Kontent qismiga oʻtish

Mamurogava

Koordinatalari: 38°51′28.4″N 140°15′8.3″E / 38.857889°N 140.252306°E / 38.857889; 140.252306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mamurogava

真室川町
Shaharcha
Skyline of Mamurogava
Mamurogava
Bayroq
38°51′28.4″N 140°15′8.3″E / 38.857889°N 140.252306°E / 38.857889; 140.252306
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 1950-yil 1-aprel
Maydon 37,429 km2 (14,451 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Aholisi
 (2020-yil fevral)
7 506
Mamurogava xaritada
Mamurogava
Mamurogava

Mamurogava (yaponcha: 真室川町 Mamurogava-machi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 29-fevral, 2020-yil holatiga koʻra, shaharchada 2678 ta xonadonda 7506 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi 1 km² ga 20 kishini tashkil etgan. Shaharning umumiy maydoni 374,29 kvadrat kilometr (145 mi²).

Mamurogava shimoliy Yamagata prefekturasida joylashgan boʻlib, shimolda Akita prefekturasi bilan chegaradosh. Shahar Shinjo vodiysida joylashgan hamda har tomondan past togʻlar bilan oʻralgan. Mamurogavaning shimoli-sharqiy qismida Ou togʻlari qad roslagan. Bu hudud qishda kuchli qor yogʻishi bilan ham mashhur.

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamurogava nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi jumladan, juda issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish singari. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati qayd etilgan. Mamurogavada oʻrtacha yillik harorat 10.2 °C (50.4 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,810.9 mm (110.67 in) boʻlib, eng nam oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.2 °C (73.8 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −1.0 °C (30.2 °F) qayd etilgan.

Mamurogava iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 1,9 2,9 6,4 13,4 20,1 23,9 27,0 28,6 24,3 17,8 10,7 4,2 15,1
Oʻrtacha minimal, °C −3,9 −4,1 −2,3 1,5 8,1 13,5 18,3 19,1 14,8 7,9 2,3 −1,5 6,1
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 270,7 196,1 181,1 154,5 180,5 189,8 339,7 275,4 198,2 228,7 286,1 310,0 2 810,9
Manba: Yaponiya Metrologiya agentligi[2][3]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Mamurogava aholisi soni 1950-yillarda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va oʻsha paytdan buyon uning soni yarmidan koʻproqqa kamaygan. Hozir bu bir asr olding statistikaga qaraganda kamroq natija koʻrsatadi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192011,05—    
193012,499+13.1%
194013,629+9.0%
195017,02+24.9%
196016,856−1.0%
197013,976−17.1%
198012,888−7.8%
199012,23−5.1%
200010,592−13.4%
20109,165−13.5%
20207,203−21.4%

Hozirgi Mamurogava hududi qadimgi Deva provinsiyasining bir qismi boʻlgan va Sengoku davrida bu hududda Sakenobe qal’asi joylashgan. Meydzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasining Mogami tumani tarkibiga kiritildi. Mamurogava qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Mamurogavada Yaponiya imperatorlik armiyasi tomonidan uchuvchilarni tayyorlash uchun aviabaza tashkil etilgan. Aviabaza hududi hozirda park va mahalliy oʻrta maktab hududining bir qismi hisoblanadi. Mamurogava 1950-yil 1-aprelda shahar maqomiga koʻtarildi. 1954-yil 1-avgustda u qoʻshni Araki va Nozoki qishloqlarini oʻz tarkibiga qoʻshib oldi.

Mamurogava iqtisodiyoti qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga asoslangan.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamurogavada uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transport tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Ou magistral liniyasi

  • Mamurogava — Kamabuchi — Ōtaki - Nozoki

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tōhoku-Chūō Expressway — Mamurogava almashinish bekati
  • Milliy yoʻnalish 13
  • Milliy yoʻnalish 344

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]