzatiladi. Nakayamada oʻrtacha yillik harorat 11,9 °C. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik yiliga 1906 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,1 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, taxminan 0,3 °C boʻladi[3].

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Yuza aholisi 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va shundan buyon doimiy ravishda kamayib bormoqda. Hozirgi aholi soni bu bir asr oldingi songa qaraganda kamroqdir.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192018,863—    
193019,556+3.7%
194019,596+0.2%
195025,726+31.3%
196023,928−7.0%
197021,224−11.3%
198020,412−3.8%
199019,705−3.5%
200018,037−8.5%
201015,48−14.2%
202013,032−15.8%

Hozirgi Yuza hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi hisoblanadi. Meydzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasining Akumi tumani tarkibiga kiritildi. Yuza qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratilishi bilan tashkil etilgan. 1941-yil 1-aprelda u shahar maqomiga koʻtarildi. 1954-yil 1-avgustda u qoʻshni Inagava, Nishi-Yuza, Varabioka, Fukura va Takase qishloqlarini oʻz ichiga oldi. 2003-yilda u qoʻshni Sakata shahri bilan birlashish boʻyicha munozaralarga qoʻshildi; biroq, birlashish munozaralari 2004-yil 6-oktyabrda yakunlandi, Yuza mustaqil boʻlishni tanladi.

Yuza iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi va tijorat baliqchiligiga asoslangan.

Yuzada beshta davlat boshlangʻich maktabi, shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham faoliayt yuritadi.

Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Uetsu magistral liniyasi

  • Yuza — Fukura — Mega

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Nihonkai-Tōhoku Expressway — Yuza Interchange
  • Milliy yoʻnalish 7
  • Milliy yoʻnalish 345

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Yuza Town official statistics (yaponcha)
  2. „Natural Parks of Yamagata Prefecture“ (ja). Yamagata Prefecture. Qaraldi: 2012-yil 29-fevral.[sayt ishlamaydi]
  3. Yuzaclimate data
  4. Yuza population statistics
  5. „Twinning relationships: Yuza (Japan)“ (en). Welcome to Szolnok. Szolnok city government. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.